184
qaytariladi, bunda qaralayotgan masala ―ayblanuvchi‖,
ekspertlar guruhi esa
―qoralovchi‖ va ―oqlovchi‖ sifatida qatnashadi.
4.2-rasm. Mutaxassislar fikrlari integratsiyasi metodlarining eng ko‘p tarqalgan
turlari.
Ekspertlar jamoaviy ishlashining o‘ziga xosliklari:
a) masalaning muhokamasi paytida butun guruh ishtirok etadi;
b) guruh, kengashni o‘tkazuvchi rahbar tomonidan komplektlanadi va odatda
o‘zining qo‘l ostidagilardan va ―ishonchli‖ odamlardan iborat bo‘ladi;
c) ma‘ruzalarning ketma-ketligi va so‘zga chiqish rahbar tomonidan tartibga solinadi;
g) natijalarni jamlash va qaror qabul qilish (yoki qilmaslik) ham rahbar tomonidan
amalga oshiriladi.
Ushbu metodlarning
yutuqlari
: tezkorlik va soddalik.
Kamchiliklari
:
rahbar nufuzining bosimi, ekspertlar fikrlarini hisobga olish
jarayonining qat‘iy emasligi, natijalarni jamlash va qaror qabul qilish.
Agar qaror
yashirin ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinsa, oxirgi kamchilikni qisman bartaraf
etish mumkin.
Ekspertlar
individual ishlaganda, har bir ekspertning fikrini olish uchun erkin
suhbat yoki ―savol-javob‖ ko‘rinishidagi intervyu hamda anketalashtirishdan
foydalaniladi, ushbu jarayonda har bir ekspert taqqoslanayotgan
omillarga yoki
muqobil variantlarga miqdoriy baho beradi ya‘ni ularni tabaqalaydi. So‘ngra ekspert
Muaxassislar fikrlari integratsiyasi - ekspertiza
Ekspertlarning jamoaviy
ishlashi
Ekspertlarning individual
ishlashi
Komissiya metodi
Aqliy hujum
Sud metodi
Aprior tabaqalash
Delfi metodi
185
guruhlari qatnashchilarning individual baholari belgilangan qoidalar bo‘yicha
jamlanadi.
Ikkinchi yondoshuvda ekspertizaning barcha bosqichlari (ekspertlarni tanlash,
ularning fikrlarini olish va qayta ishlash texnologiyasi va boshqalar) ma‘lum darajada
tartibga solingan, odatda ekspertlar tashqi
mutaxassislardan tanlanadi, ekspertizani
o‘tkazishni esa rahbar emas, balki mutaxassis tashkil qiladi.
Bunda ekpertiza
natijalari, xuddi birinchi metoddagi kabi rahbar uchun mas‘uliyat ko‘rinishiga emas,
balki tavsiya ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: