Мавзу: Иќтисодий-статистик моделлаштириш ва ишлаб чиќариш функциялари


Multikollinearlik va uni bartaraf etish usullari



Yüklə 447,8 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü447,8 Kb.
#199470
1   2   3
daminov jaloliddin

2.Multikollinearlik va uni bartaraf etish usullari


Agar modelga ikki yoki undan ko‘p o‘zaro jips chiziqli korrelyasiya bog‘lanishiga ega bo‘lgan omil kiritilsa, u holda regressiya tenglamasi bilan bir qatorda boshqa chiziqli bog‘lanish ham paydo bo‘ladi. Multikollinearlik deb nomlanuvchi bunday hodisa regressiya koeffitsientlarining miqdorini buzib ko‘rsatadi va ularning iqtisodiy talqinini qiyinlashtiradi. Multikollinearlik–bu modelga kiritilgan omillar o‘rtasidagi jips bog‘lanishdan iborat.
Multikollinearlik muammosini hal etish bir necha bosqichlardan iborat. Multikollinearlik muammosini hal etish bosqichlari quyidagilardan iborat:

  1. Multikollinearlikning mavjudligini aniqlash.

  2. Multikollinearlik paydo bo‘lishining sabablarini aniqlash.

3. Multikollinearlikni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish.
Omillar o‘rtasida multikollinearlikni paydo bo‘lishining asosiy sabablari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin.

O‘rganilayotgan omillar hodisa yoki jarayonning bir tomonini tavsiflaydi (masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va asosiy fondlar o‘rtacha yillik qiymat ko‘rsatkichlarini modelga bir vaqtning o‘zida kiritish tavsiya etilmaydi, chunki ularning ikkalasi ham korxonaning o‘lchamini tavsiflaydi).


Umumiy qiymati doimiy kattalikni o‘zida namoyon etuvchi ko‘rsatkichlardan omillar sifatida foydalanish (masalan, asosiy fondlarning yaroqlilik koeffitsienti va eskirish koeffitsienti).
Bir-birining elementlari hisoblangan omillar (masalan, mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot birligining tannarxi).

Bir-birini takrorlovchi iqtisodiy ma’no bo‘yicha omillar (masalan, foyda va mahsulotning rentabelligi).
Multikollinearlikning bor-yo‘qligini aniqlash uchun dastlab juft korrelyasiya koeffitsientlarining matritsasini tahlil qilish. Agar rxi,xj > 0,8 bo‘lsa, xi va xj omillar kollinear deb e’tirof etilishi mumkin.

Keyin esa X'X matritsani tadqiq etish lozim. Agar X'X matritsa aniqlovchisi nolga yaqin bo‘lsa, u holda bu multikollinearlikning mavjudligidan dalolat beradi.

Multikollinearlikni regressiya modelidan bir yoki bir necha chiziqli bog‘langan omillarni chiqarib tashlash yoki boshlang‘ich omillarni yangi, yiriklashtirilgan omillarga aylantirish yo‘li bilan bartaraf etish mumkin. Omillardan qaysi birini chiqarib tashlash masalasi o‘rganilayotgan hodisani sifat va mantiqiy jihatdan tahlil qilish asosida hal etiladi.


Yüklə 447,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin