1.4.
AVTOMOBIL TRANSPORTINI BOSHQARISHNING HOZIRGI
DAVRDAGI HOLATI VA TARAQQIYOTI
Avtomobil transporti katta bir transport tizimning xarakterli vakili sifatida
quyidagi bir qancha yirik tagtizimlarni o‘z tarkibiga birlashtiradi. Bunga yuk va
yo‘lovchi tijorat transporti; oilaviy zaruratlarga xizmat qiluvchi xususiy notijorat
transporti; yo‘l xo‘jaligi; parkning ishchan holatini saqlab turishni ta`minlovchi ishlab
chiqarish infratuzilmasi; kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash; material-texnika
ta`minoti va boshqalar kiradi.
―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida‖ gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida
―Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish‖ deb nomlangan uchinchi
yo‘nalishda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun milliy valyuta va
narxlarning barqarorligini ta`minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor
mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy byudjetlarning daromad
bazasini
kengaytirish,
tashqi
iqtisodiy
aloqalarni
kengaytirish,
eksportga
mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni
rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish,
soliq ma‘murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy
prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini
rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilgan
[1]. Farmonda belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, avtomobil
24
transportini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy tendensiyalari
quyidagilardan iborat.
1.
Iqtisodning rivojlanishiga va aholiga transport xizmatini ko‘rsatishda
avtomobil transportining etakchi o‘rinni saqlab qolishi quyidagilar bilan belgilanadi:
avtomobil transportining tez moslanuvchan va harakatchanligi;
tashuvlarni tezkor amalga oshirish imkoniyati;
yuk va yo‘lovchilarni transport almashinuvlarisiz va ortiqcha
yuklanishlarsiz manzilga etkazishni tashkil qilish;
belgilangan aniq jadval va grafik bo‘yicha ishlash.
Butun transport tizimining ishida (jami 100% deb hisoblaganda) avtomobil
transportining ulushi quyidagicha:
yuk tashuvlarida – 75-77%;
yo‘lovchi tashuvlarida – 50-53%.
Avtomobil transporti boshqa barcha transport turlari bilan hamkorlik qiladi,
uning mijozlari esa minglab korxonalar, tadbirkorlar va turli tashkilotlardan iborat.
2.
O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda avtomobilsozlik sanoati va parkining
jadal sur`atlarda o‘sishi.
3.
ATK da engil avtomobillar solishtirma salmog‘ining o‘sishi va rivojlangan
mamlakatlar mos ko‘rsatkichlariga yaqinlashishi: AQSH – 75%; Fransiya – 83%;
Angliya – 87%; Italiya 92%; Germaniya – 93%.
4.
ATK da chet el korxonalari bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan
avtomobillar solishtirma salmog‘ining oshishi.
5.
Avtomobil parkining yoshi o‘tishi va qarishi tufayli ekspluatatsion
ishonchliligining pasayishi va ishchanlik qobiliyatini saqlab turishga xarajatlarning
oshishi.
6.
Avtomobillar konstruksiyasining takomillashishi va murakkablashishi
(elektronizatsiya va bortli tashxis; ko‘p klapanli dvigatellar; ishchi jarayonlarni
kompyuterli boshqaruv va ishlatilgan gazlarni neytrallashtirish; avtomatik uzatmalar
qutilari; tormozlarning antiblokirovkali qurilmalari; rostlanuvchi osmalar va
boshqalar) natijasida, ularning ekspluatatsion xususiyatlarining oshishi, ammo shu
25
bilan birgalikda xizmat ko‘rsatish sifatiga, ishlab chiqarish xodimlariga,
ekspluatatsion materialarga va ehtiyot qismlarga, ishlab chiqarish bazasiga
talablarning oshishi.
7.
Mulk tasarrufining o‘zgarishi va davlat tomonidan avtomobil transportini
boshqarish mas‘uliyatining soqit qilinishi.
Statistik tadqiqotlar natijalari asosida mulk tasarrufi bo‘yicha avtomobillar:
davlat tasarrufidagi – 23,1%;
tadbirkorlarda -34,1%;
xususiy, aksionerlarda – 15,3%;
aralash – 27,1%;
jamoat tashkilotlarida – 0,4%.
8.
Xususiy sektordagi avtotransport vositalari sonining keskin oshishi,
korxonalar va avtomobillarning ish faoliyati haqida ishonchli axborot olishni,
ularning texnik holatini nazorat qilishni, profilaktika va ta`mirlash ishlarini o‘z
vaqtida va sifatli tashkil etishni qiyinlashtiradi.
9.
ATK o‘lchamlarining qisqarishi tufayli, avtomobil parkining asosiy qismi
kichik korxonalar tasarrufiga o‘tdi, bu esa iqtisodiy va tashkiliy jihatdan TXK,
ta`mirlash hatto saqlash darajasini qoniqarli darajada ta`minlash imkonini bermaydi.
Bu tendensiya kichik va o‘rta transport korxonalari uchun TXK va ta`mirlashni
rivojlantirishning servis tizimi va shartnoma shakllarning rivojlanishni talab qiladi.
10.
Avtomobil transporti resurs sig‘imlarining kattaligi va aholi hamda atrof
muhitga zararli ta‘siri.
Barcha
transport
tizimlarining
ko‘rsatkichlarida
(100%)
avtomobil
transportining hissasi:
neft mahsulotlari yoqilg‘isi sarfi – 60%;
mehnat resurslari – 70%;
yo‘l transport hodisalari – 96%.
Atrof muhitni ifloslantiruvchi barcha manbalar ichida avtomobil transporti
hissasi:
jami – 40-50%;
26
yirik shaharlarda – 60-70%;
megapolislarda – 85% va undan ortiq.
11.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar texnik darajasining
rivojlangan malakatlarda ishlab chiqarilgan avtomobillardan orqada qolishini, bir
qancha ko‘rsatkichlar bo‘yicha quydigacha baholash mumkin:
yonilg‘i samaradorligi – 10-15%;
ekologik xavsizlik - 2-4 martagacha;
buzilmaslik – 10 martagacha;
avtomobillar va agregatlarning ish resursi – 30-40 %.
12.
Barcha turdagi avtotransport korxonalari zamonaviy avtomobillarning
texnik darajasidan son va sifat jihatidan doimiy orqada qolish davom etmoqda.
―O‘zavtotexxizmat‖ hissadorlik birlashmasi ma‘lumotlariga qaraganda Toshkentdagi
servis korxonalarining faqatgina 10% zamonaviy talablarga javob beradi.
Chiqindilarni yig‘ish, qayta ishlash va qayta foydalanish infratuzilmasi asosan
shakllanmagan.
13.
Avtomobillar
konstruksiyalaridagi,
ekspluatatsion
materiallarning
sifatidagi, ishlab chiqarish bazasining infrotuzilmasidagi kamchiliklarga qaramasdan,
avtomobillarning texnik holatiga, yo‘l va ekologik xavfsizligiga davlat talabi (bu
xalqaro me‘yorlarga yaqinlashmoqda) oshib bormoqda.
14.
Transport tarmog‘iga sarmoya kiritishdagi surunkali etishmovchilik
quyidagi qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda:
avtomobil parklarining yangilanishini;
zamonaviy texnik darajadagi avtomobillar va materiallar sotib olishni;
yangi axborot texnologiyalarini to‘la masshtablarda qo‘llashni;
adekvat ishlab chiqarish infrotuzilmalarini rivojlantirishni;
raqobatbardosh transport tizimlarini yaratishni.
Avtomobil transportini rivojlantirishning qarab chiqilgan tendensiyalari va
o‘ziga xosliklari belgilangan texnik, iqtisodiy va texnologik oqibatlarni keltirib
chiqaradi, va albatta transport va uning tizimlarini boshqarishda ularni hisobga olish
27
zarur bo‘ladi. Quyidagi jadvalda ularni ma‘lum bir tizimga solgan holda qarab
chiqamiz (1.1-jadval).
1.1-jadval
Bozor iqtisodi sharoitlarida avtomobil transportning holati va uni
rivojlantirishning asosiy xususiyatlari
Rivojlanish
xususiyatlari
Natijalar
Boshqaruv, texnik va iqtisodiy
oqibatlar va echimlar
1
2
3
1. Korxonalar va
tashkilotlarni
xususiylashtirish
Vertikal boshqaruv
tuzilmasining buzi-
lishi.
Axborot va me‘yoriy-
texnologik
ta`minotning
yomonlashuvi
1.
Qaltis sharoitlarda moliyaviy va
ishlab chiqarish mustaqilligi.
2.
Qabul qilinadigan qarorlarning
asoslanganligiga talabning oshishi.
3. Barcha pog‘onadagi rahbarlar va
mutxassislarning malakasiga talabning
oshishi.
2. Avtomobil
parki va transport
tizimida xo‘jalik
yurituvchi
sub‘ektlar
sonining oshishi
Tashuvchilar orasida
raqobat kuchayishi.
Ishlab chiqarish
infrotuzilmasi
rivojining orqada
qolishi.
Turli xildagi
transport turlarining
o‘sishi.
TXK va ta`mirlash
bo‘yicha ishlab
chiqarish dasturlari
qisqarishi
1.
Ko‘rsatilayotgan xizmatlar
raqobatbardoshligini ta`minlash:
tariflarni qisqartirish, xizmatlar sifatini
oshirish.
2.
Faol marketing tahlilini o‘tkazish
zarurati.
3.
Avtomobillarning ishlash
qobiliyatini oshirish zarurati.
4.
TXK va ta`mirlash ishlarini
bajarishning kooperativ shakllarini
rivojlantirish
3. Yuqori
Aylanma
1.
Barcha ishlab chiqarish sikllari va
28
qadrsizlanish
sharoitlarida
ishlash
mablag‘larning
(vositalarning)
etishmasligi.
Sarmoya
imkoniyatlarining
qisqarishi
xarajatlarini qisqartirish zarurati.
2.
Barcha xarajatlar va daromadlar
turlari va manbalarini tezkor baholash
hamda to‘g‘irlash.
3.
Yangi shakllardagi sarmoyalar va
inovatsiyalar
4. Ortiqcha ha-
rakat sostavi,
maydonlar, ish
xodimlari va
jihozlar yuzaga
kelishi
Iqtisodiy
ko‘rsatkichlarning
yomonlashishi,
daromadning, ish
haqining qisqarishi
1.
Korxonani diversifikatsiyalash,
ya‘ni bozorda faoliyat doirasini
o‘zgartirish va kengaytirish zarurati.
2.
Korxonani qayta bo‘lish va
kichiklashtirish
5. Avtomobil-lar,
yonilg‘i,
materiallar,
ehtiyot qismlar
narxining, erga
to‘lovlar, soliqlar
va hakazo yuqori
darajada o‘sishi
Xarajatlarning o‘sishi,
daromadning,
raqobatbardoshlilik-
ning qisqarishi.
Avtomobillar park-
larining va jihoz-
larning eskirishi
1.
Korxonaning me‘yoriy-texnologik
ta`minotini yaxshilash.
2.
Mutaxassislar va ishlab chiqarish
xodimlarining malakasini oshirish.
3.
Xarajatlarni qisqartirganligi uchun
rag‘batlantirish.
4.
Ishonchli va iqtisodiy samarali
avtomobillarni olish.
5.
Resurslar sarfi barcha kanallari,
avtomobillar va materiallar sifatining
haqiqiy ko‘rsatikichlari haqida tezkor
axborot. Yangi axborot texnologiyalari
6. Avtomobil-
larga, bazalarga
ekologik
talablarning va
korxonalar hamda
ularning
Xarajatlarning o‘sishi
(soliqlarga, jihozlarga,
texnik holatni saqlab
turishga).
1.
Atrof-muhitni ekologik
ifloslantirishning barcha manbalari
uchun nazorat va javobgarlikning
individuallashishi va kuchayishi.
2.
Ekologik xavfsiz avtomobillar,
materiallar, texnologiyalar olish.
29
rahbarlari
javobgarligining
o‘sishi
3.
Ishlab chiqarish xodimlarining
ekologik bilimi.
7. Yangilanish
sur‘atlarining
qisqarishi,
avtomobillar
parklarining,
jihozlar,
binolarning
eskirishi
Ekspluatatsion
ishonchlilikning
qisqarishi.
Texnikalarning,
binolar va
inshootlarning ishlash
qobiliyatini ta`minlash
uchun xarajatlarning
oshishi.
Samaradorlikning
qisqarishi
1.
Avtomobillar va jihozlar haqiqiy
yoshini hisobga olgan holda
xarajatlarni nazorat qilish va
me‘yorlash.
2.
Avtomobil parklarning ishida yo‘l
va ekologik xavfsizlikning pasayish
tendensiyalarini neytrallashtirish
bo‘yicha choralar ko‘rish.
3.
Parkning yoshi tuzilmasini
nazorat qilish va uni rostlash.
Profilaktikaning ahamiyati.
4.
Avtomobillar va jihozlarning
ratsional xizmat muddatlari
8. Tijorat va
xususiy
avtomobillar
servis xizmatlari
bozorining
yuzaga kelishi va
rivojlanishi
Servis xizmatlar
turlarining kengayishi,
hajmlarining o‘sishi.
Xizmatlar bozorini
me‘yoriy-texnologik,
qonun hujjatlari va
kadrlar bilan
ta`minlashning
sezilarli orqada
qolishi.
To‘la shakllanmagan
ishlab chiqarish
infrotuzilmasi.
Mijozlarning etarlicha
1.
Servis tizimini miqdoriy
rivojlantirish va sifat jihatdan
takomillashtirish zarurati.
2.
Servis bozorini rostlash darajasini
aniqlash.
3.
Me‘yoriy-texnologik va qonun
hujjatlari ta`minotini yaxshilash.
4.
Transport korxonalari ishchilarini
servis faoliyatiga jalb qilish.
5.
Ko‘rsatilayotgan xizmatlarning
sifati va narxlarning asoslanganligini
nazorat qilish.
6.
Marketing tahlili mexanizmlarini
rivojlantirish
30
himoyalanmaganligi
Shunday qilib, yuz berayotgan o‘zgarishlar va ularning oqibatlarini
quyidagilarda izohlash mumkin:
1)
vertikal boshqaruv bartaraf etilgan sharoitlarda, korxonalarning xo‘jalik va
iqtisodiy mustaqilligi oshishi.
2)
korxonalarning
kichiklashishi
va
faoliyat
doirasini
o‘zgartirishi,
raqobatning o‘sishi.
3)
daromadlar kamayishi va xarajatlarning o‘sishi, barcha daromadlar va
xarajatlar manbalari va miqdorlari ustidan qattiq va tezkor nazorat o‘rnatish zarurati.
4)
sarmoyalarning etishmasligi va asosiy jamg‘armalarning eskirishi.
Yangiliklarni sarmoyalashning yangicha, moslanuvchan shakllarini qo‘llash.
5)
avtomobillarning ekologik va yo‘l xavfsizligiga davlat talablarining
oshishi.
6)
mutaxassis va rahbar tomonidan hal qilinadigan masalalar doirasining
kengayishi. Mutaxassislar va ishlab chiqarish xodimlari malakasiga talabalarning
oshishi.
7)
qaltis va raqobat sharoitlarida to‘g‘ri qabul qilingan boshqaruv
qarorlarining muhimligi va ularning oqibatlari uchun nafaqat ma‘naviy, balki
material javobgarligining oshishi.
8)
mutaxassis va rahbar tomonidan nafaqat korxonasining joriy holatini
tushunishi, balki uni tanqidiy baholash ko‘nikmasi, mos bozor sektoridagi o‘rni va
ayni korxonaning hamda u faoliyat ko‘rsatayotgan katta tizimning rivojlanish
istiqboli haqida tushunchaga ega bo‘lishi.
9)
tizim ishining sifatini va raqobatbardoshliligini oshirishning asosi sifatida
yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash zarurati.
10)
qaror qabul qilish va uni joriy etish – bu mexanik ravishda mutaxassis yoki
rahbarning an‘anaviy vazifalarini (mas‘uliyatlarini) oddiygina kengaytirish
emasligini, balki qo‘shimcha intlektual yuklanish ekanligini tushunish zarurati.
|