263
6. BOB.
TEXNIK TIZIMLARNI AXBOROT BILAN TA`MINLASH,
ULARNI BOSHQARISHDA QO‟LLANILADIGAN
HUJJATLAR VA TEXNIK VOSITALAR
6.1.
AXBOROT TURLARI VA TO‟PLASH USULLARI
Boshqaruvning eng asosiy elementi axborot hisoblanadi va uni yig‘ish,
tahlil
qilish ma‘lum muddatni, moddiy xarajatlarni talab qiladi. Odatda axborot tanlov
tavsifiga ega ya‘ni elementlar bo‘lagining (ajratib olingan qism)
holatiga qarab,
barcha elementlar (bosh to‘plam) holati haqida fikr yuritiladi. Ajratib olingan
qismning oshishi (ko‘payishi) aniqlikni oshirishi bilan axborot olish vaqti va bahosi
ham oshadi, lekin qaror qabul qilish cho‘zilib ketadi.
Texnik ekspluatatsiyada qaror qabul qilish uchun odatda ehtimolli axborotdan
hamda individual diskret
axborotdan foydalaniladi
.
Ehtimolli axborot
avtomobillar
majmuining qanday ishlashi va holatini tavsiflaydi.
Individual axborot,
aniq buyum
yoki materialning (detallar, agregat, avtomobil, moy va hakazo) holati va ish
ko‟rsatkichlarini aniqlaydi
.
U yoki bu turdagi axborotdan foydalanishning maqsadga muvofiqligi texnik
iqtisodiy hisoblar, vakolatliligi, aniqlik, muhimlik va ayni
axborotni olish qimmati
hamda qabul qilinadigan qarorning muhimligi bilan aniqlanadi.
Axborotning vakolatlilik bahosi
bosh to‘plam va undan tanlab olingan qism
xususiyatlarning mos kelishini aniqlashni maqsad qilib ko‘yadi
va shu qism uchun
tanlangan axborot asosida qaror qabul qilinadi. Agar tanlangan qism vakolatli
bo‘lmasa qaror ham ratsional bo‘lmaydi. Masalan, aniq operatsiyalarning o‘rtacha
mehnat hajmini aniqlashda avtomobil transporti korxonasida mavjud turli yosh
guruhlariga kirgan avtomobillarda xronometraj kuzatuvlarni o‘tkazish zarur bo‘ladi,
aks holda mehnat hajmi me‘yorlari real mehnat xarajatlariga mos kelmay qoladi.
264
Axborotning aniqlilik bahosi
tanlov hajmini aniqlash uchun zarur hisoblanadi.
Agar bosh to‘plamdagi tasodifiy miqdor me‘yoriy qonuniyat bo‘yicha taqsimlanishi
ma‘lum bo‘lsa u holda bosh to‘plamdagi o‘rtacha qiymatni aniqlash uchun zarur
bo‘lgan tanlov hajmi (kuzatuvlar soni) quyidagicha aniqlanadi
,
t
t
n
2
2
2
2
2
2
н
Dostları ilə paylaş: