O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   122
Usmanov darslik

4.11.
ISHBILARMONLIK O‟YINLARI
 
Ishbilarmonlik o‟yinlari
– turli ishlab chiqarish vaziyatlarida boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish va amalga joriy qilishni imitatsiyalash usulidir. 


208 
Ishbilarmonlik o‘yinlarini o‘tkazish sharoitlari, mezonlari quyidagilardan 
iborat: 
1)
bunda ishtirokchilar uchun u yoki bu turdagi boshqaruv yoki ishlab chiqarish 
vaziyati hosil qilinadi, ishtirokchilarning vazifasi esa vaziyatdan chiqishning 
ratsional echimini topish ya‘ni, eng maqbul qarorni qabul qilish hisoblanadi; 
2)
o‘yinning mezoni, qabul qilingin qarorning optimalga yaqinligi darajasi va 
qaror qabul qilishga sarflangan vaqt hisoblanadi; 
3)
ishbilarmonlik o‘yinlari, ishtirokchilarning xulqini, ularning o‘zaro 
harakatini va samaradorlik mezonlarini tartibga soluvchi belgilangan qoidalar 
bo‘yicha o‘tkaziladi; 
4)
real ishlab chiqarish vaziyatlarini imitatsiyalovchi datchiqlar sifatida 
elektron hisoblash mashinasi (inson-mashina tizimi), tasodifiy vaziyatlar 
kartochkalari yoki ishbilarmonlik o‘yinlari tashkilotchilari tomonidan hosil 
qilingan holatlar bo‘lishi mumkin; 
5)
ishbilarmonlik o‘yinlarida, imitatsion model yaratgan ―ishlab chiqarish 
vaziyatlarida‖ qaror qabil qiluvchi mutaxassislar ishtirok etadi. 
Ishbilarmonlik o‘yinlari ishlab chiqarish xodimlarini o‘qitish va baholashda 
hamda murakkab ishlab chiqarish tizimlarini tadqiq qilish jarayonida quyidagi 
holatlarda ko‘proq qo‘llaniladi: 
1)
ishlab 
chiqarish 
xodimlarini 
o‘qitishda 
ma‘lum 
qonuniyatlarni, 
tushunchalarni tasvirlash, aniqlash va bilimlarni mustahkamlash uchun; 
2)
alohida mutaxassislarni dasturli va maqsadli o‘qitish uchun, masalan, 
tashxislovchi, ishlab chiqarishni markazlashgan boshqaruv operatori va 
boshqalar; 
3)
mutaxassislarni bevosita ishlab chiqarishda mashq qildirish uchun. 
Xodimlarni o‘qtishda ishbilarmonlik o‘yinlari, odatda, real vaqt masshtabida 
amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish vaziyatlarini tadqiq qilishda esa tig‘izlashtirilgan 
vaqt masshtabi qo‘llaniladi [22, 135 b]. 
Ishbilarmonlik o‘yinlari kadrlarni oldindan tanlash imkonini beradi, chunki 
bunda belgilangan ish joylariga hamda mutaxassislar va boshqaruvchilarning 


209 
lavozimlariga nomzodlarning qobiliyatlarini, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini baholash 
mumkin bo‘ladi. 
Avtotransport korxonasida TXK va joriy ta`mirlash jarayonlarini boshqarishni 
o‘rgatishning o‘yinli uslubini misol tariqasida keltirib o‘tamiz. 
1. Ushbu ishbilarmonlik o‟yinini amalga oshirishdan asosiy maqsad 
quyidagilardan iborat: 

harakat tarkibining ish sharoitlarini hisobga olgan holda texnik 
ekspluatatsiya me‘yorlarini to‘g‘irlash; 

TXK va joriy ta`mirlash bo‘yicha ishlab chiqarish dasturini hisoblash; 

TXK va joriy ta`mirlash bo‘yicha ish hajmini hisoblash; 

ishlab chiqarish bo‘linmalari va TXK hamda ta`mirlash mintaqalari 
bo‘yicha bajariladigan ishlarni taqsimlash. 
Ushbu mashg‘ulot rolli o‘yinlar uslubi bilan o‘tkaziladi. 
Rolli o‘yin – ishbilarmonlik o‘yinlarining eng sodda turi bo‘lib, ishlab chiqish 
va joriy qilish uchun kam vaqt va vositalarni talab qiluvchi faol o‘qitishning 
imitatsion usuli hisoblanadi. SHu bilan birgalikda bir qancha rejali, loyihaviy va 
ishlab chiqarish masalalarini echishning samarali usulidir. 
Rolli o‘yin usuli quyidagilarni ko‘zda tutadi: 

turli xildagi xizmatlar va bo‘linmalarni namoyon qiluvchi, ishtirokchilar 
qiziqishlaridagi farqlarni; 

o‘yinli mashg‘ulot ishtirokchilarining o‘zaro harakatini, xususan 
munozara o‘tkazish vositasida; 

tadqiqot natijalarini baholash va yakunlashga to‘g‘irlovchi shartlarni 
mashg‘ulot jarayonida o‘qituvchi tomonidan kiritish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin