235
shaxobchalaridan chiqarib tashlash mumkin bo‘lmaydi, yoki uni chiqarib tashlash
uchun birmuncha qiyinchiliklar tug‘iladi.
Uchinchi sxema.
Mahsulot namunalarining turlarini maxsus tasdiqlangan sinov
tashkilotlarida o‘tkazish, so‘ngra sotuvchi yoki iste‘molchiga yubormasdan turib
vaqti-vaqti bilan namunalarning tekshiruvini nazorat qilishga asoslanadi. Ikkinchi
sxemadan
farqlanuvchi tomoni shuki, mahsulot savdo shaxobchalariga tushmasdan
turib, sinov nazorati o‘tkaziladi va standartga muvofiqligi aniqlansa, mahsulotning
iste‘molchiga jo‘natilishi to‘xtatiladi.
To‟rtinchi sxema.
Mahsulot namunalarining turlarini xuddi 1-3-sxemalardek
sinovdan o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, so‘ngra savdo shaxobchasidagi, hamda ishlab
chiqarishdan olingan namunalarining tekshirish nazorati vaqti-vaqti bilan o‘tkazish
orqali mahsulotning sifati hisobga olinadi. Bu holda
mahsulot ishlab chiqarilgan
bo‘lib, uning chiqarilishiga ma‘lum xarajatlar bo‘lgandan keyin standart talablariga
nomuvofiqligi aniqlanadi.
Beshinchi sxema.
Bu sxema mahsulot namuna turlarini tasdiqlangan sinov
tashkilotlarida o‘tkazishga va mahsulot ishlab chiqarishning sifatini baholashga
asoslangan bo‘lib, so‘ngra savdo shaxobchasida va ishlab chiqarishda na‘munalar
sifatini nazorat qilib boriladi. Bu sertifikatlashtirish usuli faqat mahsulotning sifatini
nazorat
qilibgina kolmay, balki korxonada chiqaziladigan mahsulotning sifatini
kerakli darajada bo‘lishini ham nazorat qiladi. Tabiiyki, korxonada mahsulot sifatini
ta`minlashda, tizimni baholashda va uning mezonini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Ushbu usul sanoati rivojlangan mamlakatlarida, hamda xalqaro sertifikatlashtirish
tizimlarida eng ko‘p tarqalgan sxemadir. Birinchi-to‘rtinchi
sxemalariga qaraganda
bu sxema eng murakkab va nisbatan qimmatroq turadigan sxema bo‘lib, uning
afzalligi iste‘molchi mahsulot sifat darajasini yuqori ekanligiga ishonch hosil qiladi,
bu esa asosiy mezon hisoblanadi.
Oltinchi sxema.
Faqat korxonadagi mahsulotning sifatini ta`minlash bilan
tizimni baholashni o‘tkazishga mo‘ljallangan. Bu
usul ayrim vaqtda korxona-
tayyorlovchini attestatlash deb ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat
korxonaning belgilangan sifat darajadagi mahsulotni chiqarish qobiliyati baholanadi.