Majburiy
sertifikatlashtirishni
joriy
etish
(10
–modda).
Majburiy
sertifikatlashtirishni o‘tkazish ishlarini tashkil etish «O‘zdavstandart» zimmasiga
239
yoki uning ishtirokchisiga binoan boshqa sertifikatlashtirish organlariga (ularni
albatta akkreditatsiya qilgan holda) yuklantiriladi.
Sertifikatlashtirish shart bo‘lgan mahsulotlarning ro‘yxatini O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol – mulkiga
hamda atrof – muhitiga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotni tayyorlash,
ulardan foydalanish, ularni izlash yoki saqlash xavfsizligini ta`minlovchi talablar
bo‘lmagan taqdirda davlat boshqaruvining tegishli organi bunday talabnomalarni
kechiktirmay ishlab chiqishi va amalga kiritishi shart.
Majburiy sertifikatlashtirishni o‟tkazishi shartlari (11- moda ).
Majburiy sertifikatlashtirish ishlab chiqarishni tekshirishni mahsulotning
tavsiflari me`yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun uning sinovi
hamda sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan inspeksion tekshiruvchi va nazoratni
o‘z ichiga oladi. Sinovlar akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari tomonidan
tegishli normativ hujjatlar bilan belgilangan usullarda, bunday hujjatlar bo‘lmagan
taqdirda tegishli sertifikatlashtirish organlari ishlab chikkan usullarda amalga
oshiradi.
Arizachi o‘z mahsulotini majburiy sertifikatlashtirish ishlari uchun konun
hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda haq to‘laydi.
Arizachi o‘z mahsulotini majburiy sertifikatlashtirishdan o‘tkazilishga sarflagan
mablag‘lar summasi shu mahsulot tan narxiga qo‘shiladi. Majburiy sertifikatlashtirish
lozim bo‘lgan, ammo muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan mahsulotni targ‘ib
qilish man etiladi.
Majburiy sertifikatlashtirish lozim bo‟lgan mahsulotlarga qo‟yiladigan talablar
(12- modda).
Majburiy sertifikatlashtirish lozim bo‘lgan quyidagi hollarda:
- sertifikatlashtirishga taqdim etilgan bo‘lsa;
- sertifikatlashtirish talblariga muvofiq emasligi sababli sertifikatlishtirishdan
o‘tmagan bo‘lsa;
240
- agar sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki uning amal qilishi
to‘xtatib qo‘yilgan (bekor qilingan) bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasi hududida
realizatsiya qilinishi mumkin emas.
Qonunga xilof tarzda muvofiqlik belgisi bosilgan mahsulotni realizatsiya qilish
man qilinadi.
Tayyorlovchilarning
(tadbirkorlarning)
mahsulotlarini
majburiy
sertifikatsiyalashtirish vaqtidagi majburiyatlari (13-modda).
Majburiy sertifikatlashtirish lozim bo‘lgan mahsulotlarni realizatsiya kiluvchi
tayyorlovchilar (tadbirkorlar);
-majburiy sertifikatlashtirish lozim bo‘lgan mahsulotni sertifikatlashtirishga
taqdim etiladi;
-sertifikatlangan mahsulotni sertifikatlashtirish organlarning o‘zi yoki ular e‘tirof
etgan organlar bergan sertifikat mavjud bo‘lgan taqdirdagina realizatsiya qilishlari va
uning normativ hujjatlari talablariga mos bo‘lishini ta`minlashlari;
-sertifikatlashgan mahsulot, basharti, u normativ hujjat talablariga muvofiq
kelmasa, shuningdek sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoxud uning amal
qilish sertifikatlashtirish organing qarori bilan to‘xtatib yoki bekor qilingan bo‘lsa,
realizatsiya qilishni to‘xtatib qo‘yishlari yoki tugatishlari;
-majburiy sertifikatlashtirish lozim bo‘lgan mahsulotni sertifikatlashtiruvchi va
sertifikatlangan mahsulotni nazorat kilivchi organlarning lavozimdor shaxslari va o‘z
vakolatlarini moneliksiz bajarishlari uchun sharoit yaratishlari;
-sertifikatlangan mahsulot ishlab chiqarishnang texnikaviy hujjatlaria yoki
texnalogik jarayoninga kiritilgan o‘zgarishlar haqida sertifikatlashtirish organi
belgilangan tartibda xabardor etishlari;
- ilova qilingan texnik hujjatda mahsulot muvofiq kelishi lozim bo‘lgan
sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi m‘lumotni hamda normativ hujjatlarni ko‘rsatishlari
va bu ma‘lumotlar iste‘molchi (xaridor, buyurtmachi) e‘tiboriga etkazilishini
ta`minlashlari shart.
Chetdan olib kelinganda va chetga olib chikib ketiladigan mahsulotlarni
majburiy sertifikatlashtirish (14 -modda).
241
Majburiy sertifikatlashtirishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston
Respublikasiga
etkazib
berish
uchun
tuziladigan
shartnomalar
shartida
mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi, O‘zdavstandart
tomonidan berilgan yoki e‘tirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik
belgilari bo‘lishi nazarda tutilishi kerak.
Milliy muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari yoki boshqa davlatlar
tomonidan berilgan yoki e‘tirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik
belgilari arizachi (mahsulot etkazib beruvchi) tomonidan bojxona nazorati organlari
yukka ta‘lukli bojxona deklaratsiyasi bilan birgalikda taqdim etiladi va ular
mahsulotni respublika hududiga olib kirishga ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar
hisoblanadi.
Chetdan olib kelingan mahsulotning xavfsiz ekanligni tasdiqlovchi hujjati
bo‘lmagan taqdirda bojxona nazorat organlari bu xususda «O‘zdavstandart» ni
xabardor etadilar hamda mahsulotni sertifikatlashtirishdan o‘tkazish yoki chet el
sertifikatini e‘tirof etish to‘g‘risida masala sertifikatlashtirish milliy tizim qoidalariga
muvofiq hal etilgunga qadar bu mahsulotni chetdan olib kirishni ta‘qiqlab qo‘yadilar.
Sertifikatlashtirishi shart bo‘lmagan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi
hududidan olib chiqish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
belgilaydi.
Majburiy sertifikatlashtirish ishlarining davlat tomondan ta`minlashi (15-
modda).
Majburiy sertfikatsiyalashda quyidagi ishlar bajarilish lozim:
- sertifikatlashtirishni rivojlantirishning istikbollarini, uni o‘tkazish qoidalarini va
tavsiyalarini ishlab chiqarish;
- sertifikatlashtirish soxasida rasmiy axborotlar bilan ta`minlash;
- xalqaro (mintakaviy) sertifikatlashtirish tashkiloti ishida qatnashish hamda chet
el milliy sertifikatlishtirish organlari bilan birgalikda ishlar o‘tkaziladi;
-sertifikatlashtirish yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) qoidalar va tavsiyalar ishlab
chiqish hamda ularni ishlab chiqishda qatnashish;
242
- sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etishi ustidan hamda sertifikatlangan
mahsulot ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini olib borish ishlari davlat tomonidan
moliyaviy ta`minlanadi.
Majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishni davlat tomonidan
tekshirish va nazorat qilish (16-modda).
Tayyorlovchilarning (tadbirlar, sotuvchilar,
ijrochilarning), majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etishlari ustidan davlat
tekshiruvi va nazoratini «O‘zdavstandart» davlat inspektorlari qonun hujjatlarida
belgilangan shartlarda amalga oshiradilar.
Avtomobil transport tizimida sertifikatlanadigan ob‘ektlarga quyidagilar kiradi:
- avtotransport vositasi;
- avtotransport vositasining qismlari va predmetlari;
- atotranspot vositalarini ehtiyot qismlari va jihozlari;
- foydalaniladigan moddiy mahsulotlar;
- avtkorxona jihozlari;
-avtotransport vositalariga texnik va ta`mirlash xizmati;
- avtomobil transportida yuk va yulovchi tashish xizmatlari;
-avtomobil yullari;
- yoqilg‘i quyish shahobchalari;
- avtomobillar to‘xtab turish joylari.
Avtomobil
transport
ob‘ektlarini sertifikatlash ro‘yxati O‘zbekiston
Respublikasining «Mahsulot va xizmatlarini sertifikatlashtirish to‘g‘risida» gi qonun
va milliy sertifikatlash tizimi haqidagi qoidalarga asosan aniqlanadigan,
sertifikatlashtirish mulkchilik shaklidan kat‘iy nazar barcha ob‘ektlarda amalga
oshiriladi.
|