O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov


BUYUM VA XIZMAT SIFATINI KAFOLATLASH, KAM XARAJAT



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   122
Usmanov darslik

5.8.
BUYUM VA XIZMAT SIFATINI KAFOLATLASH, KAM XARAJAT 
BO‟YICHA LIDER BO‟LISH
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardoshli va muvafaaqiyatli kurash olib 
borishning asosiy shartlaridan biri bozorga qo‘yilgan tovar yoki xizmatning yuqori 
sifatli bo‘lishi va unga beriladigan kafolatdir.
Xizmat ko‘rsatish sohasida sifat ikki qismdan, ya‘ni avtomobilda bajariladigan 
ishlarning sifati va avtomobil egalari – mijozlarga ko‘rsatiladigan muomala 
madaniyati va qulayliklardan iboratdir.
Servis – sifat bo‘lib, mijozlar talabini to‘la qondirishga yo‘naltirilgan turli, 
mumkin bo‘lgan qulaylikdir yoki eng muhim vazifa mijoz avtomobili eng yaxshi 
xususiyatlarga ega bo‘lishi uchun nimalar qilmoqni anglashdir.
Avtomobillarda texnik xizmat ko‘rsatish yoki ta`mirlash miqyosida 
bajariladigan ishlar texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan texnologik tartibda, texnik talablar 
va shartlarga rioya qilinib bajarilgan hollardagina sifatli deb tan olinadi.
Masalan, avtomobil dvigateli bloki alyuminiy qotishmasidan bo‘lgan kallagini 
mahkamlashda bloklar sovuq holda bajarilsa, cho‘yan qotishmasidan tayyorlangan 
bloklarda issiq holatlarida mahkamlanadi (bu texnik shart), mahkamlashni o‘rtadagi 
shpilkadan boshlab shaxmat usulida tortiladi (bu texnologik talab), tortish kuchi 
momenti bir turdagi dvigatel uchun 67-72 n·m. boshqa turdagi dvigatel uchun 73-78 
n·m bo‘lishi mumkin (bu texnik talab).
Shu sababli yuqorida keltirilgan talablarga rioya qilish va bir vaqtning o‘zida 
bajarilayotgan ishlarning yuqori unumdorligini ta`minlash sifatini talab darajasini 
ta`minlaydi.
Ko‘rsatiladigan har qanday xizmat sifatiga mijozlar qo‘yadigan talablar davlat 
qonunlarida va ularning bajarilishiga huquqiy asoslar yaratilgan.
Barcha zarur ishlar bajarib bo‘lingandan so‘ng, avtomobil egasiga topshirish 
uchun yana qabul qilingan bo‘limga keltiriladi va maxsus texnik nazoratdan 
o‘tkaziladi. Buyurtmada ko‘rsatilgan barcha ishlarning bajarilganligi, ularning sifati, 
avtomobilning umumiy holati va butligi yana bir karra texnik nazoratdan o‘tkazilib, 


251 
xizmatlar, sarflangan ehtiyot qismlar va materiallar uchun buyurtmachi bilan hisob-
kitob qilinib egasiga taqdim etiladi yoki tayyor avtomobillar qatoriga qo‘yiladi. 
Avtomobilni qabul qilib olganlik to‘g‘risida uning egasi buyurtmaga imzo chekadi va 
xizmat haqi to‘langach, avtomobilini olib ketadi. Avtomobilni topshirish vaqtida agar 
uning egasi buyurtmadagi ishlarni bajarishdan qoniqish hosil qilmasa, uning haqli 
e‘tirozlari qondiriladi. 
Odatda avtoservis korxonalarida qabul qilish va egasiga topshirish postlari 
birlashtirilib, bir joyda tashkil etiladi va qabul qilib olgan mutaxassis xodimning 
aynan o‘zi avtomobilni yana egasiga topshiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin