O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov


AXBOROT ETARLI BO‟LMAGAN SHAROITLARIDA QAROR



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   122
Usmanov darslik

4.4.
AXBOROT ETARLI BO‟LMAGAN SHAROITLARIDA QAROR 
QABUL QILISH
 
Odatda muhandislik, boshqaruv va boshqa qarorlarni qabul qilish chog‘ida, 
tizimning holati, tashqi sharoitlar va qabul qilinadigan qarorlarning oqibatlari haqida 
axborot etarli bo‘lmaydi. 
Amerikalik mutaxassislarning tasdiqlashicha 80% qarorlar boshqaruv ob‘ekti va 
unga ta‘sir qiluvchi omillar haqidagi axborotlar bor-yo‘g‘i 20% bo‘lgandayoq qabul 
qilinadi. 
Masalan, servis xizmat ko‘rsatish markazidagi postlar soni haqida qaror qabul 
qilishda, mijozlarning eng yuqori soni, va ularning kun davomidagi, hafta kunlari
yilning oylari va hakazo bo‘yicha taqsimlanishini taxmin qilish mumkin xolos. 
Xuddi shunday ―ertangi kun‖ davomida avtomobilni ta`mirlashning aniq turiga 
bo‘ladigan talablar soni, aniq mutaxassis yoki ishchining ishga chiqish yoki 
chiqmasligi ehtimolligi ham shunga o‘xshash holat hisoblanadi. Qat‘iy ta‘kidlash 
mumkinki, to‘liq axborotni faqatgina u yoki bu hodisa yuz berganidan so‘ng va 
kerakli qarorni qabul qilish zarurati yo‘qolib, tizim reaktiv boshqaruv tartibiga 
o‘tganidan so‘ngina olish mumkin (masalan, buzilishlar sodir bo‘lgandan keyin) 
bo‘ladi. 
Shuning uchun ham boshqaruvda axborot etishmovchiligini u yoki bu usul bilan 
to‘ldirish yoki kompensatsiyalashni bilish zarur. 
Bunday usullar quyidagilar hisoblanadi: 
1.
Qo‘shimcha axborotni yig‘ish va uni tahlil qilish. SHubhasiz, agar tizim 
belgilangan vaqt va vositalar zahirasiga ega bo‘lganda, bunday imkon 
bo‘ladi. 


181 
2.
O‘xshash korxonalar va qarorlar tajribasidan foydalanish. Bunda qarorlar 
bankiga yoki unga kirish imkoniga ega bo‘lish zarur bo‘ladi. Bundan 
tashqari, 
boshqalarning 
tajribasidan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
(vaziyatga 
moslamasdan) foydalanib bo‘lmaydi. 
3.
Mutaxassislar jamoasining fikrlaridan yoki ekspertizadan foydalanish. 
4.
Intervyu va so‘rovlar. 
5.
O‘yinlar nazariyasiga asoslangan maxsus metodlar va mezonlarni qo‘llash. 
6.
Mavjud voqelikka yaqin ishlab chiqarish vaziyatlarini aks ettiruvchi 
imitatsion modellashtirish va boshqa metodlardan foydalanish. 
Real ishlab chiqarish vaziyatlarda barcha tashqi omillar haqida axborot to‘liq 
bo‘lmaydi. Bunday sharoitlarda qaror qabul qilish usullaridan biri 
o‟yinlar nazariyasi 
va statistik qarorlardan
foydalangan holda, ishlab chiqarish vaziyatlarini tahlil qilish 
hisoblanadi. O‘yinda tomonlarning vaziyatdan kelib chiqqan holdagi harakati 
(strategiyasi) qaraladi. Texnik va texnologik masalalarni hal qilishda odatda ikkita 
noantogonistik tomonlar qaraladi: 
A
-ishlab chiqarish tashkilotlari, ya‘ni avtomobil 
transporti korxonasining muhandis-texnika xizmati xodimlari (faol tomon); 
P
-
tasodifiy yoki to‘satdan yuzaga keladigan ishlab chiqarish vaziyatlari (muhit).
 
Qaltis sharoitlarda qaror qabul qilish.
Qaltis sharoitlarda qaror qabul qilish 
vazifasi quyidagicha olib boriladi

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin