38
Maqsadlar daraxtining bunday modeli muqobil bo‘lmagan sinfga kiradi, chunki
bu maqsadlar yoki quyi daraja tushunchalari, yuqori darajadagi maqsadlarni
shakllantirish uchun zarur, ya‘ni quyi darajadagi maqsadlar yuqori maqsadlarga
bo‘ysinadi. Bunda yuqori va quyi darajadan tashqari bir darajadagi omillar orasida
to‘ldirish munosabatlari, turli darajadagi omillar orasida esa bo‘ysinish munosabatlari
mavjud.
Maqsadlar daraxtini qurish tahlil va harakatni o‘zicha tizimlashtiradi chunki oliy
darajadagi maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan quyi darajadagi maqsadni vazifa
sifatida hisobga olish mumkin. Asosiy maqsadga erishishning aniq yo‘llari turli xil
bo‘lishi mumkin, shuning uchun maqsadlar daraxtini qurgandan so‘ng
tizim daraxti
(TD)
yoki dasturi shakllantiriladi.
Maqsadlar daraxtining tizimlar daraxtidan farqi shundaki
birinchisida
daraxtning cho‘qqilari maqsadni yoki funksiyalarni tavsiflasa,
ikkinchisida
esa
ob‘ektlar va tizimlarni tavsiflaydi.
Tizimlar daraxti, maqsadlar daraxtining tarkibini ifodalashi mumkin, lekin
umumiy holda ularning tarkiblari mos kelmasligi ham mumkin.
Maqsadlar daraxti va tizimlar daraxtining muhimligi quyidagilarda ko‟rinadi:
tizim maqsadlari tuzilmali tasvirlanadi; qo‘yilgan maqsadga erishishga ta‘sir
qiladigan barcha asosiy va yordamchi omillar aniqlanadi; bitta daraja omillari
ajratiladi. Shuning uchun boshqarishning asosiy vazifalaridan biri maqsadlarni
tartibga solish yoki har bir daraja maqsadlar va tizimlarni ularning muhimligi
bo‘yicha ranglarga ajratish hisoblanadi.
Aniq tizimlarning funksional maqsadlar bilan o‘zaro aloqasi har bir quyi
tizimning xususiy va umumiy maqsadlarini amalga joriy qilishdagi hissasini aniqlash
imkonini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: