O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov


TEXNIK TIZIMLAR VA ULARNING MAQSADI, BOSHQARISH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   122
Usmanov darslik

1.5.
TEXNIK TIZIMLAR VA ULARNING MAQSADI, BOSHQARISH 
USLUBLARI, TUZILMALARI
 
Tizim
- o‘zaro ta‘sirda bo‘lgan va ma‘lum yaxlitlikni tashkil qiluvchi elementlar 
to‘plami. Masalan, turli xil murakkablikdagi tizimlarga bir qancha agregatlardan 
tashkil topgan avtomobilni, tarkibida bir qancha ijrochilar bo‘lgan brigadani, 
avtomobil transporti korxonasi va boshqa korxonalar, tashkilotlar to‘plamidan iborat 
avtomobil transportini, avtomobil, temir yo‘l va boshqa transport turlaridan iborat 
transport majmuasini misol sifatida keltirish mumkin. 
Tizim bir butun, yaxlit holatda ishlashi, uning elementlari orasidagi o‘zaro 
aloqalar orqali ta`minlanadi. Ushbu aloqalar tizimning tuzilmasini belgilab beradi. 
Texnik va ishlab chiqarish tizimlarida odatda elementlari orasidagi aloqalar bir 
xil ahamiyatga ega bo‘lib, tizimni loyihalash va yaratish paytida shakllanadi. 
Masalan, agregatning konstruksiyasi, ATK ni yoki avtoservis korxonalarini (ASK) 
rejalashtirish. 
Biologik tizimlardagi aloqalar organizmning tug‘ilishi va rivojlanishi jarayonida 
tabiiy yo‘l bilan yuzaga keladi. 
Ijtimoiy yoki iqtisodiy tizimlardagi aloqalar amaldagi qonunlar va me‘yorlar 
asosida shakllanadi, bozor mexanizmi yoki direktiv va bozor ta‘sirlarining 
qo‘shilmasi ostida stixiyali ravishda tarkib topadi. Aloqalar davriy ravishda o‘zgarib 
turadi. 
Sanab o‘tilgan tizimlarga belgilangan miqdordagi elementlarni kiritish, zarur va 
etarli darajada murakkab vazifa hisoblanadi. 
Tizimning elementi
- belgilangan vazifani bajaruvchi, ushbu tizim oldiga 
qo‘yilgan vazifa miqyosida qismlarga boshqa ajratilmaydigan ob‘ektdir. Masalan, 
tashuvchi sifatida transport korxonasining elementi avtomobil bo‘lib, tashish jarayoni 
uchun uni agregatlar yoki boshqa qismlarga ajratish ma‘nisiz bo‘ladi, ammmo 
avtomobilning ish qobiliyatini ta`minlash ya‘ni, TXK va ta`mirlashni tashkil qilish 
uchun esa bu o‘ta muhim hisoblanadi. 


32 
Texnik ekspluatatsiya tizimi uchun avtomobilni nafaqat agregatlarga ajratish, 
balki detallarga bo‘lish ham muhim, chunki u ushbu tizim uchun birlamchi 
elementdir[29, 24 b]. 
Har bir element kirish -
x
i
, ya‘ni unga atrof muhitning yoki tizimning boshqa 
elementlarining ta‘siri, chiqish -
u
j
, ya‘ni ushbu elementning tashqi muhitga yoki 
tizimning boshqa elementlariga ta‘sirining o‘zgarishi bilan va elementning mumkin 
bo‘lgan holati ko‘rsatkichlari - 
g
k
bilan xarakterlanadi (1.1-rasm).
1.1-rasm. Tizimning birlamchi elementi sxemasi. 
Turli tizimlar uchun 
x
i

g
k

va 
u
j
 
mazmuni va o‘zaro munosabati o‘ziga xos 
bo‘ladi (1.2. Jadval). 
1.2-jadval 
Turli tizimlar uchun 
x
i

g
k

va 
u
j
 
mazmuni va o‘zaro munosabati 
Kirish: 
x
i
Holati va mazmuni: 
g
k
Chiqish: 
u
j
Avtomobil transporti korxonasi (ATK) 

Marketing 
tahlili 
natijalari; 

Raqobat muhiti; 

ATK parki o‘lchami va 
tarkibi; 

Ishlab 
chiqarish 

Tashish hajmi; 

Daromadlar 
va 
xarajatlar; 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin