O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov


TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH FANINING MAQSADI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122
Usmanov darslik

1.3.
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH FANINING MAQSADI, 
VAZIFALARI VA UNI O‟RGANISH TARTIBI
 
―Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi‖ yo‘nalishi bo‘yicha 
bakalavrlar tayyorlashda ―Texnik tizimlarni boshqarish‖ fani umumkasbiy fanlardan 
biri hisoblanadi.
Fanni o‟qitishdan maqsad 
- talabalarda avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi 
va ularga servis usulda xizmat ko‘rsatishni boshqarish va tashkil etish bo‘yicha bilim 
va ko‘nikma berish, transport vositalarining samaradorligini oshirish, mehnat – 
material va energetik resurslarni ekspluatatsiya jarayonida tejashni o‘rgatishdir.
Soha bo‘yicha ilmiy va amaliy bilimlarni shakllantirish, zamonaviy ishlab 
chiqarish sharoitlarida muhandis-texnika xizmatini boshqarish va uni tashkil 
qilishning ilg‘or, zamonaviy uslublarini o‘rgatish, texnik tizimlarni boshqarish 
bo‘yicha ilmiy asoslangan uslub va me‘yorlarni ishlab chiqish va ularni amalda 
samarali qo‘llash bo‘yicha mutaxassislik malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi: 
texnik tizimlarni boshqarishning yangi, zamonaviy uslub va 
texnologiyalari, axborot ta`minoti, texnik vositalari bilan talabalarni tanishtirish; 


20 
ishlab chiqarishni jadalllashtirish va boshqarishning zamonaviy usullaridan 
foydalangan holda tarmoqning belgilangan me‘yoriy hujjatlari bilan tanishtirish; 
texnik tizimlarni boshqarish tushunchasini ijtimoiy hayot va insonparvarlik nuqtai 
nazaridan o‘rgatish. 
Fan bo‟yicha bilim, ko‟nikma va malakaga qo‟yiladigan talablar.
Oliy ta‘lim 
Davlat ta‘lim standartiga asosan, fanning bakalavr tayyorlashdagi vazifalari 
quyidagilar bo‘lishi kerak. Talabalarga: 
-
texnik tizimlarni boshqarish usullari va texnologiyalarini o‘rgatish; 
-
texnik tizimlarni boshqarishda qo‘llaniladigan axborot texnologiyalarni 
o‘rgatish; 
-
transport vositalari majmuasini boshqarish asoslarini o‘rgatish. 
Talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yilgan talablar (DTS 
asosida) quyidagilardan iborat bo‘lishi zarur. ―Texnik tizimlarni boshqarish‖ o‘quv 
fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-
texnik tizimlarni boshqarish usullari va texnologiyasi; 
-
texnik tizimlarni boshqarishda qo‘llaniladigan axborot texnologiyalari haqida 
tasavvurga ega bo‘lish; 
-
transport majmuasida boshqarishni bilishi va ulardan foydalana olish; 
- transport tizimida boshqarish ma‘lumotlarini tahlil etish va qaror qabul qilish; 
- transportda texnik tizimlarni tashkil etish va boshqarish kabi ko‘nikmalarga ega 
bo‘lishi kerak. 
―Texnik tizimlarni boshqarish‖ fanini o‘rganish uchun talaba, ―Transport 
vositalarining tuzilishi va nazariyasi‖, ―Ishonchlilik nazariyasi va tashxis asoslari‖, 
―Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi‖, ―Avtoservis asoslari‖, ―Harakat 
xavfsizligini tashkil etish‖ fanlarini o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. 
Ushbu fan bo‘yicha mashg‘ulotlar, o‘qitishning zamonaviy axborot 
texnologiyalari va o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlangan maxsus 
auditoriyalarda, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish laboratoriyalarida, servis 
xizmat ko‘rsatish markazlari, ilg‘or avtomobil transporti korxonalarida o‘tkaziladi. 
Shuningdek talabalarning izlanish va ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish hamda 


