41
2)
tizimda, mohiyati turli xil elementlarning mavjudligi: texnik, iqtisodiy,
ijtimoiy. Masalan, korxona: avtomobillar,
dastgohlar, bino, inshootlar (texnik
elementlar); haydovchilar, ta`mirlovchi ishchilar, muhandis-texnika xizmati (ijtimoiy
elementlar); mijozlar bilan, banklar bilan, texnikani ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zaro
aloqalar (tashkiliy va iqtisodiy elementlar) va boshqalar.
3)
etarli miqdordagi elementlar ( odatda 7... 10 dan kam emaC).
1.7.
TIZIM TUZILMASI VA UNING ALOQALARI
Tuzilma – korxonaning
qabul qilingan qarorlar natijasi
funksiyalari yoki
faoliyati turlarining o‘zaro aloqasidir. Boshqaruv samarali bo‘lishi uchun,
korxonaning tuzilmasi, uning maqsadlari va vazifalariga mos kelishi zarur. Texnika
xizmati boshqaruvining
tashkiliy tuzilmasi, korxonaning ichida muhandis-texnika
xodimlari orasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rnatib, ma‘muriy funksiyalarni
shakllantirish uchun zamin yaratadi. Tuzilma tushunchasi bilan ierarxiyali o‘zaro
aloqalar tushunchasi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Korxona texnika xizmatining
ierarxiyali tuzilmasi ma‘muriy hokimiyat va mas‘uliyatining vertikal bo‘ylab
bo‘linishini va vazifalarning (burchlarning) bo‘linmalar orasida taqsimlanishini
ko‘zda tutadi. Bunda bo‘linma deganda majmua, mintaqa, bo‘lim nazarda tutilayapti.
Tizim tuzilmalarining aloqalari.
Korxonaning ma‘muriy
hokimiyati korxona
texnika xizmatining alohida bo‘linmalari faoliyatini birlashtiruvchi va ularni umumiy
maqsadga erishishga yo‘naltiruvchi vosita hisoblanadi. U faoliyat natijalarini
boshqarish va nazorat uchun zamin hozirlaydi.
Funksiyali ixtisoslashish tamoyili
– tashkil qilishning yana bir muhim elementi
hisoblanadi. U korxonaning ixtisoslashgan bo‘linmalarga (alohida vazifalarni bajarish
uchun mo‘ljallangan) ma‘muriy jihatdan bo‘linishi bilan ifodalanadi. Korxonaning
alohida bo‘limlarga an‘anaviy bo‘linishini funksional ixtisoslashishga
misol sifatida
keltirish mumkin.
42
Tashkil qilishning chiziqli tuzilmasi, ma‘muriy hokimiyatining bevosita manbai
hisoblanadi, markaziy xizmatlarning vazifalari esa chiziqli bo‘linmalarga yordam
berish va ularga moslashishdan iborat bo‘ladi.
Chiziqli bo‟linma
– bu korxonaning
birorta asosiy yo‘nalishi bo‘yicha ish olib boruvchi asosiy funksional bo‘linmalaridan
biri. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash majmualari, ta`mirlash ustaxonalari,
ishlab chiqarishni tayyorlash majmuasi va h.k chiziqli bo‘linmalar bo‘lishi mumkin
(1.4-rasm).
Texnik xizmat ko‘rsatish
va tashxis majmuasi, barcha turdagi TXK va tashxis
ishlarini hamda mos ta`mirlashlarni bajaradi. Avtomobillarga TXK va ta`mirlash
bo‘yicha ishlar ixtisoslashgan brigadalar tomonidan bajariladi.
Avtomobillarni ta`mirlash majmuasi tarkibiga, postlarda ajratish-yig‘ish
operatsiyalarini bajaruvchi ta`mirlash brigadalari kiradi.
Ta`mirlash ustaxonalari majmuasiga avtomobillardan echib olingan agregat va
uzellarga xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash, detallarni qayta tiklash va tayyorlash
ishlarini bajaruvchi hamda bevosita avtomobilda bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan
boshqa ishlarni bajaruvchi brigadalar kiradi.
Ishlab chiqarishni
tayyorlash majmuasiga, yuvish, qismlarga ajratish,
defektovkalash, transport, komplektlash, instrumental, tayyorlash
va boshqa ishlarni
bajaruvchi brigadalar kiradi.
Markaziy xizmatlarga maxsus bo‘linmalar kirib, ularning vazifasi TXK va
ta`mirlash jarayonlarini tezkor boshqarish bo‘yicha qaror qabul qilishda rahbariyatga
yordam berish hisoblanadi. Tuzilmadagi bunday bo‘linma, TXK va ta`mirlashni
boshqarish markazi bo‘lib, unga ishlab chiqarishni axborotli tayyorlov bo‘limi
(guruhi), tezkor boshqaruv bo‘limi, axborotga ishlov berish va tahlil qilish bo‘limlari
kirishi mumkin.
43
Ishlab chiqarishni axborotli tayyorlov
bo‟limi
mintaqalar va brigadalar uchun
TXK va ta`mirlash dasturini shakllantiradi, ishlab
chiqarishni material texnik
ta`minoti rejasini tuzadi hamda mavjud resurlarni hisobga olgan holda brigadalarga
ishlab chiqarish topshiriqlarini tayyorlaydi.
Tezkor boshqaruv bo‟limi
majmualarning ishini bevosita tezkor boshqaruvni
amalga oshiradi.
Axborotga ishlov berish va tahlil qilish bo‟limi
texnika xizmati barcha
bo‘linmalarining faoliyati haqidagi axborotni tizimlashtiradi,
qayta ishlaydi, tahlil
qiladi va saqlaydi, tahlil qilish natijalari asosida uning ishini takomillashtirish
bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi.