3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasining ―Ijtimoiy sohani rivojlantirish‖ deb nomlangan to‘rtinchi
yo‘nalishida yo‘l
transport, muhandislik kommunikatsiya hamda ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash hamda ularni rivojlantirish chora
tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutiladi [1]. Yuqorida ta‘kidlangan
infratuzilmalarda mehnat sharoitlarini yaxshilash, barcha turdagi resurslarni tejash va
texnologik jarayonlarning ekologik xavfsizligini ta`minlashdan iborat bo‘lgan ustuvor
vazifalar qo‘yilganki, bu ustuvor vazifalar bevosita avtomobil transporti va uni
boshqarish sohasiga ham tegishlidir.
Ushbu sohani
samarali boshqarishda uni, turlicha va ko‘plab omillar ta‘sirida
bo‘lgan, tagtizimlar tarmog‘idan tashkil topgan murakkab, ulkan tizim sifatida qarash
muhim ahamiyatga ega.
Bozor iqtisodi sharoitlarida avtotransport korxonalari (ATK) rahbarlari doimiy
ravishda boshqaruvning, mehnatni tashkil qilish va rag‘batlantirishning, inson omilini
faollashtirishning samarali shakllarini izlashlari va amalda qo‘llashlariga to‘g‘ri
keladi. Bunda ularning qaror qabul qilishlarida erkinlik chegaralari kengayadi, lekin
yakuniy natijalar uchun mas‘uliyati kuchayadi.
Ushbu darslikda avtomobillar texnik ekspluatatsiyaning samaradorligini oshirish
muammosi unga dasturiy maqsadli yondoshuv nuqtai nazaridan qaraladi va shunga
binoan texnik ekspluatatsiyaning maqsadlari avtomobil transportining maqsadlari
bilan chambarchas bog‘liq holida tadqiq qilinadi.
Muammoga bunday yondoshuv,
boshqaruvning samaradorligiga ta‘sir qiluvchi barcha omillarni miqdoriy jihatdan
baholashni talab qiladi ya‘ni boshqaruvning turli darajalarida, mavjud muqobil
variantlar, sharoitlar va cheklanishlarida erishilgan ko‘rsatkichlarni
hisobga olgan
holda asoslangan muhandislik echimlarini qabul qilishni taqozo etadi.
Avtomobillarning texnik holatini boshqarish muammosini hal qilishning muhim
elementlaridan biri avtomobillarga texnik xizmat (TXK) ko‘rsatish va joriy ta`mirlash
(JT) ning texnologik jarayonlarini takomillashtirish hisoblanadi, bu esa o‘z navbatida
4
muhandis-texnika xizmatining (MTX) tarkibi va tuzilmasini, muhandislik qarorlarini
qabul
qilish
usullarini,
va
ish
joylaridagi
(postlardagi)
jihozlarni
mukammallashtirishni hamda mehnatni ilmiy tashkil etishni talab qiladi.
Bugungi yangicha iqtisodiy sharoitlar uchun samarali bo‘lgan muhandislik
echimlarini asoslash va amalga joriy qilish zaruratidan kelib chiqqan holda inson
omilining roli sezilarli darajada oshdi, MTX va muhandisning o‘ziga,
hamda ularni
tayyorlash va malakasini oshirish usullariga bo‘lgan talab oshib bormoqda.
Boshqaruv va menejment birinchi navbatda inson yoki bir guruh insonlarning
faoliyat doirasi hisoblansada, uning asoslari va texnologiyalarini bilmaslik nafaqat
qaror
qabul qiluvchilar, balki korxona, firma, tarmoq, jamiyat uchun jiddiy
oqibatlarni keltirib chiqaradi [20, 5-14 b].
Shuni alohida ta‘kidlash muhimki, so‘ngi yillarda hukumatimiz tomonidan
muhandislar tayyorlash jarayonida ishlab chiqarishni
ratsional boshqaruv
masalalariga alohida e‘tibor qaratildi, sohani modernizatsiyalash bo‘yicha hukumat
farmonlari va qarorlari e‘lon qilindi. Bo‘lajak muhandislarning axborot va kompyuter
texnologiyalari sohasidagi tayyorgarligini yaxshilash maqsadida, o‘quv
jarayonida
ishbilarmonlik o‘yinlari, amaliy mashg‘ulotlar keng joriy qilindi.
Transport sohasida turli tizimlarni ratsional boshqarish bo‘yicha olib borilgan
mashg‘ulotlar davomida to‘plangan tajribalar o‘quv materiallarini tizimlashtirish,
ularni alohida fan sifatida birlashtirish zarurligini ko‘rsatdi.
Ushbu darslikning asosiy maqsadi sohani boshqarishning asosiy tamoyillari,
usullari va texnologiyalari bilan tanishtirish, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish,
ta`mirlash va servisini boshqarishning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatishdan iborat.
Ushbu darslik, muallif tomonidan Jizzax Politexnika Institutida «Texnik
tizimlarni boshqarish» fani bo‘yicha o‘qigan ma‘ruzalari, olib borilgan ilmiy taqiqot
ishlari va ilg‘or tajribalarni umumlashtirish asosida yaratildi.
Darslikni tayorlashda o‘zlarining qimmatli vaqtlarini ayamasdan `rdamlashgan
barcha ustozlar va hamkasblarimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Darslikning mazmuni va siftini boyitishga qaratilgan
barcha tanqidiy fikr-
mulohazalari uchun kitobxonlarga oldindan tasakkurimni izhor etaman.