21 
mustaqil ishlash jarayonida puxta bilim egallashi uchun o‘qitishda elektron 
darsliklardan, ilg‘or uslublar va pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. 
Muhandis bakalavr ushbu fan bo‘yicha olgan bilim, ko‘nikma va malakalaridan 
avtotransport va avtoservis korxonalarida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va 
ta`mirlashni tashkil etish, boshqarish hamda uni amalga oshirishda keng 
foydalanadilar [14, 23 b].
Odatda muhandisning asosiy kasbiy faoliyati mazmuni texnik va texnologik 
masalalarni echishdan iborat deb hisoblanar edi, lekin bugungi ijtimoiy, iqtisodiy 
sharoitida texnika va texnologiyalar bilan bir qatorda mutaxassisning ishlab 
chiqarishni, ya‘ni ko‘plab elementlardan yoki tagtizimlardan iborat bo‘lgan katta 
texnik tizimlarni boshqara olish qobiliyati ham muhim o‘rin tutadi. Avtomobil 
transporti korxonasi (ATK) miqyosida bunday ob‘ektlar sirasiga avtomobillar, uning 
agregatlari, uzellari va hakazolar, ishlab chiqarish xodimlari, xizmat va ta`mirlash 
vositalari, zarur ehtiyot qismlar va materiallar, boshqa bo‘linmalar kiradi. Bundan 
ko‘rinadiki, tizim samarali ishlashi uchun, birinchidan, uning elementlari unumli 
ishlashi, ikkinchidan, ular belgilangan, aniq va tushunarli qonuniyatlar asosida o‘zaro 
ta‘sirda bo‘lishi zarur bo‘ladi. 
AQSH, Kanada, Angliya, Italiya, Avstraliya va Yaponiyaning 1,5 mingdan 
ortiq firmalari faoliyati tadqiq qilinganda shuni ko‘rsatganki, ushbu firmalarning 58% 
da ishni boshqarish va rejalashtirishda xatoliklar kuzatilgan, buning ustiga 3,5% 
holatlardagina ushbu xatolar firmaning keyingi faoliyatiga ta‘sir qilmagan. 59,7% 
salbiy ta‘siri qisman, 36,8 % esa kuchli bo‘lib chiqqan.
Texnik tizimlarni boshqarush o‘ta murakkab bo‘lib, ushu jaraiyonda eng jiddiy 
beshta xatoliklar (tadqiqotlar davomida aniqlangan 50 tadan) asosan qaror qabul 
qilish muammosiga tegishli hisoblanadi, ularni muhimlik darajasi bo‘yicha quyidagi 
tartibda joylashtiramiz. 
1.
Tizimlardagi yuqori rahbarlarda, rejalashtirish va qaror qabul qilish bo‘yicha 
barcha 
ishlarni 
pastki 
pog‘onalarga 
(rejalashtiruvchilarga, 
iqtisodchilarga, 
bo‘linmalar rahbarlariga va hakazo) ishonish mumkinligi haqidagi ishonchning 
mavjudligi. 


22 
2.
Rahbarlar diqqatining bugungi kun muammolariga qaratilishi, istiqboldagi 
muammolarni tan olmaslik. 
3.
Uzoq muddatli rejalashtirish uchun asos sifatida foydalanish mumkin 
bo‘lgan vazifalarni shakllantira olmaslik. 
4.
Rejalashtirish va boshqarish uchun firmada zarur sharoitlarni yarata 
olmaslik. 
5.
Yuqori rahbarlarning bo‘linmalar rahbarlari tomonidan qabul qilingan 
qarorlar yoki ishlab chiqilgan rejalarni muhokama qilishni hohlamasligi. 
Bulardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, xo‘jalik va bozor sharoitlarini, 
ishlab chiqarishning tuzilmasi va xususiyatlarini, ishlab chiqarish xodimlarining, 
mijozlarning mentaliteti va malakasini, hisobga olmasdan turib xorijiy firmalar va 
mamlakatlarning tajribasini, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish va qo‘llash samarasiz 
hisoblanadi [15, 327 b].
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, har qanday tizimni (iqtisodiy, ijtimoiy, texnik 
va hakazo), ishlab chiqarishni boshqarishda umumiy bo‘lgan tamoyillar, usullar, 
qonuniyatlar va qoidalar mavjudki ularni chuqur o‘rganmasdan turib to‘laqonli va 
samarali boshqaruvni amalga oshirib bo‘lmaydi. 
Talaba ushbu fanni o‘rganishi jarayonida boshqaruvning mohiyatini va istalgan 
tizimlarda, har qanday ishlab chiqarishda va istalgan sohada (yirik korxonaga 
rahbarlikdan tortib to kichik tadbirkorlikgacha) qo‘llaniladigan usullarini yoki 
metodologiyasini o‘zlashtirishi zarur bo‘ladi. 
Fanni o‘rganishdagi asosiy yo‘nalishlar quyidagilar hisoblanadi: 

boshqarish bo‘yicha asosiy tushunchalarni o‘zlashtirish; 

katta texnik tizimlarni tahlil qilish uslublarini o‘zlashtirish; 

ishlab chiqarishni tahlil qilishning dasturiy-maqsadli uslublarini o‘rganish; 

muhandislik va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uslublarini o‘zlashtirish; 

bo‘lajak mutaxassilarda har qanday tassarufdagi xususiy, davlat va boshqa 
avtotransport va servis korxonalari muhandis-texnik va boshqa xizmatlarning 
nafaqat muhandisi, balki menejeri sifatida samarali faoliyat ko‘rsatish imkonini 
beruvchi bilimlar, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish; 


23 

texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa tizimlarda muhandislik va boshqaruv 
qarorlarini qabul qilishda va ishlab chiqarishni boshqarishda yangi 
texnologiyalar va vositalardan foydalanish ko‘nikmalari bilan tanishish va unga 
ega bo‘lish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin