32
(6jadval). Bu bilan yaponlar unumliroq boshqaradi, deb bo'lmaydi. Yevropa va
Yaponiyaning usullari faqat boshqa tekisliklarda yotadi va ularning bir-biri bilan
kesishishi juda kam ro'y beradi. Uning asosiy farqi nima? Avvlambor bu
boshqaruvning nimaga yo'naltirilganligiga bog'liq. Masalan,
Yaponiyada
boshqaruv markazida mehnat resurslari yotadi. Yapon boshqaruvchisi korxona
samaradorligini oshirish uchun mehnat unumdorligini oshirishga harakat qiladi.
Yevropa va Amerikada esa asosiy maqsad kam ish va harakat qilib, ko'p
daromadga erishish yotadi. Menejment bo'yicha yapon mutaxassisi Xideki losixara
yapon boshqaruvini 6 ta xususiyatini ko'rsatib o'tgan.
17
-
Doimiy bandlik kafolati va o'zaro ishonch sharoitini mavjudligi,
bunday
kafolatlar kadrlar qo'nimsizligini kamaytiradi va xodimlarni barqaror faoliyat
ko'rsatishlari uchun ishonch tug'diradi. Bu esa xodimlarni keyinchalik vertikal
(lavozim) zinapoya bo'yicha ko'tarila olishi mumkinligiga ishontiradi va korxonada
jamoat bo'lib ishlashga undaydi.
-
Korparatsiyaning birdamligi va u uchun qimmatli deb hisoblangan
narsalarning mavjudligi. Agarda barcha ishchilar
va boshqaruvchilar korxona
siyosati haqida axborot beruvchi bitta axborot bazasidan ma'lumot olishadigan
bo'lsa, bubarcha xodimni bir bo'lib harakat qilishga undaydi.
-
Axborotga asoslangan boshqaruv televizorlar ishlab chiqaruvchi firmalarda
ko'pincha axborot yig'ib olish sistemasidan foydalanishadi.
-
Sifatga
qaratilgan
boshqaruvda
ko'pincha
yapon
firmalarning
boshqaruvchilari sifatni nazorat qilishga katta ahamiyat berishadi. Ishlab chiqarish
jarayonida ularning asosiy masalasi sifat haqidagi aniq ma'lumotlarni olishdir.
Ishlab chiqarishda boshqaruvning doimiy mavjudligi. Qiyinchiliklarni va
muammolarni joriy hal qilish uchun yaponlar boshqaruv personalini ishlab
chiqarish majmualarida joylashtiradi. Bu muammo tez hal bo'lishiga xizmat qiladi.
Yangiliklarni rivojlantirish uchun yangiliklar taklif
qilish sistemasi va sifat
to'garaklari keng qo'llaniladi.
Tozalik va tartibni ushlab turish. Yapon mahsulotlarining yuqori sifati ishlab
chiqarishda tozalik va tartibga rioya qilish orqali kelib chiqa-di. Yapon
boshqaruvchilari shunday tartib o'rnatishga harakat qiladiki, bu tartib ham yuqori
sifatli mahsulot
ishlab chiqarishga undasin, tozalik va tartibga rioya qilishga
chaqirsin.
Umuman olganda yapon boqaruvi insonlarga xos tuyg'ular va xususiyatlarni
rivojlantirishga qaratilgan. Bular kelishilganlik,
guruhli moijal olish, xodimlarni
17
Санто Б. “Инновации как средство економического развития”. М.: Прогресс. 2000 г. 260 стр.
33
aqliy xususiyatlari, bandlik barqarorligi va boshqaruvchilar hamda xodimlar
o'rtasida birdamlak aloqalaridir. Yapon boshqaruvining falsafasi.
Yaponiyaning
zamonaviy boshqaruv usullari urushdan keyingi davrda dunyoga keldi.
Urush
keltirgan buzg'unchiliklardan keyin yapon boshqaruvchilari oldida ijtimoiy, siyosat
va raqobat, hayotni ko'tarish masalalari ko'ndalang bo'lib turgan edi. Shu davrda
Amerika boshqaruv usullari butun dunyoni qamrab olayotgan davrda, bu
usullardan to'g'ri foydalangan yaponlar mamlakat iqtisodini ko'tarishga erishdilar.
Yapon boshqaruvchilari o'zlarining oldingi boshqaruv usullari bilan birgalikda
Amerika usullarini qo'shib, yangi yapon usullarini hosil qildilar. Shuning oqibatida
vujudga kelgan yapon boshqaruv usulidagi ba'zi
jihatlar Amerika boshqaruv
usulida mayjud emas.
Dostları ilə paylaş: