O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Usmanov darslik

Xizmat ko‟rsatishning asosiy maqsadi
avvalo – yuqori raqobat sharoitlarida 
ishni tez va sifatli bajarishdan iboratdir. 
Avtomobillarga TXK va ta`mirlash tizimining asosiy vazifasi
– avtomobil 
konstruksiyasiga singdirilgan imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishni 
ta`minlash, avtomobil ishlash qobiliyatini yo‘qotganda ayni modelni ekspluatatsiya 
qilishga texnik shartlardan kelib chiqqan holda uni tiklash, TXK va ta`mirlashga 
minimal vaqt sarfi bilan mijozlar talabi va texnik talablar chegarasida avtomobilning 
parametrik ishonchliligini
1
va ishchanligini ta`minlashdan iborat bo‘lmog‘i zarur. 
Texnologik jarayonlarni takomillashtirish, TXK va JT ishlab chiqarish 
jarayonlarini modernizatsiyalash, ishlash sharoitlarini zamonaviy usullar asosida 
qayta qurish asosida zamonaviy avtomobil servisi korxonasining asosiy xizmatlari 
quyidagilarda mujassamlashadi: 

barcha turdagi ishlar bo‘yicha TXK va ta`mirlashni bevosita amalga 
oshirish; 

mijozga uning avtomobilining texnik holati, nosozliklari va ularni bartaraf 
qilish usullari bo‘yicha texnik maslahatlarni berish; 

tashxislash yordamida avtomobilning texnik holatini aniqlash; 

avtomobillarni mustaqil ta`mirlash va xizmat ko‘rsatish uchun maslahatlarni 
taqdim etish; 

buyurtmani 
rasmiylashtirishdan 
tortib 
to 
avtomobilni 
mijozga 
qaytarishgacha bo‘lgan barcha ishlar sifatiga kafolat berish; 
1
Parametrik ishonchlilik – chiqish paramertrlariga yuqori darajadagi talablar qo‘yiladigan zamonaviy mashinalarning 
raqobatbardoshligi va sifatining asosiy xarakteristikasi [35, 2 b].




zarurat bo‘lganda texnik xizmat ko‘rsatish xodimlari avtomobil joylashgan 
joyga keladi, nosozlikni tuzatadi yoki agar zarur bo‘lsa uni servis xizmat 
shaxobchasiga (SXSH) olib keladi; 

avtomobilni SXSH ga etkazish (mijozning chaqiruvi bo‘yicha qabul qiluvchi 
xodim, avtomobil joylashgan joyga keladi, buyurtmani rasmiylashtiradi, to‘lovni 
qabul qiladi, avtomobilni SXSH etkazadi, barcha ishlarni bajaradi va ularni 
tugatgandan so‘ng avtomobilni mijoz ko‘rsatgan joyga olib borib beradi); 

abonementli va shartnomali xizmat tamoyili bo‘yicha xizmat ko‘rsatish 
(mijoz, yuriladigan ma‘lum yo‘l hisobidan kelib chiqqan holda texnik qarov va ta`mir 
bo‘yicha bajariladigan ishlar uchun yillik to‘lovni amalga oshiradi, SXSH xodimlari 
esa avtomobilning texnik holatini diqqat bilan kuzatib borish asnosida uning texnik 
sozligini saqlab turishga harakat qiladilar, bunda texnik qarov va ta`mir minimal 
xarajatlar bilan olib borishga harakat qilinadi, chunki xodimlar bundan moddiy 
manfaatdor hisoblanadilar). 
Texnologik jarayonlarni takomillashtirish, TXK va JT ishlab chiqarish 
jarayonlarini modernizatsiyalash, ishlash sharoitlarini zamonaviy usullar asosida 
qayta qurish uchun zamonaviy avtomobil servisi korxonasi quyidagi servis va texnik 
tavsiflarga ega bo‘lishi zarur. 
Servis tavsiflari: 

avtoservisdan foydalanishda ochiqlik va qulaylik: reklama, joylashish joyi, 
ishlash tartibi, kiriladigan yo‘lning va mashinani qo‘yish joyining qulayligi va 
boshqalar yordamida ta`minlanadi; 

taklif — xizmatlarning turi, xizmatlarning komplektligi, ehtiyot qismlarning 
mavjudligi va etkazib berish muddatlari, xizmat shakllari; 

mijozga xizmat ko‘rsatish sifati: avtoservisning estetik darajasi, avtomobilni 
va mijozni qabul qilish tadbirlari, mijozlarning axborot ta`minoti, xodimlarning 
madaniyati, mijozlar takliflari va shikoyatlariga munosabatlar, shartnoma 
majburiyatlarini bajarish, texnik xizmat va ta`mirlash bo‘yicha 1 soat ish hisobiga 
mijoz tomonidan sarflanadigan shartli vaqt, mijozlar uchun maishiy qulayliklar, 
ishlarni bajarishni tashkil etishda mijozning ishtiroki darajasi bilan ta`minlanadi. 



Texnik 
tavsiflarga, 
avtomobillarga 
TXK 
va 
ta`mirlash 
zamonaviy 
texnologiyalaridan, tashxislash va ta`mirlash uchun jihozlarning yangi modellaridan 
foydalanish imkoniyatlari kiradi. 
Texnologik jarayonlarni takomillashtirish, TXK va JT ishlab chiqarish 
jarayonlarini modernizatsiyalashda xizmatlar sifati muhim o‘rin tutadi.
Xizmatlar sifati,
mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini hamda 
avtomobilga TXK va ta`mirlash sifatini o‘z ichiga oladi. Masalan, Germaniyada ba‘zi 
SXSH da, mijoz, o‘zining avtomobili ta`mirlanayotgan paytida, shaxobchaga tegishli 
avtomobilni oladi va olgan avtomobilini qancha yonilg‘i bilan olgan bo‘lsa shunday 
holida qaytaradi. Bu ijara haqining birdan-bir to‘lovi hisoblanadi. TXK va ta`mirlash 
sifati, zamonaviy jihozlarning mavjudligi va texnik darajasi bilan, moslamalar va 
uskunalar mavjudligi, jihozlarning eskirish darajasi, ta`mirlash texnologiyasini 
saqlash va uning darajasi, kadrlar malakasi, ehtiyot qismlar sifati bilan ta`minlanadi.
Sifatni kafolatlash
- bajarilgan ishlar va belgilangan ehtiyot qismlarga kafolat va 
kafolat majburiyatlarini bajarish hisoblanadi. 
Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitlarida TXK va ta`mirlash bo‘yicha xizmatlar 
bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular quyidagilar hisoblanadi: 

iste‘molchi avtomobilining ish qobiliyatini saqlab turish va tiklash bilan 
bog‘liq bo‘lgan talablarini qondirish; 

mijozga qulaylik va vaqtini tejash imkonini beruvchi minimal muddatlarda 
bajarilgan ish va xizmat ko‘rsatish; 

xizmat ko‘rsatish paytida mijozning hozir bo‘lishi; 

avtomobilga TXK va ta`mirlash bo‘yicha har bir buyurtmani bajarish, 
alohida shaxsiy xizmat hisoblanadi, chunki turli iste‘molchilarning talablari turlicha 
bo‘ladi; 

xizmatlarni taqdim qilish uchun kasbiy malakaga, mijozlar bilan muomila 
qilish madaniyatiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar; 

xizmat ko‘rsatish shaxobchasining joylashishi va ishlarning tashkil etilishi 
mijozlar uchun qulaylik nuqtai nazaridan aniqlanadi. Ishlab siqarish samaradorligi 


10 
bilan taqqoslaganda, mijozlar talablarini qondirish ko‘proq muhim, chunki ishlab 
chiqarish samaradorligi korxonaga murojaat qiladigan mijozlar soniga bog‘liqdir; 

korxonaning ishlab chiqarish dasturi talablar oqimining maksimal jadallgii 
bo‘yicha hisob-kitob qilinadi. 
Iste‘molchi tomonidan xizmatning baholanishi – bu sifatning yakuniy o‘lchovi. 
Iste‘molchi kamdan-kam hollarda o‘zining tashabbusi bilan xizmatlar haqida bahoni 
bildiradi: noqulaylik yoki norozilik bo‘lishi bilanoq bu haqda ayni korxonaga xabar 
bermasdan, uning xizmatlaridan foydalanishni to‘xtatadi. Shuning uchun ham 
xizmatlar sifatini ta`minlash bo‘yicha choralarni o‘z vaqtida ko‘rish uchun, marketing 
tadqiqotlarini o‘tkazish zarur bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin