O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Usmanov darslik

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH
UO‟K 629.33.08(075) 
KBK 39.35-08n 
Taqrizchilar: 
K.I. Ismailov - 
texnika fanlari doktori, professor 
O.K. Adilov - 
texnika fanlari nomzodi, dotsent
 
 
 
USBN 978-9943-5674-7-4 
© “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2019 



KIRISH
 
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasining ―Ijtimoiy sohani rivojlantirish‖ deb nomlangan to‘rtinchi 
yo‘nalishida yo‘l transport, muhandislik kommunikatsiya hamda ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash hamda ularni rivojlantirish chora 
tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutiladi [1]. Yuqorida ta‘kidlangan 
infratuzilmalarda mehnat sharoitlarini yaxshilash, barcha turdagi resurslarni tejash va 
texnologik jarayonlarning ekologik xavfsizligini ta`minlashdan iborat bo‘lgan ustuvor 
vazifalar qo‘yilganki, bu ustuvor vazifalar bevosita avtomobil transporti va uni 
boshqarish sohasiga ham tegishlidir. 
Ushbu sohani samarali boshqarishda uni, turlicha va ko‘plab omillar ta‘sirida 
bo‘lgan, tagtizimlar tarmog‘idan tashkil topgan murakkab, ulkan tizim sifatida qarash 
muhim ahamiyatga ega.
Bozor iqtisodi sharoitlarida avtotransport korxonalari (ATK) rahbarlari doimiy 
ravishda boshqaruvning, mehnatni tashkil qilish va rag‘batlantirishning, inson omilini 
faollashtirishning samarali shakllarini izlashlari va amalda qo‘llashlariga to‘g‘ri 
keladi. Bunda ularning qaror qabul qilishlarida erkinlik chegaralari kengayadi, lekin 
yakuniy natijalar uchun mas‘uliyati kuchayadi.
Ushbu darslikda avtomobillar texnik ekspluatatsiyaning samaradorligini oshirish 
muammosi unga dasturiy maqsadli yondoshuv nuqtai nazaridan qaraladi va shunga 
binoan texnik ekspluatatsiyaning maqsadlari avtomobil transportining maqsadlari 
bilan chambarchas bog‘liq holida tadqiq qilinadi. Muammoga bunday yondoshuv
boshqaruvning samaradorligiga ta‘sir qiluvchi barcha omillarni miqdoriy jihatdan 
baholashni talab qiladi ya‘ni boshqaruvning turli darajalarida, mavjud muqobil 
variantlar, sharoitlar va cheklanishlarida erishilgan ko‘rsatkichlarni hisobga olgan 
holda asoslangan muhandislik echimlarini qabul qilishni taqozo etadi. 
Avtomobillarning texnik holatini boshqarish muammosini hal qilishning muhim 
elementlaridan biri avtomobillarga texnik xizmat (TXK) ko‘rsatish va joriy ta`mirlash 
(JT) ning texnologik jarayonlarini takomillashtirish hisoblanadi, bu esa o‘z navbatida 



muhandis-texnika xizmatining (MTX) tarkibi va tuzilmasini, muhandislik qarorlarini 
qabul 
qilish 
usullarini, 
va 
ish 
joylaridagi 
(postlardagi) 
jihozlarni 
mukammallashtirishni hamda mehnatni ilmiy tashkil etishni talab qiladi.
Bugungi yangicha iqtisodiy sharoitlar uchun samarali bo‘lgan muhandislik 
echimlarini asoslash va amalga joriy qilish zaruratidan kelib chiqqan holda inson 
omilining roli sezilarli darajada oshdi, MTX va muhandisning o‘ziga, hamda ularni 
tayyorlash va malakasini oshirish usullariga bo‘lgan talab oshib bormoqda.
Boshqaruv va menejment birinchi navbatda inson yoki bir guruh insonlarning 
faoliyat doirasi hisoblansada, uning asoslari va texnologiyalarini bilmaslik nafaqat 
qaror qabul qiluvchilar, balki korxona, firma, tarmoq, jamiyat uchun jiddiy 
oqibatlarni keltirib chiqaradi [20, 5-14 b].
Shuni alohida ta‘kidlash muhimki, so‘ngi yillarda hukumatimiz tomonidan 
muhandislar tayyorlash jarayonida ishlab chiqarishni ratsional boshqaruv 
masalalariga alohida e‘tibor qaratildi, sohani modernizatsiyalash bo‘yicha hukumat 
farmonlari va qarorlari e‘lon qilindi. Bo‘lajak muhandislarning axborot va kompyuter 
texnologiyalari sohasidagi tayyorgarligini yaxshilash maqsadida, o‘quv jarayonida 
ishbilarmonlik o‘yinlari, amaliy mashg‘ulotlar keng joriy qilindi. 
Transport sohasida turli tizimlarni ratsional boshqarish bo‘yicha olib borilgan 
mashg‘ulotlar davomida to‘plangan tajribalar o‘quv materiallarini tizimlashtirish, 
ularni alohida fan sifatida birlashtirish zarurligini ko‘rsatdi. 
Ushbu darslikning asosiy maqsadi sohani boshqarishning asosiy tamoyillari, 
usullari va texnologiyalari bilan tanishtirish, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, 
ta`mirlash va servisini boshqarishning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatishdan iborat. 
Ushbu darslik, muallif tomonidan Jizzax Politexnika Institutida «Texnik 
tizimlarni boshqarish» fani bo‘yicha o‘qigan ma‘ruzalari, olib borilgan ilmiy taqiqot 
ishlari va ilg‘or tajribalarni umumlashtirish asosida yaratildi. 
Darslikni tayorlashda o‘zlarining qimmatli vaqtlarini ayamasdan `rdamlashgan 
barcha ustozlar va hamkasblarimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. 
Darslikning mazmuni va siftini boyitishga qaratilgan barcha tanqidiy fikr-
mulohazalari uchun kitobxonlarga oldindan tasakkurimni izhor etaman.




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin