283
yuqorida qayd etilgan operatsiyalarni avtomatlashtirish uchun majmuaviy texnik
vositalaridan foydalanish zarur bo‘ladi.
Majmuaviy, texnik vositalar hisoblash jarayonini tashkil etishga bo‘lgan talab
bo‘yicha tubdan farqlanadigan ikki toifa masalani echadi. Birinchi toifaga kalendar
rejani istiqbollash, hisob-statistika va boshqa masalalari kiradi. Ushbu masalalarni
echish, kelayotgan va chiqayotgan axborotning katta massivlarini hisoblash
jarayonini tashkil etishni talab etadi. Bu masalani echish samaradorligi hisoblash
markazini tashkil etish hisobiga hal etilishi mumkin. Ikkinchi toifaga tezkor ishlab
chiqarishni rejalashtirish va boshqarish masalalari kiradi.
Majmuaviy texnik sxemalar:
-
avtomobillarga TXK va ta`mirlashni istiqbollash, kalendar va tezkor ishlab
chiqarishni rejalashtirishni ta`minlashi kerak;
-
ishchi postlarda turgan avtomobillarni va ularni garaj nomerlarini ro‘yxatga
olishi kerak; ta`mirlashga kelgan va kutayotgan avtomobillarni turgan va kelgan vaqti
haqida so‘ralgan joyga ma‘lumot berish kerak;
-
ishchi postlarga kelib turgan avtomobillarni ro‘yxatga olish kerak;
-
avtomobilni ishchi postda turmagan holda buni qayd etish kerak;
-
avtomobilni ishchi postga turgan xolida ta`mirlashning rejalashtirilgan vaqtini
ta`minlash;
-
avtomobilni postda turish vaqtini nazorat etish;
-
avtomobillarni ishchi postlarda bekor turib kolishini va sababini ro‘yxatga
olish;
-
xar bir ishchi postlarda avtomobillarni umumiy turish vaqtini ro‘yxatga olish;
-
so‘rovga qarab avtomobilni ishlab topish; ehtiyot qismlar zaxirasi xaqida
ma‘lumot berish;
-
ishchilarni ishga kelib ketishini nazorat qilish; statistik axborotlarni ishlash va
tahlil etishni ta`minlash.
Dostları ilə paylaş: