13
Jahon amaliyoti ko’rsatishicha, global iqtisodiy
raqobatda faqatgina
fantexnika rivojiga qulay shart-sharoitlar yaratib berilgan mamlakatlarda faoliyat
yuritayotgan xo’jalik subyektlari nisbiy ustunlikka ega bo’ladi. Mutaxassislar
fikricha, rivojlangan dunyo mamlakatlari 50 ta makrotexnologiyaning 45 tasiga
egalik qiladi, 80-90 % yuqori texnologiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda
ushbu mahsulotlar eksportining deyarli barchasi rivojlangan mamlakatlar hissasiga
to’g’ri kelmokda
9
.
Innovatsiyalarni tashkil qilish mohiyati funksiyasi qabul qilingan IK
rivojlanish strategiyasini realizatsiya qilish maqsadida
belgilangan rejaviy
vazifalarni hal qilishni o'z ichiga oladi. Buning uchun kerakli resurslar hajmini
belgilash, masalalarini taqsimlash, ijro etuvchilar vaqtini belgilash, ishtirokchilar
kooperatsiyasini
aniqlash, nazoratni ta'minlash va boshqa ishlar qilish kerak
bo'ladi. (2-rasm).
Barcha darajadagi boshqaruvchilar faoliyatining salmoqli
qismini egallagan innovatsiyalarni tashkil qilish innovatsion menejmentning
asosiy funksiyalaridan hisoblanadi. Innovatsion menejmentda tashkil etish qabul
qilingan rejaviy qarorlarni samarali bajarish maqsadida
innovatsion jarayonning
barcha elementlarini vaqt va oraliq bo'yicha maqsadga muvofiq birligini
ta'minlaydi, innovatsiyani tashkil qilishni tizimlashtirilishi va turlanishning muhim
belgilari bo'lib tashkiliy qarorlarni vujudga kelish vazifalari, shakllari va usullari
tushuniladi.
Innovatsion menejmentda innovatsiyani tashkil qilishning turli shakllaridan
foydalaniladi. Innovatsiyalar tuzilmasi shakllari mazmun
jihatidan innovatsion
loyihalarni olib borishda mehnat taqsimotining turli usullaridan iborat.
Innovatsiyaning bunday tashkil etish shakllariga konsentratsiya, ixtisoslashganlik,
kooperatsiyalanish va kombinatsiyalanishlarni kiritish mumkin.
9
Фесенко А.Г. Учетно-аналитическое обеспечение управления затратами и финансированием
инновационной деятелности. Автореферат дис. на соис. учен. степ. к.е.н. - Сургут.: 2006 г. 3 стр.