11
- mijoz (yo‘lovchi, yuk oluvchi, yuk jo‘natuvchi) - tuzilgan tashish
shartnomasiga muvofiq tashuvchining xizmatlaridan foydalanuvchi yuridik yoki
jismoniy shaxs;
Agar O‘zbekiston Respublikasining avtomobil transporti to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa
xalqaro
shartnoma qoidalari qo‘llanadi. Qonun 31 ta moddadan iborat bo‘lib unda
avtomobilda tashish turlari, litsenziyalash, standartlash, davlat qonuniyati mahalliy
organlarining asosiy vakolatlari, favqulodda holatlarda avtomobil transportining ishi
va hokazolardan tashkil topgan.
2. «Shahar yo‟lovchilar transporti to‟g‟risida» gi qonun (1997 yil 25 aprel, 419-
I-son)
[4]
.
Ushbu qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining
shaharlarida
«Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida» gi qonun asosida ish tashkil qilish va
huquqiy asoslarini shakllantirishdan iboratdir.
Shahar yo‘lovchilar transporti - O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatga
olingan, shahar doirasida yo‘lovchilar hamda bagaj tashishga mo‘ljallangan
avtomobil va elektr transporti hisoblsnsdi. Shahar yo‘lovchilar transporti ommaviy
yoki xususiy mulk asosida ishlashi mumkin.
Shahar yo‘lovchilar transporti jumlasiga avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar,
metropoliten, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar kiradi. Avtobuslar, tramvaylar,
trolleybuslar, metropoliten va yo‘nalishli taksilar belgilangan yo‘nalish bo‘yicha,
harakat jadvaliga muvofiq belgilangan tarifdagi haq evaziga yo‘lovchilar tashiydi.
Yo‘nalishsiz taksilar-yo‘lovchilarning talablari asosida taksometr (hisoblagich)
ko‘rsatishi bo‘yicha haq evaziga tashish xizmatlarini ko‘rsatadi.
Qonun 27 ta moddadan iborat bo‘lib, idoralarga qarashli yo‘lovchilar transporti,
yo‘lovchi
tashish shartnomasi, tashuvchining asosiy vazifalari, shahar yo‘lovchilar
transportini davlat tomonidan boshqarish, shahar yo‘lovchilar tashish transporti
faoliyatini litsenziyalash, yo‘lovchilarning huquqlari, yo‘lovchilarning majburiyatlari
va boshqa moddalar.
3. «Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqish va boshqaruvni
takomillashtirish to‟g‟risida»gi O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4-
12
iyundagi PF-2871 sonli farmoni
[5]
.
Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan
chiqish
jarayonlarini chuqurlashtirish, bozor munosabatlarini shakllantirish va
transport xizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratish, avtomobil va daryo
transporti boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida ushbu farmon qabul
qilindi.
Avtomobil va daryo transporti sohasida boshqaruvni takomillashtirish va
monopoliyadan
chiqishni
chuqurlashtirishning
asosiy
yo‘nalishlari
sifatida
quyidagilar belgilandi:
- avtotransportda yo‘lovchilar va yuk tashish sohasida bozor munosabatlari va
raqobat
muhitini yanada rivojlantirish, avtomobil transporti tashkilotlari va
korxonalarini keng xususiylashtirish, xususiy avtomobil tashuvchilar uchun teng
shart-sharoitlar yaratish;
- avtomobil va daryo transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni boshqarishning
ortiqcha bo‘g‘inlarini tugatish, boshqaruvning bir va ikki bo‘g‘inli tizimiga o‘tish;
-
avtomobil transportida boshqarishni markazlashtirishdan chiqarish va
avtomobilda yo‘lovchilar tashuvchi, yuklarni
viloyat ichida tashuvchi, transport-
foydalanish
va
axborot
xizmatlari
ko‘rsatuvchi
korxonalar
faoliyatini
muvofiqlashtirish, avtomobilda yo‘lovchilar va yuk tashish sohasida kadrlarni qayta
tayyorlash funksiyalarini bevosita viloyatlarda va shahar hokimliklari ixtiyoriga
berish;
-
yo‘lovchilar
tashish
xavfsizligi
chora
tadbirlarini
mustahkamlash,
avtomobilda yo‘lovchilar va yuk tashish sohasida iste‘molchilarning huquqlari
himoya qilinishining kuchli tizimini yaratish, transport xizmatlari tizimida
sug‘urtaning mustaqil bozorini rivojlantirish ko‘rsatib o‘tilgan.
Farmonda O‘zbekiston avtomobil transporti davlat-aksionerlik konsernlari va
birlashmalarni avtomobilda tashuvchilarning hududiy davlat –aksionerlik
korporatsiyasini tugatish va tugatilayotgan «O‘zavtotrans» tarkibiga kirgan hududiy
davlat-aksionerlik konsernlari va birlashmalarini avtomobilda
tashuvchilarning
hududiy uyushmalarga aylantirgan holda ularni viloyatlar va shahar hokimliklari
ixtiyoriga berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilingan. Avtotransport xizmatlariga tarif
13
siyosatini shakllantirish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi hamda
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga yuklatilgan.
Mazkur farmonni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi 2001 yil 5-iyunda 245-sonli qarorini qabul qilgan.
4.
Dostları ilə paylaş: