39
Demak avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi avtomobil transportining tagtizimi
(tarmog‘i) va o‘z navbatida avtomobil transporti vatanimiz
transporti majmuasining
tagtizimi hisoblanadi. Transport dasturlarining oliy darajadagi maqsadi halq xo‘jaligi
va respublika aholisining yuk va yo‘lovchi tashish talabalarini barcha turdagi
resurslarni tejagan holda va ekologik talablarini saqlagan holda qondirishdan iborat.
Mamlakat transport majmuasi dasturlarining birinchi darajali maqsadlaridan biri
barcha transport turlarinig ish sifati va ishonchliligini oshirishdan iboratdir.
Avtomobil transportiga nisbatan bu maqsad quyidagi tag maqsadlar bilan
aniqlashtiriladi (birinchi daraja):
1)
har bir avtomobilning ish unumdorligini oshirish;
2)
avtomobillar
to‘plami
(avtomobil
transporti
korxonasi
parklari,
boshqarmalar,
birlashmalar, vazirliklar, tarmoqlar) ish sifatini,
ish unumdorligini
oshirish;
3)
transport xizmatlarining iste‘molchilar uchun ochiqligi va qulayligini
ta`minlash;
4)
transport vositalarining aholiga, xizmat ko‘rsatish
xodimlariga va atrof
muhitga ta‘sirining me‘yoriy darajalarini ta`minlash;
5)
tashuvlar va transport xizmatlarining iqtisodiy jihatdan samaradorligini
ta`minlash.
O‘z navbatida birinchi tagmaqsadga quyidagicha erishiladi:
avtomobillarning texnik ekspluatatsion xususiyatlarini oshirish bilan;
tashuvlarni tashkil etishni takomillashtirish bilan;
ekspluatatsiya sharoitlarini yaxshilash bilan;
avtomobillar texnik ekspluatatsiyasini takomillashtirish bilan va hokazo.
Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan
maqsadlari, avtomobil transportining bosh maqsadlariga mos keladi.
Binobarin avtomobillar texnikaviy ekspluatatsiyasi uchun ko‘rsatkichlar
ro‘yxatini aniqlashtirish zarurati yuzaga keladi, masalan, ishchanlik darajasi quyidagi
xususiy ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
texnik tayorgarlik koeffitsienti bilan;
40
buzilishlargacha ishlash davomiyligi bilan;
smena yoki reys davomida bo‘zilmasdan ishlash ehtimolligi bilan;
avtomobilning ta`mirda bekor turishi bilan;
avtomobillarning ATK mintaqalari va ustaxonalari bo‘yicha yoki avtomobil
mexanizmlari va agregatlarining nosozligi tufayli ta`mirda bekor turishlari bilan.
Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi maqsadlar daraxtidan ko‘rinadiki,
har bir
maqsadga maqsad me‘yorlari mos keladi, belgilangan muddatda texnik tayorgarlik
koeffitsientining
belgilangan miqdoriga erishish, avtomobillarga texnik xizmat
ko‘rsatish va ta`mirlash xarajatlarini belgilangan miqdorga qisqartirish va hokazo.
Maqsad ko‘rsatkichi, maqsadni haqiqatda amalga oshirilishini aniqlaydi va
texnik xizmat ko‘rsatish bo‘linmalarining ish sifatini tavsiflaydi.
Aniq vaziyatlarda
yuqoriroq bosqichdagi (darajadagi) tizimlarning (ijtimoiy-iqtisodiy, transport va
avtomobil transporti) amaldagi cheklanishlari va talablariga bog‘liq holda
avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining maqsadlaridan biri oldingi o‘ringa
chiqishi
mumkin. Masalan, eskirayotgan parkning ishchanlik darajasini saqlab turish, bu shak-
shubhasiz, ta`mir uchun xarajatlarning o‘sishi va ta`mirlash xodimlariga talabning
oshishi bilan bog‘liq. Ta`mirlash xodimlarining etishmasligi uning ish unumdorligini
oshirishni talab qiladi, bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarish
va ijtimoiy negizga
hamda xodimlarni tayyorlashga kapital mablag‘larning o‘sishiga olib keladi va
hokazo.
Dostları ilə paylaş: