- talabning dispetcherlik tavsifi -
mavjud ishlarni bajarish jarayonini
rejalashtirilgan vaqti bilan birgalikda ko‘rsatish demakdir;
- talabning texnologik tavsifi -
dispetcherlik tavsifi talablarida mavjud ishlarni
bajarish jarayoni aniq texnologik ketma-ketlikda, qaysi postlar va mintaqalarga
bajarilishi zarurligini ko‘rsatadi.
Masalan,
dispetcherlik talablari bo‘yicha
payvandlash va bo‘yash ishlarini bajarish talab qilinsa, texnologik tavsif bu ishlarni
ixtisoslashgan postlarda qat‘iyan belgilangan ketma-ketlikda bajarishni, ya‘ni oldin
payvandlash keyin esa bo‘yashni ko‘zda tutadi.
Tavsiflarni shakllantirish, belgilangan algoritmga mos holda amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra boshqaruv markazining tezkor boshqarish bo‘limidagi texnik-operator,
avtomobil haydovchidan nosozlikning tashqi belgilari yozilgan ta`mirlash varaqasini
qabul qiladi, ma‘lumotlar to‘g‘ri yozilganmi-yo‘qmi, tekshiradi, lozim bo‘lsa,
tuzatishlar kiritadi. Bunda quyidagi hujjatlardan foydalanib, ma‘lumot shifrlanadi.
1. «Ekspluatatsiya sikli» shifratori:
birinchi mukammal ta`mirlashgacha - 1,
keyin - 2.
2. Talabnomada ko‟rsatiladigan nosozliklar tashqi ko‟rinishining amaldagi
nosozliklarga va ularni bartaraf etish uchun ta`mirlash - rostlash amallariga mosligi
klassifikatori.
Bunda quyidagilar beriladi:
277
avtomobilning agregatlari va tizimlari bo‘yicha nosozliklarning tashqi ko‘rinish
turlari;
har bir tashqi ko‘rinishga to‘g‘ri keladigan ehtimoliy nosozliklar (bir yoki bir
nechta);
nosozliklarni yo‘qotish bo‘yicha ta`mirlash-rostlash amallari;
ta`mirlash va rostlash amallarining shifrlari;
amallarni bajarish me‘yoriy ish hajmi, ishchi-minutlarda;
mazkur nosozlikni tashxislash imkoniyatlari va tashxislash parametrlarning
me‘yoriy qiymatlari haqida qo‘shimcha ma‘lumotlar.
Ta`mirlash va rostlash amallarining qiyinlik darajasi ATK sharoitlarida harakat
tarkibiga TXK va uni ta`mirlash bo‘yicha namunaviy vaqt sarflaridan olinadi.
Odatda, bunday me‘yorlarga 1 - 2 yilda bir marta tuzatish kiritiladi.
Ta`mirlash va rostlash amallarining shifrlari to‘rt xonali raqamlardan iborat.
Dastlabki ikki raqam agregatlarni, keyingi ikkitasi amallarning o‘zini anglatadi.
Agar ta`mirlash varaqasida ko‘rsatilgan nosozlikning tashqi ko‘rinishi aniq
bo‘lmasa, ya‘ni unga bir qancha nosozliklar to‘g‘ri kelishi mumkin bo‘lsa, bu
avtomobilni tashxislashga yoki ekspertga yo‘llash orqali masalasini hal qilish kerak.
Ekspert sifatida ATK ning eng tajribali mutaxassislari jalb qilinadi. Zaruriy
ta`mirlash va rostlash amallari aniqlanib, ta`mirlash varaqasiga yozilgach, texnik-
operator bu amallarni mavjud ixtisoslashgan postlarga yoki xizmat ko‘rsatish
joylariga mosligini aniqlaydi va ta`mirlash varaqasiga shifrlarini yozib qo‘yadi.
Keyin operator ushbu avtomobil postlardan o‘tish ketma-ketligini belgilab, har bir
postda bajariladigan ishlarning reja vaqtini aniqlaydi; bu ma‘lumotlarni ta`mirlash
varaqasiga yozadi, so‘ngra boshqaruv markazining idora etuvchi muhandisiga
uzatadi; u harakat tarkibini ta`mirlash ketma-ketligini belgilovchi jadval ishlab
chiqadi.
TXK va JT jarayonlarini tezkor rejalashtirish masalasi avtomobillarni, umumiy
navbat bilan, ixtisoslashgan postlarga qo‘yish grafigini tuzishdan, tezkor boshqarish
masalasi esa - ushbu rejani bajarish va me‘yorlar talab qilganidek, zaruriy
278
talabnomalar miqdorini, mehnat va moddiy resurslarni kam sarflagan holda,
bajarishdan iborat.
Tezkor rejalash mezoni sifatida rejadagi vaqt ichida ta`mirlangan avtomobillar
soni olinadi.
Ta`mirlashning tezkor rejasini tuzish masalasi, rejalashtirilayotgan muddat
uchun qabul qilingan talabnomalar ichida iloji boricha ko‘proq avtomobillarni
ta`mirlab, chiqarib yuborish imkonini beradigan jadval (ishlarni bajarish ketma-
ketligi grafigi) tuzishdan iborat.
Qaralayotgan masalani echish uchun rejalashtirilayotgan davr boshida har bir
uchastkadagi bo‘sh va band turgan postlar haqida axborot, ta`mirtalab avtomobillar
ro‘yxati va ular uchun yozilgan dispetcherlik va texnologik tavsifnomalar
boshlang‘ich ma‘lumot bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, dastlabki xizmat ko‘rsatish
quyidagi talabnomalar uchun tayinlanadi:
a) umumiy xizmat ko‘rsatish vaqti eng kam bo‘lgan;
b) ayrim bir uchastkada xizmat ko‘rsatish vaqti eng kam bo‘lgan;
B) kimgadir (yoki nimagadir) zarur bo‘lgan harakatlanuvchi vosita bo‘yicha.
TXK va ta`mirlash bo‘yicha tuzib chiqilgan tezkor rejalarni boshqaruv
markazining tezkor boshqarish bo‘limi amalga oshirish uchun qabul qilib oladi.
Tezkor boshqarish bo‘limi xodimlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
avtomobillar tayinlangan postlarga belgilangan vaqtda qo‘yilishini tashkil
etadi;
har bir avtomobil bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan ta`mirlash-rostlash
amallari haqidagi ma‘lumotlarni ishchi postlarga yetkazadi;
ishlarning bajarilish vaqtini nazorat qiladi;
ishlab chiqarishni tayyorlash majmuasining dispetcherlik punkti orqali har bir
ishchi postiga kerakli ehtiyot qismlarni o‘z vaqtida etkazib berilishini tashkil etadi.
Tezkor
boshqarish
bo‘limining
xodimlari
ta`mirlash
uchastkalarining
dispetcherlik punktlari va ATK ning muhandis-texnika xizmati bo‘limi xodimlari
bilan ham doim muloqotda bo‘ladi.
279
Texnik xizmat xodimlari bir-biri bilan bog‘langan masalalar majmuasini hal
qiladilar (6.6-rasm). Xodimlarning ishi natijalari ma‘lum hujjatlarda qayd etiladi.
Axborotlar darajasida korxonaning hamma bo‘linmalari bir-biri bilan o‘zaro ta‘sirda
bo‘ladi.
6.6-rasm. ATK xodimlari hal qiladigan namunaviy masalalar ro‘yxati
ATK texnik xizmatining hujjatlar aylanmasi 120 dan ortiq hujjatdan iborat.
Bundan 21 foizini birlamchi hujjatlar tashkil qiladi (texnik pasportlar, yo‘l varaqalari,
ta`mirlash varaqalari, ehtiyot qismlar uchun talabnomalar va shu kabilar). Me‘yoriy
va ma‘lumotnoma axborotlari hujjatlarining ulushi 6% (yo‘nalishlar va ish rejimlari,
yonilg‘i sarfi me‘yorlari, shinalar resursi, TXKlar davriyligi va qiyinligi va hakazo)
ATKda, bir oy davomida qayta ishlanadigan axborot hajmi, bir avtomobil
hisobiga taxminan 50 Kbayt.
Bu hajmda me‘yoriy va ma‘lumotnoma axborotlarining ulushi 3%, qayta
ishlanadigan axborot hajmining yarmidan ortig‘i (55%) birlamchi hujjatlarda,
ikkilamchi hujjatlarda-taxminan 42%.
280
Birlamchi hujjatlar bilan bir nechta bo‘linma shug‘ullanadi. Masalan, ehtiyot
qismlar uchun talabnoma qo‘yidagi yo‘llardan o‘tadi: avtosaf - bosh muandis –
ombor - buxgalteriya. Bunda, har bir bo‘linma hujjatga o‘z ma‘lumotini qo‘shadi,
lekin bir-birini takrorlamaydi.
Ikkilamchi hujjatlar birlamchilardagi axborotni to‘la yo qisman takrorlaydi.
Masalan, ehtiyot qism berilayotganda ombordagi kartotekaga talabnomadagi
ma‘lumot ko‘chiriladi, ehtiyot qismni qabul qilishda esa –
(
yukga qo‘shib
yuboriladigan qo‘shimcha xarajatlar haqidagi hujjat (nakladnoy) dan axborot
ko‘chiriladi.
Yo‘l varaqalarini qayta ishlashda ko‘plab umumlashma (svodka)lar,
ma‘lumotnomalar, hisobotlar shakllanadi, bunda, varaqalardagi ma‘lumotlar
saralanadi va boshqa hujjatlarga ko‘chiriladi (avtomobillarning markasi, muayyan
avtomobillar, avtokolonnalar, haydovchilar va b. bo‘yicha). Hujjatlar aylanmasining
tahlili ko‘rsatishicha, ikkilamchi hujjatlarning 77 foizi mazmuni takrorlangan
axborotdan iborat, ularning 23 foizi birlamchi hujjatlarni qisman takrorlaydi. Bular
boshqarish tizimini avtomatlashtirishni taqozo etadi.
ATK da axborot tizimini yaratishdan oldin birinchi navbatda hujjatlar
aylanmasini takomillashtirish va soddalashtirish kerak. EHMga kiritilishi lozim
bo‘lgan me‘yoriy va ma‘lumotnoma axborotlari va birlamchi hujjatlarning eng kam
turlarini saqlab qolish kerak; ikkilamchi hujjatlarni saqlash, qidirish, uzatish va
shakllantirish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish kerak, shunda xodimlar qo‘lda
bajariladigan ishlardan xalos bo‘ladilar.
Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishni axborotlashtirishda zamonaviy
axborot tizimlariga xos umumiy qoidalarga suyanish kerak.
Har qanday axborot tizimining asosi – ma‘lumotlar bazasi (MB). Xodimlar bu
bazaga amaliy dasturlar paketi (ADP) yoki avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari (AIO‘)
orqali kiradilar. AIO‘ – xodimning ish o‘rniga joylashgan texnika va dasturlar
majmuasi bo‘lib, avtomatlashtirilgan dialog rejimida boshqaruv vazifalaridan
ayrimlarini bajarish imkonini beradi. AIO‘larni shartli ravishda MBga ma‘lumot
281
kirituvchi va MBdan ma‘lumot chiqarib beruvchi toifalarga ajratish mumkin.
Ma‘lumotlar kiritilishi qo‘yidagicha kechadi:
1)
birlamchi hujjatlardan (texnik pasport, yo‘l varaqasi va b.);
2)
ATK xodimlaridan (ta`mir uchun buyurtma, ehtiyot qismlarni olish uchun
talabnoma va hakazo);
3)
ob‘ektlarni avtomatik identifikatsiyalash vositalaridan (magnitli, shtrixli,
radiochastotali va hakazo).
Agar
birlamchi
hujjat
tashqaridagi
korxonalarda
vujudga
kelsa
(masalan,avtomobilning texnik pasporti), ma‘lumotlar kompyuterga tayyor hujjatdan
kiritiladi. Agar hujjat ATK ning o‘zida vujudga kelsa (masalan: ta`mirlash varaqasi),
uni qo‘l kuchi bilan shakllantirishga zarurat yo‘q. Nosozlikning xususiyati haqidagi
ma‘lumotlar kompyuterga xodimning so‘zi bilan kiritilishi mumkin (masalan,
haydovchi), hujjat esa (zarurat bo‘lsa) avtomatik tarzda shakllanadi va qog‘ozga
chiqariladi. Agar axborotning mutlaq xaqqoniyligi talab etilsa, ma‘lumotlarni xodim
orqali emas, qandaydir avtomatik usul bilan kompyuterga kiritishning texnik iloji bor.
Bunda ob‘ektlarni avtomatik identifikatsiyalash vositalari ishga tushadi. Bunday
paytda, hatto birlamchi hujjatga ham ehtiyoj qolmaydi, tizim avtomatik tarzda
ma‘lumotlar tayyorlaydi (masalan, yo‘lga varaqasiz chiqqan haydovchilar haqida
ma‘lumotlar). Tabiiyki, axborot tizimlarini yaratishda ikkinchi yo uchinchi yo‘lni
tanlash kerak.
Axborotni MB dan olish ikki usulda kechadi:
1)
korxona bo‘linmalarining faoliyati haqidagi hisobot (chiqariladigan)
qog‘ozlarini shakllantirish va monitor ekraniga yoki qog‘ozga chiqarish;
2)
ekspert tizimi yordamida boshqaruvchi qarorlarni olish.
Hisobot (chiqariladigan) qog‘ozlarni shakllantirish, bu eng engil, an‘anaviy yo‘l,
biroq xodimlar etarlicha bilim va tajribaga ega bo‘lishi kerak. Bu – ikkilamchi
hujjatlarni tahlil qilib, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun kerak. Ekspert tizimlaridan
foydalanish – dasturlar yaratish masalasida eng murakkab yo‘l, biroq qabul
qilinadigan qarorlarning ilmiy dalillanishi va optimalligi nuqtai nazaridan eng
samarali yo‘l.
282
ATK da axborot tizimini yaratishda qo‘yidagilar tavsiya etiladi:
- ATK bo‘linmalari o‘rtasida axborot almashinuvi mahalliy kompyuterlar
tarmog‘i orqali;
- korxonaning barcha tuzilmasi va hujjatlar aylanmasini qayta ko‘rib chiqish,
ya‘ni birlamchi hujjatlarni iloji boricha kamaytirib, EHM da shakllantirish,
ikkilamchi va oraliq tashuvchilarni bekor qilish;
- me‘yoriy va ma‘lumotnoma axborotlarini joriy ma‘lumotlardan ajratib olib,
magnit tashuvchilarda saqlash;
- korxonaning hamma bo‘linmalarida yagona me‘yoriy va ma‘lumotnoma
axborotlaridan foydalanish;
- EHM ga birlamchi axborotni bir marta kiritib, xato ketish ehtimolligini nazorat
etish;
- ATK bo‘linmalari o‘rtasida axborot almashinuvlarini kamaytirish maqsadida
masalalarni qayta taqsimlash;
- hamma axborot tizimchalari real vaqt rejimida ishlashi;
- tizimni yaratishda ma‘lum bosqichlarga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: |