252
tashkil etilishining turli variantlarini ishlab chiqqanlar. SHulardan biri 5.6 rasmda
keltirilgan.
Servis korxonalarida xizmat ko‘rsatish
ish turlarining eng muhimi
avtomobillarga TXK va ta`mirlashdir.
TXK va ta`mirlash ishlari ishlab chiqarish binosining maxsus jihozlangan
ishchi postlarda va ustaxonalarda bajariladi (5.6-rasm).
5.6. Avtomobillarga servis xizmat korxonalarida xizmatni uzluksiz tashkil etish
texnologik jarayoni:
avtomobillar xarakatining asosiy yo‟nalishi;
avtomobillar harakatining mumkin bo‟lgan yo‟nalishi.
Avtomobilni yuvish – tozalash ishlari qo‘lda, yarim mexanizatsiyalashgan va
to‘la avtomatlashtirilgan holda bajariladi. Bunda yuvish mashinalari, quritishni
kamerasi va chang yutkichdan foydalaniladi.
253
Avtomobillarni qabul qilish va
egasiga topshirish posti ikki, to‘rt ustunli
elektromexanik ko‘targich va kalitlar, priborlar komplekti bilan jihozlangan bo‘ladi.
Yirik va o‘rta quvvatni avtoservis korxonalarida TXK va ta`mirlash
mintaqalarining ayrim ishchi postlari ixtisoslashgan bo‘ladi. Masalan: moylash posti,
tormozlarni tekshirish, sozlash, suyuqligini almashtirish posti va hakazo.
TXK va ta`mirlashning barcha ishlari, chunonchi, sozlash, qotirish, agregatlar,
qismlarni avtomobildan echib olish, joyiga qaytadan o‘rnatish universal postlarda
bajariladi.
TXK va JT mintaqasida ishchi postlarning 70-80 % ko‘targichlar
bilan
jihozlangan bo‘ladi.
Ba‘zi avtoservis korxonalarida o‘z – o‘ziga xizmat ko‘rsatish postlari ham
tashkil etiladi.
Avtomobillarga TXK ishlari ―Avtomobilning servis daftarchasi‖ tomonlariga
asosan belgilanadi.
Har 10-15 ming km da bajarilishi mo‘ljallangan ishlar nomlari va hajmi
keltiriladi.
1-sonli talon bo‘yicha TXK 20-30 ming km yo‘l bosilgandan so‘ng bajariladi,
so‘ngra har 10-15 ming km da avtomobillarning konstruktiv
va modellariga qarab
o‘tkaziladi.
Avtoservis korxonalarida ishlab chiqarish texnologiyasining muhim tarkibiy
qismlaridan biri bu jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va
kompyuterlashdir.
Mexanizatsiyalash – yuvish –
tozalash, agregatlarni avtomobildan echish va
o‘rnatish, qismlarga ajratish, ko‘tarish – tashish, ombor xo‘jaligi ishlarida keng
qo‘llaniladi.
Avtomatlashtirish – tashxis, yonilg‘i qo‘yish,
avtomobillarni yuvishda
qo‘llaniladi.
Kompyuterlash – hisob – kitob ishlarida, axborotlarni to‘plash, ularga ishlov
berish, ishlab chiqarish jarayonlarini tahlili qilishda qo‘llaniladi.
Avtoservis korxonalarining funksional vazifalariga quyidagi ishlar kiradi:
254
1)
avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash;
2)
avtomobil agregat, uzel va mexanizmlarni ta`mirlash;
3)
avtomobillarni sotishga tayyorlash va sotuv oldi ishlarini bajarish;
4)
avtomobillarga kafolatli xizmat ko‘rsatish;
5)
avtosavdo joylari – avtomobillar, ehtiyot qismlar bilan savdo qilish.
TXK mintaqalarda avtomobillarni tashxis qilish, qotirish – sozlash, moylash –
tozalash ishlari bajariladi. JT mintaqasida – avtomobil agregat – mexanizmlarda
vujudga
kelgan nosozliklarni tuzatish, ta`mirlash, nosoz agregatlarni avtomobildan
echish, tuzatilganlarini avtomobilga o‘rnatish ishlari bajariladi.
Avtomobilni nosoz agregat va mexanizmlari ta`mirlash mavjud ta`mirlash
ustaxonalarida bajariladi.
Dostları ilə paylaş: