O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov


KATTA TIZIMLARNING ASOSIY XOSSALARI VA TASNIFI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   122
Usmanov darslik

1.6.
KATTA TIZIMLARNING ASOSIY XOSSALARI VA TASNIFI
 
Katta tizimlar - etarli darajada shartli bo‘lib, quyidagi belgilar yoki ularning 
qo‘shilmasi bilan tavsiflanadi: 
1)
tizimning ierarxiyaligi, ya‘ni uning tuzilmasida bir nechta pog‘onalarning 
mavjudligi. Masalan, transport tizimi: avtomobil transporti, avtotransport korxonasi: 
ustaxona – mintaqa – brigada – ijrochi; avtomobil: agregat – uzel – detal. 


41 
2)
tizimda, mohiyati turli xil elementlarning mavjudligi: texnik, iqtisodiy, 
ijtimoiy. Masalan, korxona: avtomobillar, dastgohlar, bino, inshootlar (texnik 
elementlar); haydovchilar, ta`mirlovchi ishchilar, muhandis-texnika xizmati (ijtimoiy 
elementlar); mijozlar bilan, banklar bilan, texnikani ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zaro 
aloqalar (tashkiliy va iqtisodiy elementlar) va boshqalar. 
3)
etarli miqdordagi elementlar ( odatda 7... 10 dan kam emaC). 
1.7.
TIZIM TUZILMASI VA UNING ALOQALARI
 
Tuzilma – korxonaning 
qabul qilingan qarorlar natijasi
funksiyalari yoki 
faoliyati turlarining o‘zaro aloqasidir. Boshqaruv samarali bo‘lishi uchun, 
korxonaning tuzilmasi, uning maqsadlari va vazifalariga mos kelishi zarur. Texnika 
xizmati boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi, korxonaning ichida muhandis-texnika 
xodimlari orasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rnatib, ma‘muriy funksiyalarni 
shakllantirish uchun zamin yaratadi. Tuzilma tushunchasi bilan ierarxiyali o‘zaro 
aloqalar tushunchasi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Korxona texnika xizmatining 
ierarxiyali tuzilmasi ma‘muriy hokimiyat va mas‘uliyatining vertikal bo‘ylab 
bo‘linishini va vazifalarning (burchlarning) bo‘linmalar orasida taqsimlanishini 
ko‘zda tutadi. Bunda bo‘linma deganda majmua, mintaqa, bo‘lim nazarda tutilayapti. 
Tizim tuzilmalarining aloqalari.
Korxonaning ma‘muriy hokimiyati korxona 
texnika xizmatining alohida bo‘linmalari faoliyatini birlashtiruvchi va ularni umumiy 
maqsadga erishishga yo‘naltiruvchi vosita hisoblanadi. U faoliyat natijalarini 
boshqarish va nazorat uchun zamin hozirlaydi. 
Funksiyali ixtisoslashish tamoyili
– tashkil qilishning yana bir muhim elementi 
hisoblanadi. U korxonaning ixtisoslashgan bo‘linmalarga (alohida vazifalarni bajarish 
uchun mo‘ljallangan) ma‘muriy jihatdan bo‘linishi bilan ifodalanadi. Korxonaning 
alohida bo‘limlarga an‘anaviy bo‘linishini funksional ixtisoslashishga misol sifatida 
keltirish mumkin. 


42 
Tashkil qilishning chiziqli tuzilmasi, ma‘muriy hokimiyatining bevosita manbai 
hisoblanadi, markaziy xizmatlarning vazifalari esa chiziqli bo‘linmalarga yordam 
berish va ularga moslashishdan iborat bo‘ladi. 
Chiziqli bo‟linma
– bu korxonaning 
birorta asosiy yo‘nalishi bo‘yicha ish olib boruvchi asosiy funksional bo‘linmalaridan 
biri. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash majmualari, ta`mirlash ustaxonalari, 
ishlab chiqarishni tayyorlash majmuasi va h.k chiziqli bo‘linmalar bo‘lishi mumkin 
(1.4-rasm).
Texnik xizmat ko‘rsatish va tashxis majmuasi, barcha turdagi TXK va tashxis 
ishlarini hamda mos ta`mirlashlarni bajaradi. Avtomobillarga TXK va ta`mirlash 
bo‘yicha ishlar ixtisoslashgan brigadalar tomonidan bajariladi.
Avtomobillarni ta`mirlash majmuasi tarkibiga, postlarda ajratish-yig‘ish 
operatsiyalarini bajaruvchi ta`mirlash brigadalari kiradi. 
Ta`mirlash ustaxonalari majmuasiga avtomobillardan echib olingan agregat va 
uzellarga xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash, detallarni qayta tiklash va tayyorlash 
ishlarini bajaruvchi hamda bevosita avtomobilda bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan 
boshqa ishlarni bajaruvchi brigadalar kiradi. 
Ishlab chiqarishni tayyorlash majmuasiga, yuvish, qismlarga ajratish, 
defektovkalash, transport, komplektlash, instrumental, tayyorlash va boshqa ishlarni 
bajaruvchi brigadalar kiradi. 
Markaziy xizmatlarga maxsus bo‘linmalar kirib, ularning vazifasi TXK va 
ta`mirlash jarayonlarini tezkor boshqarish bo‘yicha qaror qabul qilishda rahbariyatga 
yordam berish hisoblanadi. Tuzilmadagi bunday bo‘linma, TXK va ta`mirlashni 
boshqarish markazi bo‘lib, unga ishlab chiqarishni axborotli tayyorlov bo‘limi 
(guruhi), tezkor boshqaruv bo‘limi, axborotga ishlov berish va tahlil qilish bo‘limlari 
kirishi mumkin. 


43 
Ishlab chiqarishni axborotli tayyorlov
bo‟limi
mintaqalar va brigadalar uchun 
TXK va ta`mirlash dasturini shakllantiradi, ishlab chiqarishni material texnik 
ta`minoti rejasini tuzadi hamda mavjud resurlarni hisobga olgan holda brigadalarga 
ishlab chiqarish topshiriqlarini tayyorlaydi. 
Tezkor boshqaruv bo‟limi 
majmualarning ishini bevosita tezkor boshqaruvni 
amalga oshiradi. 
Axborotga ishlov berish va tahlil qilish bo‟limi
texnika xizmati barcha 
bo‘linmalarining faoliyati haqidagi axborotni tizimlashtiradi, qayta ishlaydi, tahlil 
qiladi va saqlaydi, tahlil qilish natijalari asosida uning ishini takomillashtirish 
bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi. 


44 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin