2. O‟yinli mashg‟ulot o‟qituvchi rahbarligida, tarkibida 7-8 bakalavrlar guruhi
bilan o‟tkaziladi.
Mashg‘ulot jarayonida quyidagi rollarni o‘ynash ko‘zda tutiladi:
avtomobillarga TXK majmuasi boshlig‘i;
KXK brigadasi brigadiri;
1-TXK brigadasi brigadiri;
210
2-TXK brigadasi brigadiri;
avtomobillarni joriy ta`mirlash majmuasi boshlig‘i;
ta`mirlash mintaqalari majmuasi boshlig‘i;
avtokorxonaning bosh mexanigi;
avtokorxonaning bosh muhandisi.
3. Qaralayotgan avtokorxonadagi avtomobillarning soni, ular bosib o‟tgan
yo‟lining birinchi kapital ta`mirgacha bosib o‟tgan yo‟ldagi ulushi va o‟rtacha kunlik
bosib o‟tgan yo‟li o‟qituvchi tomonidan beriladi (4.3-jadval).
4.3- jadval
Avtokorxonaning harakat tarkibi
№
t/r
Avtomobil-
larning
Modeli
Avtomobil-
larning soni
Bosib o‘tgan yo‘lining birinchi
kapital ta`mirgacha bosib o‘tgan
yo‘ldagi ulushi
O‘rtacha
kunlik
yurilgan yo‘l,
km
0,25 – 0,50
0,5 – 0,75
1
Matiz
150
50
100
150
2
Neksiya
90
20
70
180
3
Damas
540
140
400
220
Jami:
780
210
570
Qaralayotgan avtokorxona Toshkent shahrida joylashgan. Yillik ish kunlari
soni – 253 kun. Harakat tarkibini ekspluatatsiya qilish sharoiti toifasi – uchinchi.
Avtokorxonada bazaviy me‘yorlarni real ekspluatatsiya sharoitlariga mos
holda to‘g‘irlash mumkin bo‘lgan TXK ning rejali-ogohlantiruvchi tizimi qabul
qilingan (4.4 jadval).
4.4 jadval
Rejali-ogohlantiruvchi tizimning me‘yorlari
№
t/r
Me‘yorning nomlanishi
Avtomobil modelllari bo‘yicha me‘yor
Matiz
Neksiya
Damas
1
1-TXK davriyligi, km
7500
7500
4000
2
2-TXK davriyligi, km
15000
15000
16000
211
3
Birinchi kapital ta`mirlashgacha bosib
o‘tgan yo‘l, km
125000
125000
300000
4
Bir marta KXK mehnat hajmi,
ishchi·soat
0,3
0,3
0,35
5
Bir marta 1-TXK mehnat hajmi,
ishchi.soat
6
Bir marta 2-TXK mehnat hajmi,
ishchi·soat
7
Joriy ta`mirlashga mehnat hajmi, 1000
km yo‘lga, ishchi·soat
2,8
3,0
3,3
8
Avtomobilning TXK va joriy
ta`mirlashda turish davomiyligi, har
1000 km yo‘lga kunlarda
0,30
0,32
0,35
9
Kapital ta`mirlashda turish
davomiyligi, kunlarda
18
18
18
4. Mashg‟ulotning boshida o‟qituvchi rollarni ishtirokchilar orasida taqsimlab
chiqadi.
U ishtirokchilarga o‘yinli mashg‘ulotning dastlabki ma‘lumotlarini e‘lon
qiladi va ularga zarur tushuntirishlar beradi.
Ishtirokchilar oldida o‘zining brigadasi, majmuasi yoki mintaqasi xodimlarining
to‘la ta`minlanganligi va jihozlanganligini aniqlash, texnik kengashning navbatdagi
majlisida (mashg‘ulotda) ushbu masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon qilishi zarur.
Bakalavr ishlab chiqarishga kelganda hosil bo‘ladigan vaziyatga o‘xshash holat
yaratiladi va u vaziyatni tushunib etishga harakat qiladi, ya‘ni unga bo‘ysinadigan
bo‘linma xodimlari qay darajada ta`minlangan, ular risoladagidek ishlay oladilarmi,
oldilariga qo‘yilgan vazifalarni bajara oladilarmi?
Masalani hal qilish uchun ishtirokchilar oldin keltirilgan me‘yorlarga mos holda
o‘zining brigadasi, majmuasi, bo‘linmasi xodimlarining postlarga va TXK va joriy
ta`mirlash uchun postlarga va oqim liniyalariga talablarni, texnologik jihozlarga va
ishchi kuchiga talabalarni hisoblab chiqadilar. Barcha hisob-kitoblar kompyuterda
bajariladi.
212
Hisoblar avtokorxonani texnologik hisoblashdagi usul bo‘yicha olib boriladi.
4.1. O‘yinli mashg‘ulotning barcha ishtirokchilari uchun zarur bo‘lgan hisoblar:
TXK va ta`mirlash me‘yorlarini to‘g‘irlash;
har bir modeldagi avtomobil uchun yillik bosib o‘tilgan yo‘l.
4.2. TXK brigadalari uchun zarur bo‘lgan hisoblar:
avtomobillarning har bir modeli uchun TXK ni bajarishga yillik talab;
avtomobillarning har bir modeli uchunTXK ga mehnat hajmi;
har bir TXK turi uchun postlarning sonini hisoblash;
TXK oqim liniyalari sonini hisoblash;
Boshi berk postlarda va oqim liniyalarida mavjud va shtatdagi ishchilar
sonini hisoblash.
4.3. TXK majmuasi boshlig‘i.
TXK majmuasi boshlig‘i KXK, 1-TXK va 2-TXK brigadalarining ishiga
rahbarlik qiladi. Ularning hisob-kitoblari natijalarini tekshiradi, majmua bo‘yicha
boshi berk TXK postlari, oqim liniyalari umumiy sonini va ishchilarning kunlik
miqdorini aniqlaydi. Texnik kengash majlisida butun majmuaning ta`minlanganligi
haqida ma‘lumot bilan so‘zga chiqishga tayyorlanadi.
4.4. Joriy ta`mirlash kompleksi boshlig‘i uchun zarur bo‘lgan hisoblar:
joriy ta`mirlash yillik mehnat hajmini aniqlaydi;
post ishlarining mehnat hajmini topadi;
universal joriy ta`mirlash postlarining sonini aniqlaydi;
mavjud va shtatdagi ishchilar sonini aniqlaydi.
4.5. Ta`mirlash mintaqalari kompleksi boshlig‘i uchun zarur bo‘lgan hisoblar:
ta`mirlash mintaqalari kompleksi bo‘yicha ishlarning yillik hajmini
aniqlaydi;
mavjud va shtatdagi ishchilar sonini aniqlaydi;
ta`mirlash mintaqalari kompleksidagi jihozlarning umumiy sonini
aniqlaydi;
kompleksdagi chilangar-mexanika ishlarining hajmini aniqlaydi.
213
4.6. Avtokorxona bosh mexnigi uchun zarur hisoblar:
bosh mexanik bo‘limi ishlarining yillik hajmini aniqlaydi;
bosh mexanik bo‘limi bo‘yicha mexanika ishlarining yillik hajmini
aniqlaydi;
bosh mexanik bo‘limida shtatdagi ishchilarning sonini aniqlaydi.
Texnik kengash raisi rolini o‟qituvchi bajaradi.
Texnik kengashning birinchi majlisida o‘yinli mashg‘ulot ishtirokchilarining
ma‘ruzalarini eshitadi. TXK brigadirlari va joriy ta`mirlash majmuasi boshlig‘i
o‘zlarining qo‘l ostidagi bo‘linmalarning TXK va joriy ta`mir postlari va liniyalari
hamda ishchi kuchi bilan ta`minlanish darajasi haqida ma‘lumot beradilar.
Ta`mirlash mintaqalari majmuasi boshlig‘i ishchi kuchi va dastgohli jihozlar
bilan ta`minlanish darajasi haqida ma‘lumot beradi.
Avtokorxona bosh mexanigi faqatgina, bosh mexanik bo‘limining ishchi kuchi
va mexanik ishlarni bajarish uchun imkoniyatlari haqida ma‘lumot beradi.
Mashg‘ulot ishtirokchilarining ma‘lumotlarida amaldagi me‘yorlar asosida
olingan haqiqatdagi va hisob-kitobdagi ta`minlanish darajasi taqqoslanadi.
Birinchi vazifani
bajarganlari uchun mashg‘ulotning barcha qatnashchilariga
baho qo‘yiladi. Mana shu birinchi bosqichda mashg‘ulot tugaydi. Uning
ishtirokchilari oldiga navbatdagi vazifa qo‘yiladi.
Ikkinchi vazifa.
Avtokorxonaning texnika xizmati bo‘linmalarini to‘la ta`minlash
bo‘yicha takliflar berish.
Har bir brigada (majmua) o‘zining ishlab chiqarish bo‘linmasi bo‘yicha
takliflarni ishlab chiqadi. Takliflarni ishlab chiqish uchun, o‘qituvchi 10-15 minut
vaqt beradi.
Texnik kengash barcha takliflarni diqqat bilan qarab chiqadi. O‘yinli
mashg‘ulotning ikkinchi bosqichi so‘ngida o‘qituvchi bosh arbitr sifatida munozaraga
yakun yasaydi, kengashning ishiga baho qo‘yadi. Qanday yakuniy qaror qabul
qilinganligini e‘lon qiladi.
O‘yinli mashg‘ulotning ikkinchi bosqichidan so‘ng uning ishtirokchilari oldiga
navbatdagi vazifa qo‘yiladi.
214
Uchinchi vazifa.
Toshkent shahri aholisiga xizmat ko‘rsatish uchun
avtokorxonaga qo‘shimcha ravishda yana 190 ―Matiz‖ avtomobillari olinishi zarur.
Avtokorxonaning texnika xizmati texnik kengashning oldingi majlisida qabul
qilingan qarorga mos holda jamlangan.
Oldingi vazifalardan farqli ravishda uchinchi vazifa oldindan bajarilmagan
texnologik hisob–kitobsiz bajariladi. Ishlab chiqilgan takliflarni muhokama qilishda,
o‘qituvchi bir qancha cheklashlar kiritadi.
5. O‟yinli mashg‟ulotni baholash.
O‘yinli mashg‘ulot jarayonida sakkizta
rollardan birini bajargan barcha guruhlarga baholar qo‘yiladi.
Baholar besh balli tizimda qo‘yiladi. A‘loga bajarilgan echim uchun – besh (87-
100) ball, yaxshi echim uchun – to‘rt (78-86) ball, qoniqarli echim uchun – uch (58-
72) ball. Qoniqarsiz echim yoki javoblar uchun ball qo‘yilmaydi.
U yoki bu bahoni qo‘yganda, o‘qituvchi o‘zining qarorini izohlaydi.
Dostları ilə paylaş: |