158
Firmalar o‘z xodimlarini turli qiyinchilik bo‘lganda ham (ish
hajmining
kamayishi, moliyaviy qiyinchiliklar va hakazo) mablag‘siz tashlab qo‘ymaydilar.
Umuman yapon menejmentidan o‘rnak oladigan narsalar ko‘p, ba‘zi tomonlari
faqat yapon millatligagina mansub, uni ko‘chirib bo‘lmaydi.
3.8.
MAGISTR, BAKALAVR, MUHANDIS TUSHUNCHASI, ULARGA
ISHLAB CHIQARISHDA QO‟YILADIGAN TALABLAR
Bakalavriat — ko‘p mamlakatlarda oliy ta‘limning dastlabki bosqichi.
O‘zbekistonda bakalavriat mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va
amaliy bilim beradigan tayanch oliy ta‘limdir. O‘qish muddati kamida 4 yil.
Bakalavrlik dasturini tugallagandan so‘ng bitiruvchilarga bakalavr darajasi berilib
davlat attestatsiyasi yakunlariga ko‘ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi
oliy ma‘lumot to‘g‘risidagi diplom topshiriladi.
Bakalavr (lot. baccalaria — vassalning er-mulki) — ko‘p
mamlakatlardagi
dastlabki ilmiy daraja. O‘rta asrda G‘arbiy Evropa universitetlarida ta‘limning
birinchi bosqichini tugallagan talabalarga berilgan. O‘zbekistonda "Ta‘lim
to‘g‘risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" (1997) ga muvofiq oliy
o‘quv yurtlarining 1 bosqichi — bakalavriatni tugatganlarga bakalavr akademik
darajasi beriladi hamda Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi kasb-hunar
faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. Ba‘zi xorijiy
mamlakatlarda (mas, Fransiya) o‘rta ma‘lumotga ega bo‘lib, oliy o‘quv yurtiga kirib
o‘qish huquqiga ega bo‘lgan shaxs ham bakalavr. deb ataladi [44, 37 b].
O‘zbekiston Respublikasining "Ta‘lim to‘g‘risidagi" qonuniga asosan ta‘lim 2
bosqichda olib boriladi.
Birinchi bosqichda bakalavr, ikkinchi bosqichda esa
magistrlar tayyorlanadi [12].
Bakalavr quyidagi talablarga javob berishi zarur: ijtimoiy iqtisodiy va
insonparvarlik fanlari sohasidagi asosiy tafsilotlar bilan tanish bo‘lish, ijtimoiy
muammolar va jarayonlarni ilmiy tahlil qila olish, ijtimoiy va kasb faoliyatining turli
sohalarida ayni fanlar uslublaridan foydalana olish: inson-insonga,
jamiyatga va
159
atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini tartibga soluvchi axloqiy va huquqiy qoidalarni
bilish, ularni ekologik va ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqishda hisobga ola bilish; jonli
va jonsiz tabiatda ro‘y beradigan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tushunchaga ega
bo‘lish, tabiatni bilishning hozirgi zamon ilmiy uslublari, imkoniyatlarini tushunish
va ularni tabiiy-ilmiy mazmuniga ega bo‘lgan hamda kasb ishlarini bajarishda
uchraydigan muammolarni echish uchun zarur bo‘lgan
darajada egallash;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tili hamda bir va bir necha chet tillarini bilish;
sog‘lom hayot tarzi haqida ilmiy tasavvurga ega bo‘lish jismoniy kamolotga etish,
malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish; tafakkur madaniyatiga ega bo‘lish, uning
umumiy qonuniyatlarini bilish va ular natijalarini yozma shaklda yoki og‘zaki nutqda
to‘g‘ri (mantiqli) rasmiylashtira olish; o‘z mehnatini ilmiy
asosda tashkil qila olish
kasb faoliyatida qo‘llaniladigan axborotlarni kompyuter usluli orqali yig‘a olish,
ularni saqlash va tahlil qilish; texnik, moliyaviy va insoniy omillarni hisobga olgan
holda ishlab chiqarish munosabatlari va boshqaruv asoslarini bilish; turli tizimlar
parametrlarining eng muvofiq qiymatlarini aniqlashga
doir masalalarni echish
usullaridan foydalana bilish; ijtimoiy amaliyot va fan taraqqiyoti sharoitida
egallangan tajribani qaytadan baholash, o‘z imkoniyatlarini tahlil qila olish, axborot-
ta‘lim texnologiyasidan foydalanib yangi bilimlarga ega bo‘lish; bo‘lajak kasbining
mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini, uning faoliyat sohasini ravshan aniqlaydigan
fanlarning asosiy
muammolarini tushuna bilish, ularni bilishning yaxlit tizimidagi
o‘zaro bog‘liqligini ko‘ra olish; kasb sohasida tizimli yondoshish asosida loyihalash
qobiliyatiga ega bo‘lish, turli hodisalarni tasvirlash uchun oldindan bashoratlash
modellarini yaratish va foydalana olish, ularning sifat va miqdoriy tahlilini amalga
oshira bilish; kasb ishlarini amalga oshirish bilan bog‘lik bo‘lgan maqsad va vazifani
qo‘ya bilish, ularni echishda o‘qib o‘rganilgan fanlar uslublaridan foydalana bilish.
Bakalavr quyidagilarni bilishi zarur: yo‘nalish bo‘yicha
ilmiy-texnik masalalar
asoslarini, fan taraqqiyoti va yondosh sohalar bilan o‘zaro bog‘langanligini; maxsus
tayyorgarlik bo‘yicha ma‘lum sohadagi hodisa va jarayonlarning asosiy ob‘ektlarini
va ulardagi ilmiy izlanish usullaridan foydalanish; texnik ob‘ektlarga asosiy texnik-
160
iqgisodiy talablar asosini ifodalay olish va mavjud ilmiy texnik vositalar yordamida
ularni amalga oshirish.
«Er usti transprot tizimlar va ularning ekspluatatsiyasi" yo‘nalishi
bakalavr
bazasida "Avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi" mutaxassisligi bo‘yicha magistr
quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatishi mumkin -
Dostları ilə paylaş: