46
boshlanishga, oraliq bosqichlariga va yakuniy marraga ega; ikkinchidan, mehnat
xarajatlarini me‘yorlashtirish uchun; uchinchidan, tizimning boshqa elementlar bilan
ta‘sirlarni yoki tashqi tizimlar (mijozlar bilan, etkazib beruvchilar bilan) bilan o‘zaro
aloqalarni koordinatsiyalash uchun; to‘rtinchidan, pullarning turli vaqtlardagi oqimini
hisobga olish imkonini beruvchi iqtisodiy toifa sifatida.
Boshqarish qoidalari, bosqichlari va uslublari.
Oqilona boshqaruvni amalga
oshirish uchun etarli darajadagi to‘plam quyidagilar hisoblanadi: tizimning holati
haqidagi axborot, tizimning maqsadi,
mavjud resurslar, tizim maqsadlariga erishish
va ushbu harakat uchun zarur bo‘lgan vaqt.
Tabiiy holda ushbu to‘plam belgilangan ketma-ketlikda joylashishi va
qo‘llanilishi zarur bo‘lib, u namunaviy bosqichlarni
yoki
boshqarish
texnologiyasini
tashkil
qiladi va turli tarmoqlar, korxonalar hamda masalalar
uchun minimal bog‘liqlik bilan qo‘llaniladi va umumlashtiriladi.
Boshqaruvning asosiy namunaviy bosqichlari quyidagilar hisoblanadi.
1.
Boshqariladigan tizim yoki tagtizim (tarmoq, ATK, ustaxona, mintaqa,
brigada) oldida turgan maqsadni aniqlash.
Tizimning maqsadi uning ma‘lum
tadbirlar yordamida erishiladigan va qabul qilingan qarorlar natijasi hisoblangan
bo‘lajak holati hisoblanadi. Tanlanadigan vositalar maqsadni to‘g‘ri
aniqlashga
bog‘liq bo‘lib, elementlarning maqsadlari yuqori bosqichdagi tizimning maqsadlariga
mos kelishi zarur. Masalan, texnik ekspluatatsiya oldida turgan maqsadlar avtomobil
transporti oldidagi maqsadlarga mos kelishi zarur.
Avtomobil transporti korxonasidagi ustaxona va mintaqaning vazifasini shunday
aniqlash kerakki, berilgan tashish jarayonini ta`minlash uchun avtomobillarning soni
va majmuasini ta`minlab bersin. Maqsadni qo‘yish va uni amalga joriy etish dasturiy
maqsadli yondoshuv doirasida bo‘lishi zarur.
2
.
Tizimning holati va tizimga ta‟sir qilayotgan tashqi omillar haqida axborot
olish.
Tizimning ahvoli haqidagi axborot - bu tizimning holati va unga ta‘sir
qilayotgan tashqi omillar haqidagi ob‘ektiv axborotdir. Misol uchun, texnik
tayyorgarlik koeffitsientini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni
ishlab chiqishda
tizimning holati haqidagi axborot - bu avtomobillarning ekspluatatsion ishonchliligi,
47
buzulishlar va hokazolar hisoblanadi. Bunda tashqi omillar sifatida ekspluatatsiya
sharoitlari moddiy texnika ta`minotini tashkil qilish va boshqalar olinadi.
Axborotni yig‘ish va uni qayta ishlashda, ya‘ni tizim hamda tashqi omillar
haqidagi
bizning bilimlarimizni, chamalarimizni to‘ldiruvchi barcha tushunchalar
quyidagicha turlarga bo‘linadi:
Xabar – axborotni ifodalash uchun xizmat qiluvchi (telegramma matni, xatlar,
xat boshi, shtrix-kod va hakazo) belgilarning tartiblangan to‘plami (lotin alfaviti,
raqamlar va shunga o‘xshashlar).
Hujjat – xabarni xatlar, ma‘lumotnomalar, qaydnomalar,
naryad va boshqa
ko‘rinishlardagi material tashuvchi.
Signallar – xabarlarni uzatish va to‘plash uchun xizmat qiluvchi dalillar,
hodisalar va jarayonlar
Shovqin – signalni olishni qiyinlashtiruvchi to‘siqlar.
3.
Dostları ilə paylaş: