O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   122
Usmanov darslik

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


222 
5. BOB.
SERVIS KORXONALARIDA XIZMATNI TASHKIL 
ETISH, SERTIFIKATLASH VA XIZMAT KO‟RSATISH 
ISHLARINING SIFATINI TA`MINLASH 
 
5.1.
SERVIS KORXONALARIDA XIZMATNI TASHKIL ETISH
 
 
Servis korxonasi – mulk tassarufidan, kimga bo‘ysinishidan, yuridik yoki 
jismoniy shaxsligidan qat‘iy nazar belgilangan tartibda avtotransport vositalariga 
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muayyan ish turlarini olib borish huquqiga ega bo‘lgan, 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, muassasalar, korxonalardir. 
Servis korxonalarida avtotransport vositalariga TXK va ta`mirlashning ishlab 
chiqarish jarayoni quyidagi sxema asosida tashkil etiladi (5.1-rasm). 
5.1-rasm. Servis korxonalarida texnologik jarayonni tashkil qilish sxemasi. 


223 
Yirik va o‘rta quvvatli Servis korxonalarda TXK va ta`mirlash mintaqalarining 
ayrim ishchi postlari ixtisoslashgan bo‘ladi. Masalan: moylash posti, tormozlarni 
tekshirish, sozlash, suyuqligini almashtirish posti va hakazo
Avtomobilning nosoz agregat va mexanizmlarini ta`mirlash quyidagi 
ustaxonalarda bajariladi.
Agregatlarni ta`mirlash va mexanika ustaxonasida
dvigatel, uzatmalar qutisi, 
ilashish muftasi, oldinga va orqa ko‘priklar, osmalar, reduktorlar, rul mexanizmlar va 
boshqa uzel – mexanizmlarni ta`mirlash, ishlari bajariladi.
Akkumlyator ustaxonasida
akkumulyator batareyasi ta`mirlanadi, yaroqsiz 
plastinkalari, seporatorlari almashtiriladi, qo‘rg‘oshinli panjara va kleymmalarini 
qalaylash, kavsharlash bilan ta`mirlanadi, elektrolit almashtirish ishlari bajariladi.
Elektrotexnika va elektr jihozlarini ta`mirlash ustaxonasida
elektr va elektron 
bloklar, generator, starter va boshqa elektr tarmoqlari ta`mirlanadi.
Ta`minot tizimi ustaxonasida
yonilg‘i nasosi, injektorlar va boshqalar 
ta`mirlanadi.
Kuzovlarni ta`mirlash ustaxonasida
avtomobil kuzovini shikastlangan, 
chirigan, joylari ta`mirlanadi. Shikastlangan kuzovlar maxsus stendlarda vintli, 
gidravlik tortmalarda tortilib to‘g‘irlanadi.
Bo‟yash ustaxonasida
avtomobil kuzovi yoki uning ayrim qismlari nafis 
holatgacha tekislangan va tozalangandan so‘ng bo‘yash kamerasiga joylashtirilib 
bo‘yaladi.
Bo‘yoq ranglari kompyuter yordamida tanlanib tayyorlanadi. Kuzov 
bo‘yalgandan so‘ng kamerada 110-130 
0
S haroratda 30-50 minut ushlab quritiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin