O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Usmanov darslik

O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 11-iyuldagi
«O‟zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish to‟g‟risida» 
296-sonli qarori qabul qilingan 
[6].
 
Qarorga ko‘ra O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (keyingi 
o‘rinlarda agentlik deb ataladi) avtomobil va daryo transport sohasidagi davlat 
boshqaruvi organi hisoblanadi, avtomobil va daryo transportidan foydalanishda 
transport qonunchiligiga, xavfsizlik qoidalariga va ekologik talablarga rioya 
qilinishini tartibga soladi va nazorat qiladi. 
Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa 
qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga 
hamda viloyatlardagi bo‘limlari joylarda qarorlarga amal qiladi. 
Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 
hisobot beradi. 
Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarni Korakalpogiston Respublikasi vazirlar 
kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki 
ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi bilan o‘zaro hamkorlikda hal qiladi. 
Agentlikning asosiy vazifalari sifatida: 
-
avtomobil va daryolarda tashishlarni tashkil etish va ularni 
takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish; 
-
avtomobil transportida litsenziya faoliyatini tashkil etish va uni 
takomillashtirish; 
-
harakat xavfsizligini va avtomobil transportida avariyalarni qisqartirishni 
ta`minlash ishlarida qatnashish


14 
-
avtomobil va daryo transporti obektlaridan foydalanishda ekologiya 
normalari va talablariga rioya qilinishini ta`minlash; 
-
kemalar va suzib yuruvchi qurilmalarni hisobga olish, tasniflash, 
ro‘yxatdan o‘tkazishish va sertifikatsiya qilish; 
-
O‘zbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti manfaatlarini 
belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarda ifodalash;
-
agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha boshqa davlatlarning 
ma‘muriyatlari va tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish belgilangan. 
Agentlik boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan ikki nafar 
o‘rinbosariga ega bo‘ladi. 
Agentlikda tarkibiga Agentlik boshlig‘i (hay‘at raisi) lavozimlari bo‘yicha 
boshliq o‘rinbosarlari, shuningdek, agentlik tizimining boshqa rahbar xodimlari 
kiruvchi 7 kishidan iborat hay‘at tuziladi. Hay‘atning shaxsiy tarkibi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
2004 yil 10 martda 
“O‟zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi 
faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‟g‟risida”
O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 118-sonli qarori qabul qilindi [7]. Qaror 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 9 dekabrdagi ―Respublika davlat 
boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida‖ gi PF–3358-sonli 
Farmonini bajarish yuzasidan hamda ҳамда avtomobil va daryo transportifaoliyatini 
takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.
 
Unda O‘zbekiston avtomobil va daryo 
transporti agentligining asosiy vazifalari, tashkiliy tuzilmasi va xodimlari soni 
belgilab berilgan. 
5. 
2018 yil 6 martda
O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil 
transportini 
boshqarish 
tizimini 
yanada 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‟g‟risida” PQ
-3589 qarori qabul qilindi [8].
Qarorga ko‘ra O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining daryo 
transporti sohasidagi davlat boshqaruvi bo‘yicha vakolati O‘zbekiston Respublikasi 
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga o‘tkazildi. 


15 
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O‘zbekiston avtomobil 
transporti agentligi (―O‘zavtotrans‖ agentligi) etib qayta nomlandi. 
―O‘zavtotrans‖ agentligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari, tashkiliy 
tuzilmasi belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridaghi shahar 
yo‘lovchi transportini boshqarish bo‘yicha maxsus vakolatli organlar ―O‘zavtotrans‖ 
agentligining tegishli hududiy boshqarmalariga birlashtirildi va ularga maxsus 
vakolatli organlar va departamentlarning huquqlari, majburiyatlari, shtat birliklari va 
mol-mulklar belgilab berildi. 
6. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin