Мавзу: Иќтисодий-статистик моделлаштириш ва ишлаб чиќариш функциялари



Yüklə 447,8 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü447,8 Kb.
#199470
  1   2   3
daminov jaloliddin






TERMEZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT TA’LIM YONALISHI 2- KURS 122-GRUH TALABASI DAMINOV JALOLIDDIN
«Ekonometrika»
Ko‘p omilli korrelyasiya – regressiya modeli uchun omillarni tanlash
1
Ma’ruzachi: TIQXMMI
«Axborot texnologiyalari» kafedrasi


REJA:

1.Ko‘p omilli regressiya modelida omillarni tanlash muhimligi va ularni tanlash bosqichlari
2. Multikollinearlik va uni bartaraf etish usullari.

1.Ko‘p omilli regressiya modelida omillarni tanlash muhimligi va ularni tanlash bosqichlari
Omillarni tanlash ko‘p omilli regressiya modellarini tuzishdagi muhim muammolardan biri hisoblanadi. U ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni statistik va matematik mezonlardan foydalangan holda sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.

Ko‘p omilli regressiya modeli uchun omillarni tanlash (saralash) uchta bosqichda amalga oshiriladi.
Omillarni tanlab olish bosqichlari quyidagilardan iborat:
▪Y-natijaviy o‘zgaruvchiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ro‘yxatini oldindan aniqlash.
•Omillarni qiyosiy baholash va ularning bir qismini ajratish.
•Modellarning turli variantlarini tuzishda omillarni yakuniy tanlab olish va parametrlarining ahamiyatliligini baholash.


Omillarni qiyosiy baholash va ularning bir qismini ajratish uchun har bir omilning natijaviy o‘zgaruvchi Y bilan va qolgan omillarning har biri bilan chiziqli bog‘lanishining jipsligini o‘lchovchi bir o‘zgaruvchili korrelyasiya koeffitsientlarining matritsasi tuziladi (1-jadval).




Bu yerda Y–natijaviy o‘zgaruvchi x1,x2,...,xk – natijaviy o‘zgaruvchiga ta’sir qiluvchi omillar to‘plami; rijxi va xj omillar o‘rtasidagi bir o‘zgaruvchili korrelyasiya koeffitsienti. Bir o‘zgaruvchili korrelyasiya koeffitsientlar matritsasi- simmetrik matritsa (rij = rji) bo‘lib, uning asosiy diagonalida omillarning o‘zaro bog‘lanish darajasi joylashgan, barcha boshqa elementlar i va j omillar bir o‘zgaruvchili korrelyasiyasi koeffitsientlari hisoblanadi. Korrelyasiya matritsasi funksional bog‘lanishga yaqin bo‘lgan va o‘zaro jips bog‘lanishda turgan chiziqli regressiya omillarini aniqlab beradi.

Yüklə 447,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin