Suzish umumiy rivojlanish



Yüklə 19,8 Kb.
səhifə1/3
tarix03.12.2023
ölçüsü19,8 Kb.
#171897
  1   2   3
SUZISH UMUMIY RIVOJLANISH


SUZISH UMUMIY RIVOJLANISH
1908 va 1912 yillardagi olimpiada o'yinlarida ko'krakda suzish usulini tugallangan variantini birinchi bo'lib avstraliyalik suzuvchilar qo'llashgan. Ular ko'krakda suzishning to'rt va ikki zarbli usuli texnikasidan foydalanganlar. Bunda suzuvchi boshini suv sathidan yuqorida tutishi, qo'llarirJ tirsakdan bukib tez va qisqa etishi, oyoqlarini tizzadan bukib panjalari bilan kuchli depsinish (bunda sonlar jipslashgan va harakatsiz holda bo'ladi) bilan farq qilgan.
Qizlar krolning ikki zarbli suzish texnikasini takomillashtira oldilar. Ular 1974 yil boshlarida 800 m va 1500 m masofaga suzib, jahon natijalarini oshirishdi. Ayollardan farqli o'laroq, uzoq yillargacha krolning ikki zarbli texnikasida birorta ham ko'zga ko'rinarli erkaklar vakili uchramadi. Faqat 1973 yilgi Jahon chempionatida 14 yoshli avstraliyalik o'quvchi S.Xolland bu texnikani qo'lladi, xolos. Mexiko olimpiadasida barcha sakkizta shaxsiy musotfaqalar programmasiga ko'ra erkin usulda suzish g'oliblari orasida olti zarbli usulni qo'llagan birorta ham sportchi bo'lmadi. " Myunxen olimpiadasida olti zarbli krolni qo'llagan sportchilar ustun kelishdi. Ulardan 8 tasi musobaqa sovrindori, shu jumladan beshtasi oltin medal (estafeta hisobga olinmaydi) sovrindorlari bo'lishdi. AQSh komandasidan erkaklar orasidan erkin usulda ikkita estafetaning g'olibi M.Teyler krolning 4 zarbli usulini qo'lladi. Boshqa hamma sportchilar 6 zarbli krol bilan suzdilar. Hatto M.Teylor ham 200 m masofaning finish chizig'ida 6 zarbli ,'usulga o'tdi. Shunga o'xshash holat 1973 yilgi Belgrad Jahon chempionatida . ham qaytarildi. Bu yerda faqat g'olib, italiyalik ayol N.Kolligaris 800 metr masofaga ham va avstraliyalik S.Xolland 1500 metr masofaga krolning kam zarbli texnik variantini qo'llashdi. Myunxen va Belgradda krolning ikki va to'rt zarbli variantidan foydalangan ko'pgina sportchilar kumush va bronza medali sovrindorlari bo'lishdi.
Krol usulida chalqancha suzish texnikasining rivojlanishi.
Chalqanchasiga suzish birinchi marta programmaga 1904 yilgi olimpiada o'yinlarida kiritilgan. Bu usulda 1924 yildan boshlab ayollar ham musobaqalasha boshlashgan. Erkaklar va ayollar uchun olimpiada masofalari 100 metr edi. 1964 yilgi Tokio olimpiadasi davrida erkaklar uchun 100 metr masofa 200 metrga o'zgartirildi. 1968 yilgi olimpiada uyinlaridan boshlab erkaklar va ayollar ikki masofada 100 metr va 200 metrda musobaqalasha boshlashdi. Hozirgi zamon krol usulida chalqancha suzish texnikasining vujudga kelishi 1936 yil olimpiada chempioni, amerikalik A.Kifer, yaponiyalik suzuvchilar oyoqning aktiv harakatini va gavdaning tekis holatini o'zlashtirdi.
Sobiq sovet sportchilari A.Alyoshina va N.Borisov urushgacha bo'lgan davrda krol usulida chalqancha suzish texnikasini yaxshi o'zlashtirgan edilar. 1935 yilda ularning 400 metr masofaga suzishga erishgan natijalari jahon ko'rsatkichidan yuqori ya'ni 6.07,2 va 5.24,3 edi. Urushdan keyingi yillarda chalqancha suzish takomillasha bordi. Ko'pgina suzuvchilar 1948 yilgi olimpiada o'yinlaridan keyin qo'lni tirsak bo'g'inidan bukib esha boshlashdi (qo'liar faqat eshishning ikkinchi yarmida bukiladi va rostlanadi) bu esa suzish tezligini oshiradi.

Yüklə 19,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin