O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 apreldagi
“Iqtisodiyotning real sektorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish
chora-tadbirlari to‟g‟risida” gi № PQ-2158-sonli qarori
[9]
.
Mamlakatimizda o‘tish
davrini boshidan kechirayotgan bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘naltirilgan, ko‘p
tarmoqli axborot industriyasini tashkil etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
(AKT) ni iqtisodiyotning turli sohalarida keng joriy qilish orqali jamiyatimizning
ichki mustahkamligi va ijtimoiy birligini tashkil etish, rivojlangan davlatlar
standartlariga chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bir
qancha farmonlar va hukumat qarorlari qabul qilinib, ular amalda tatbiq qilinmoqda.
O‘tkazilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, Davlat AKTni rivojlantirish uchun
bor imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bir vaqtning o‘zida AKTni Davlat boshqaruviga
kiritish boshlandi. Davlat tashkilotlarini real vaqt - Onlayn tizimiga ulash Davlat
sektori va fuqarolar o‘rtasidagi yagona elektron vosita bilan ta`minlash orqali
O‘zbekiston Respublikasi zamonaviy axborot asriga kirishda jiddiy maqsadlar
qo‘yayotganligini ko‘rsatdi. AKTni Davlat boshqaruviga kiritishga katta e‘tibor
qaratilganligini hisobga olib, hukumat tomonidan 2003-2010 yillarda davlat
boshqaruvida elektron texnologiyalarni joriy etish dasturi tayyorlangan edi. Ushbu
dastur Davlat boshqaruvida elektron hujjatlar aylanishini keng targ‘ib qilish,
fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilash va hukumat tomonidan
qabul qilinayotgan qaror va qonunlarning oshkoraligini ta`minlash chora-tadbirlari
to‘g‘risidadir.
16
Dastur asosida birinchi bosqichda davlat boshqaruv organlarida Davlat
xizmatlari haqidagi ma‘lumotlar (jumladan lavozimdor shaxslarning qabul vaqti,
xizmat telefonlari) joylashtirilgan veb sahifalari ochiladi. Ikkinchi bosqichda
ma‘lumotlarni to‘liq jamlagan Davlat organlarini qidirish imkoniyatini beradigan
ma‘lumotlar bazasi tuzilib, qilingan murojaatlarga elektron pochta orqali javob
berilishini ta`minlaydi. Ular fuqarolarni davlat portaliga kirib, bir qator ―interaktiv
xizmatlar‖ orqali turli shakllarni to‘ldirish imkonini ko‘rsatadi.
Keyingi uchinchi bosqichda moliyaviy va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish,
fuqarolar va xususiy korxonalar litsenziya hamda ruxsatnoma sotib olishi, soliq
deklaratsiyasini taqdim etishi, jarima to‘lashi va ijtimoiy imtiyozlar so‘rab murojaat
qilishlari mumkin bo‘ladi.
Davlat boshqaruvida AKT - bu nafaqat Davlat boshqaruvining tegishli sifat
darajasida axborot-texnik tashkil etilishi, shu jumladan istalgan mamlakatning
jamiyatida mavjud bo‘lgan munosabatlar va aloqani sifat jihatidan boshqacha tashkil
etish va boshqarish hamdir.
Soddalashtirilgan shaklda har qanday mamlakatning ijtimoiy hayotini uch
muhim sub‘ektning (davlat, mamlakat fuqarolari, biznes sub‘ektlari) munosabatlari
dinamik tengligi shaklida tasavvur qilish mumkin. Fuqarolar bir bo‘lib, fuqarolik
jamiyatini ifodalaydi, biznes sub‘ektlarining jami esa mamlakat iqtisodiyotini
ifodalasa, Davlat integratsiyalovchi tizim hisoblanadi.
Davlatning integratsiyalovchi roli bunda uchta nimtizimli munosabatlarda
namoyon bo‘ladi:
- Hukumat muassasalarining o‘zaro va mahalliy Davlat boshqaruv organlari
bilan o‘zaro hamkorlik qilishi (G2G);
- Hukumat muassasalari bilan mamlakat fuqarolari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa
(G2C);
- Hukumat muassasalari bilan biznes sub‘ektlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa
(G2B).
AKTni joriy etish jarayonida Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish
vazifasi quyidagi muammolarni hal etishga yo‘naltiradi:
17
- umumiy vazifalarni hal etish maqsadida har xil hukumat tuzilmalarining
samaraliroq o‘zaro hamkorligini qay tarzda tashkil etish mumkin (G2G);
- fuqarolarning manfaatlarini qanday kilib eng ko‘p darajada hisobga olish va
tegishli davlat muassasalarida ularga xizmat ko‘rsatish sifatini qanday kilib oshirish
mumkin (G2C);
- davlatning biznes sub‘ektlari bilan o‘zaro foydali munosabatlarini qanday
kilib tashkil etish mumkin (G2B).
Davlat boshqaruvining axborot-kommunikatsiya tizimlari bugungi kunda
ko‘plab mamlakatlar aholisining kundalik hayotiga tobora kengroq joriy etilmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda haqiqatda ko‘rsatilayotgan ushbu tizim xizmatlaridan
ayrimlari quyidagilardir:
- soliq deklaratsiyalarini taqdim etish va shaxsiy to‘lovlarni: daromad solig‘i,
mol-mulk solig‘i va hakazo;
- ijtimoiy ta`minot xizmatlaridan foydalanish, grantlar va qarzlar olish;
- so‘rov va etkazib berish funksiyalari bilan birgalikda fuqarolik holatining
ko‘plab dalolatnomalarini rasmiylashtirish;
- fuqarolarni doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan
o‘tkazish, manzil o‘zgarganligi to‘g‘risida bildirishnoma;
- shaxsiy hujjatlarni – pasportlar, haydovchilik huquqini va hokazolarni
rasmiylashtirish;
- shikoyat va arizalarni qabul qilish, yuridik maslahat berish xizmatlari;
- sog‘liqni saqlash tizimi xizmatlari;
- oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari, haydovchilik huquqini olishga
imtihonlar topshirish, masofadan turib o‘qitish usuli bilan Davlat ta‘lim
muassasalarida malaka oshirish va boshqalar;
- ish izlash va mutaxassislarning kasb darajasini elektron test sinovidan
o‘tkazish bo‘yicha mehnat birjalari xizmatlari;
- kreditlar, imtiyozlar va litsenziyalarni onlayn rasmiylashtirish;
- daromadlar, dividendlar to‘g‘risida axborot va maslahatlar olish;
18
- har xil badallarni, kommunal xizmatlar haqini to‘lash va ko‘plab boshqa
narsalar.
Davlat boshqaruviga AKTni joriy etish va undan foydalanish aholining imkoni
boricha keng qatlamlari tegishli texnologiyalardan foydalanishlariga bevosita bog‘liq
bo‘ladi. CHunki kompyuter texnologiyasi va infratuzilma nisbatan qimmat turishi
tufayli aholi asosiy kismining daromadi darajasi past eqanligi axborot texnologiyalari
ommaviy yoyilishiga jiddiy to‘siq hisoblanadi.
Ush holatda Davlat boshqaruviga AKTni joriy etishning muayyan darajasida
Davlat va fuqarolar axborot notengligining fundamental muammosiga duch kelishi
mumkin. Bunday sharoitlarda internetdan yalpi foydalanilishini ta`minlash
infratuzilmasini tashkil etishga maqsadli investitsiyalar qo‘yish prinsipial ahamiyat
kasb etadi.
Turli mamlakatlarda rivojlanishning har xil darajalarida ushbu vazifalar hal
etiladi. Biroq shunga qaramay, bir qancha umumiy yondashuvlarni ajratib ko‘rsatish
mumkin:
- internetdan foydalanishning ommabop muassasalari va punktlarini tashkil
etish;
- maktablar, kutubxonalar, boshqa ommaviy muassasalarni internetga ulash;
- aholining ijtimoiy nochor qatlamlari uchun Davlat boshqaruvining korporativ
tarmoqlari resurslari va internetga kirishning Davlat tomonidan kafolatlanishi - bepul
yoki imtiyozli tariflari bo‘yicha.
7.
O‟zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2014 yil 1 avgustdagi
“O‟zbekiston Rerspublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalarini
tasdiqlash to‟g‟risida” gi 213-sonli qarori
[10]. Ushbu qaror ―Avtomobil transporti
to‘g‘risida‖ gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining sohaga oid qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek avtomobil
transporti faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida qabul
qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 29 may 2018 yilda
―O‘zbekiston Respublikasi avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga
19
qo‘shimchalar kiritish tog‘risida‖ gi 395-sonli qaroriga binoan ozgartirish va
qo‘shimchalar kiritilgan.
8.
O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi “Aholiga
transport xizmati ko‟rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda
yo‟lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‟g‟risida” gi
PQ-2724-sonli qarori
[11].
Qarordan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, avtotransport
xizmatlari bilan ta`minlash sohasini yanada rivojlantirish, hududlarni kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda mamlakat shahar va qishloqlarida
aholi bandligi muammolarini hal etishda avtotransport xizmatlari ko‘rsatishning
rolini kuchaytirish, yo‘lovchilar tashish xavfsizligini oshirish va atmosferaga zararli
tashlamalarni qisqartirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |