O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov


XIZMATNI MIJOZGA ETKAZISH JADALLIGI VA ISHNI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   122
Usmanov darslik

5.7.
XIZMATNI MIJOZGA ETKAZISH JADALLIGI VA ISHNI 
BAJARISH VAQTI
 
Avtoservis korxonalarida ishlab chiqarishni yuqori samaradorligiga ikkita yo‘l 
bilan erishish mumkin:
1. Xizmatlarga bo‘lgan talabni sinchiklab o‘rganishdan so‘ng ishlarni hajmi va 
majmuasi ko‘zda tutgan hamda texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash ishlari dasturini 
shakllantirish;
2. Ishlab chiqarishni tezkor boshqarishni takomillashtirish.
Har qanday korxonada ishlab chiqarishni boshqarish ishlab chiqarish 
jarayonida qisqa vaqt ichida amalga oshiriladi.
Bu tezkor rejalashtirish, tezkor hisob olib borish, tezkor nazorat olib borish va 
taxlil qilishni o‘z ichiga oladi.


249 
Ishlarni yuqori sur‘atini ta`minlashda ishlab chiqarishning asosiy fondlari 
(binolar, inshootlar, jihozlar) dan, hamda ishchi kuchlaridan oqilona foydalanish, 
xizmat ko‘rsatish ishlari tannarxni kamaytirish, foydani va rentabellikni oshirish, bu 
esa xizmatlarni vaqtida bajarilishidan dalolat beradi va u mijozlarni jalb etishga va 
ushlab qolishga imkon beradi.
Korxonani bir ma‘romda ishlashini ta`minlashda ishlab chiqarishni reja – 
grafigining mavjudligi muhim o‘rin tutadi va u ishlarni vaqtida bajarilishini nazorat 
qilish, bunday nazorat, ishlab chiqarish jarayonida ayrim post va ustaxonalarda 
vujudga keladigan kamchiliklarni o‘z vaqtida oldini olish yoki bartaraf etishni 
ta`minlaydi.
Ishlab chiqarish dasturini ayrim kunlarda bajarmasligiga sabab ehtiyot 
qismlarni vaqtida etkazilmaganligi, ishchilarni moddiy rag‘batlantirilmasligi bo‘lishi 
mumkin.
Servis korxonasida bajariladigan ishlarning tezkor xisobni olib borishda asosiy 
hujjat, naryad – buyurtma hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda naryad – buyurtma ayrim 
ishlarni bajarishda korxona va mijoz orasida tuzilgan shartnoma bo‘lib ham xizmat 
qiladi.
Naryad-buyurtmada quyidagilar keltirilishi lozim:
- ijrochi – korxonaning firmaviy nomi, manzili (yuridik adresi);
- mijozning ismi sharifi, familiyasi, telefoni va manzili;
- buyuritmani qabul qilish sanasi, bajarish muddati;
- bajarilayotgan xizmatlarni narxi va uni to‘lash tartibi;
- transport vositalarining turi, modeli, davlat raqami, asosiy agregatlar raqami; 
- transport vositasining narxi, tomonlarning kelishuviga muvofiq aniqlanadi;
- bajariladigan xizmatlarning kafolat muddatlari;
- ijrochi ishchining ismi, sharifi, familiyasi.
Agar avtomobil uzoq muddatga ta`mirga qo‘yilsa, u holda dalolatnoma tuziladi 
va unda zahira g‘ildiragi, domkrat, kalitlar komplekti va boshqalar ko‘rsatiladi.


250 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin