O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   122
Usmanov darslik

Axborotga ishlov berish va tahlil qilish. 
Ushbu bosqichda axborotning 
aniqligi, muhimligi, ishonchliligi, vakolatliligi va qiymati baholanadi.
Ta‘kidlash zarurki, tizimning (korxona, kompaniya, bank) holati haqidagi 
axborotning ob‘ektivligi, ishonchliligi va tushunarliligi, nafaqat ichki boshqaruv 
uchun balki, bozor sharoitida raqobatbardoshlilikni oshirish vositasi sifatida ham 
muhim ahamiyatga ega. Bozorda raqobatbardoshlilikni ta`minlash, korporativ 
boshqaruv tamoyili (yoki kodeksi) asosida amalga oshirilib, ularning asosiylari 
quyidagilar hisoblanadi: halollik, ochiq-oydinlik, mas‘uliyatlilik va javobgarlik. 
Ushbu tamoyillar AQSH dan keyin 1998 yili Evropada iqtisodiy hamkorlik va 
rivojlanish tashkiloti tomonidan qabul qilindi va eng avvalo tizimda javobgarlikka 
qat‘iy talablar qo‘ydi: ochiq-oydinlik, tushunarlilik, joriy moliyaviy ahvol haqidagi 
axborotning muntazamliligi, xalqaro mezonlar bo‘yicha hisob-kitob ishlarini olib 
borish. 
Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish, tizimning reytingini (jumladan 
xalqaro reytingini ham), uning raqobatbardoshliligini, qimmatli qog‘ozlari qiymatini 
oshiradi, sarmoyalash uchun qulay shart-sharoitni ta`minlaydi. 


48 
Olingan axborot odatda ixcham holatda (jadvallar, grafiklar) ifodalanadi va 
tizimdagi aloqalar, hamda qonuniyatlar haqida fikr bildirish imkonini beradi. 
Axborotga ishlov berish va saqlashda hisoblash texnikasidan foydalaniladi. 
4
. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish
deb belgilangan mezonlar asosida 
tizimning holatini o‘zgartiruvchi ko‘plab yoki bir nechta rivojlantirish yo‘llaridan 
birini tanlashga aytiladi. Qaror qabul qilish - tizimning maqsadlariga, olingan va 
ishlov berilgan axborotga mos holdagi harakatlarini aniqlaydi. Masalan, parkning 
ishlash qobiliyatini o‘zgartirish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mir sifatini 
takomillashtirish, xodimlarning malakasini oshirish, ishlab chiqarish bazasini 
yaxshilash va boshqa tadbirlar hisobiga amalga oshirish mumkin bo‘ladi. 
Masshtabi, miqyoslari, resurlari hajmi va tizim uchun kelib chiqadigan 
oqibatlariga bog‘liq holda ushbu harakatlar taktik yoki strategik xarakterga ega 
bo‘lishi, standart yoki maxsus ishlab chiqilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, AQSH 
ning transport tizimida muvaffaqiyatga yoki maqsadga erishishning quyidagi standart 
uslublari (strategiyalari) va ularning kombinatsiyalari (management strategy) 
qo‘llaniladi: 

ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan mahsulot yoki xizmat birligiga 
to‘g‘ri keladigan solishtirma daromadning o‘zgarishini kuzatib borish (yield 
strategy); 

barcha xarajatlar bandlarini tezkor nazorat qilish va ularni minimallashtirish 
(cost control strategy); 

maksimal ishlab chiqarish unumdorligini (daromad hisobiga ham) 
ta`minlash (productive strategy); 

tizimning 
yakuniy 
natijalaridan 
ishlab 
chiqarish 
xodimlarining 
manfaatdorligi va daromadlardagi ishtiroki (lov interest strategy). 
5. 
Qarorni ijrochilarga etkazish.
Ushbu bosqichida axborotning mazmuni va 
bajarish muddatlarini ikki xil tushuntirishga yo‘l qo‘ymaydigan uzatish shakli eng 
muhim hisoblanadi. Bunda maqsadga eng muvofiq keluvchi shakl, samarali 
boshqaruvni ta`minlovchi me‘yor hisoblanadi. Me‘yor deganda qaror qabul qilish, 
ba‘zi hollarda qarorni bajarish jarayonini miqdoriy yoki sifat jihatidan tartibga solish 


49 
va reglamentlash (tartiblash) tushuniladi. Texnik ekspluatatsiyada me‘yorga 
qandaydir ishni rejalashtirish yoki bajarishga mos keladigan aniq o‘lchov to‘g‘ri 
keladi. Masalan, texnik xizmat ko‘rsatish operatsiyalarini bajarishga mehnat sarfi 
yoki davomiyligi, ehtiyot qismlar sarfi – standartlarda, qoidalarda va boshqa 
hujjatlarda ifodalanadi. Qaror - ijrochilarga aniq, lo‘nda, iloji boricha me‘yoriy 
shaklda uzatilishi, uning bajarilishini sifat va miqdor jihatdan izchil nazorat qilishni 
ta`minlanishi zarur. 
6. 
Boshqaruv tadbirlarini amalga joriy qilish
- bu, masalan parkni yangilash, 
yangi xizmat turlarini o‘zlashtirish, ishlab chiqarish bazasini qayta qurish, ta`mirlash 
ishchilarini moddiy va ma‘naviy rag‘batlantirishning yangi tizimini joriy qilish, 
avtomobillarni ta`mirlashga jo‘natish va hokazo shunga o‘xshash tadbirlar bo‘lib, 
ular tizimning holatini o‘zgartirishi zarur bo‘ladi. 
Harakat qilish qobiliyati tizimning yoki mutaxassisning eng muhim 
xarakteristikasi hisoblanib, uning kompetensiya
4
sini xarakterlaydi. 
7. 
Boshqaruv tadbiriga nisbatan tizimning reaksiyasini olish
- bu tizim 
holatining o‘zgarishi haqidagi yangi axborot bo‘lib (teskari aloqa) yana qayta 
ishlanadi, tahlil qilinadi va uning asosida yangi qaror qabul qilinadi yoki dastlabkisi 
to‘g‘rilanadi. 
Tizim berilgan vaqtda, qo‘yilgan maqsadlarga to‘liq erisha olsa, boshqaruv 
optimal hisoblanadi. 
Agar boshqaruv jarayonida tizimning holati yomonlashsa, u holda bunday 
boshqaruv noratsional bo‘ladi. 
Agar boshqaruv jarayonida tizimning holati yaxshilansa-yu, ammo maqsadlarga 
to‘liq erishilmasa, u holda boshqaruv ratsional hisoblanadi.
Real tizimlarni boshqarish ko‘p qadamli, iterativ
5
xarakterga ega bo‘lib, 
qo‘yilgan maqsadga bir emas, balki bir necha qadamlarda, erishilgan natijalarni 
hisobga olgan holda harakatlarni ketma-ket to‘g‘irlab etib boriladi. 
4
Kompetensiya (lot. competo — erishayapman, munosibman, loyiqman): 1) muayan davlat organi yoki mansabdor 
shaxsning qonun, nizom yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi 
bilimlar,tajriba. [44, 530 b].


50 
Turli darajalardagi boshqaruvda asosiy xatoliklardan biri, bu maqsadga bir 
o‘rinishda (bir qadamda) etishga harakat qilish hisoblanadi, qaysiki, katta tizimlar 
uchun bu amaliy jihatdan erishib bo‘lmaydigan holat bo‘lib, uning asosiy sabablari 
quyidagilardan iborat: 
1)
tizimning holati haqidagi va unga ta‘sir qilayotgan omillar haqidagi barcha 
axborotga ega bo‘lish; 
2)
qarorni amalga oshirish ma‘lum muddatda kechadi va ba‘zan bu uzoq 
davom etadi, bunda tizimdagi va tizimga ta‘sir qilayotgan ko‘plab omillar o‘zgaradi; 
3)
katta tizimlar faoliyati sekin kechadi, ularning holatini o‘zgartirish uchun 
anchagina vaqt va resurslar talab etiladi; 
4)
boshqaruvda asosiy ta‘sir etuvchi omil bu inson, u esa tabiatan mutaassib 
bo‘lib, yangi maqsadlar va ularga erishish uslublariga moslashishi zarur bo‘ladi. 
Tizim holatining sekin o‘zgarishiga misol sifatida, mutaxassislar tomonidan 
shaxsiy kompyuterlarni favqulodda uzoq muddat davomida o‘zlashtirilishini, 
ko‘pchilik odamlarda bozor sharoitlariga ko‘nikmaning qiyin va davomli kechishini 
keltirish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki 10 yilligi 
davomida bozor sharoitlarida ishlab chiqarishning pasayishi, so‘ngra esa 
barqarorlashishi yuz berdi, keyingi 10 yillikdan boshlab esa xalq xo‘jaligida 
yuksalish kuzatilmoqda. 
Shvetsiyada avtomobil transporti tomonidan atrof muhitga zararli ta‘sirni zarur 
darajada qisqartirish uchun (1.6-rasm) 15 yildan 25 yilgacha muddat zarur bo‘ldi va 
buning uchun ushbu yillar davomida quyidagi asosiy tadbirlarni amalga oshirildi: 
1963 yil – avtomobillarni ekspluatatsiya qilish jarayonida davriy inspektorlik 
nazorati bo‘yicha ixtisoslashgan kompaniyani tashkil qilindi; 
1969 yil – yangi engil avtiomobillarda karterni shamollatishning yopiq tizimini 
joriy qilindi;
5
Iterativ (lot. Iterativus – tez-tez takrorlanadigan) takrorlanadigan harakatlar, jarayonlar [28, 393 b]. 


51 
1.6-rasm. Shvetsiyada engil avtomobil transportidan atrof-muhitga chiqadigan yalpi 
chiqindilar
: 1 – engil avtomobillar parkining o‟lchami; 2, 3, 4, 5 - chiqindilar: (2 – NOx; 3 - 
CO; 4 – CH; 5 – qo‟rg‟oshin); 6 – prognoz

1970 yil – benzinda qo‘rg‘oshin birikmalarining tarkibini cheklash yo‘lga 
qo‘yildi; 
1970 yil - ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobillardan chiqadigan ishlatilgan 
gazlar tarkibidagi 
CO-uglerod oksidi
miqdori uchun me‘yor joriy qilindi; 
1971 yil – yangi avtomobillardan chiqadigan ishlatilgan gazlar tarkibidagi 
CO
va 
CH-uglevodorod
miqdori uchun me‘yorlarni joriy qilindi; 
1976 yil - yangi avtomobillardan chiqadigan ishlat ishlatilgan gazlar tarkibidagi 
NOx-azot oksidi
miqdori uchun me‘yorlarni joriy qilindi;
1986 yil – yangi avtomobillardan chiqadigan ishlatilgan gazlar tarkibidagi 
CO
CH
va
NOx
miqdori uchun me‘yorlar qat‘iylashtirildi (uch komponentli 
neytralizatorlarni qo‘llashni talab qiluvchi); 
1988 yil – salt ishlash rejimlarida ishlatilgan gazlar tarkibidagi 
CO
miqdori 
uchun me‘yorlarni qat‘iylashtirish va differensialash; 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin