4
KIRISH
Kurs
ishi
mavzusining
dolzarbligi. Mamlakatimizda
iqtisodiyotni
modernizatsiyalash jarayonlari davom etar ekan, uning barcha bo’g’inlarida albatta
o’zgarishlar sodir bo’lishi va yangi iqtisodiyot barpo bo’lishi kerak. O’zbekiston
Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov o’z asarlarida iqtisodiyotni
modernizatsiyalashni juda keng va atroflicha targ’ib etib, “iqtisodiyotimizda
chuqur islohotlarni davom ettirish; yurtimizga zamonaviy
texnologiyalarni olib
kelib, ishlab
chiqarishni yangilash va
modernizatsiyalash
jarayonlarini
tezlashtirish siyosatini izchil amalga oshirish lozim”
1
, deb ta’kidlaydi. Ushbu
fikrlaridan yaqqol ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan
islohotlardan asosiy maqsad ishlab chiqarishni yangilash, modernizatsiyalash
orqali butunlay “yangi iqtisodiyotni”, ya’ni eng
zamonaviy raqobatbardosh
iqtisodiyotni yaratishdan iboratdir.
“Yangi iqtisodiyot” iborasini keng va turlicha talqin qilish mumkin. Xorijlik
iqtisodchi olim R.Alkali o’zining “Yangi iqtisodiyot: genezis, evolyutsiya samara”
nomli asarida: “...bu mehnat samaradorligining oshishiga ta’sir qiluvchi
innovatsiyalar va biznes yuritishning yangi usullarini
intensiv joriy qilish bilan
bog’liq
bo’lgan
iqtisodiyotdir”
2
deb hisoblaydi.
Yuqoridagi
olim
ta’rifidan ham ko’rinib turibdiki, zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning asosiy
xususiyatlarini
ishlab
chiqarishni
yangilash,
modernizatsiyalash
belgilab
bermoqda. Buning natijasida: iqtisodiy faoliyatning
global elektron muhiti
shakllantirilmoqda;
biznesni
tashkil
etishning
yangi
tarmoqli
shakllari
yaratilmoqda va masofaviy mehnat munosabatlari keng tarqalmoqda va boshqalar.
Ushbu holatlarning barchasi bizning ham zamonaviy iqtisodiyotimizda amal qilib
kelmoqda. Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbik
etishda, axolinig ijtimoiy turmush tarzini yanada ko’tarishda, qolaversa xalqning
farovon xayoti uchun bevosita o’z ta’sirini ma’lum bir ma’noda o’tkazishda,
siyosiy-ijtimoiy nuqtai nazardan ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi omil
1
I.A.Karimov. 2012-yil vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi .T.:-“O’zbekiston” 2012
y.34-35 b.
2
Roger Alkaly/ The new economy: what is it, how it happens, and why it is likely to last / Roger Alkaly. New
York: Farrar, Straus and Giroux, 2003. P.20.
5
sifatida hayotiy siklda bevosita ishtirok etuvchi korxona-tashkilotlarning o’rni
bozor munosabatlari davrida muhim ahamiyatni kasb etadi.
2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari hamda
2013-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturi ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan
Vazirlar Mahkamasining majlisida qilgan ma’ruzasida “Fransiyadagi dunyoning
eng yaxshi beshta biznes maktabi qatoriga kiradigan “Inssad” xalqaro biznes
maktabining 2012-yilgi “Innovatsiyalarning global indeksi” ma’ruzasida
bayon
etilgan ma’lumotlarni keltirish o‘rinli, deb o‘ylayman. Ma’ruza Jahon intellektual
mulk tashkiloti bilan hamkorlikda tayyorlangan. Ushbu ma’ruzada dunyoning 141
mamlakatidagi innovatsion rivojlanish kompleks tarzda tahlil qilingan. Tahlilning
asosiy tarkibiy qismlaridan biri inson kapitalini rivojlantirish darajasi bo‘lib,
mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha bizning mamlakatimiz 35-o‘rinni egallagan”
3
deb
aytib o’tdi.
Zamonaviy texnologiyalar asosida korxonalarda yangicha ishlab chiqarishni
tashkil qilish, qo’shimcha xizmat turlarini taklif
etish va mavjud mahsulot va
xizmat turlarining sifatini oshirish asosida korxonalarni boshqarishni innovatsion
jihatdan rivojlantirish zaruriyati bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligini
belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: