284
6.6.
ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISHDA XODIMLAR BILAN
TEXNIK VOSITALAR MAJMUASI ORASIDAGI O‟ZARO
BOG‟LANISHNI TASHKIL ETISH
ATK larda ma‘lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi markazlashgan axborot
tizimi shaklida yoxud markazlashmagan holda tashkil etilishi mumkin. Ma‘lumotlarni
qayta ishlash texnologiyasi markazlashmagan holda tashkil etilganda xodimlar
birlamchi hujjatlarni qo‘l kuchi bilan qayta ishlaydilar, chiqish hujjatlarini
shakllantiradilar.
ATK larda ma‘lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi markazlashgan axborot
tizimining umumiy sxemasi (6.7-rasm) avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari (AIO‘) ni o‘z
ichiga oladi.
6.7-rasm. ATK axborot tizimining tuzilmasi.
Ayrim avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarining vazifasi turli ATK larda turlicha
bo‘ladi (yo‘lovchi, yuk, taksomotor va boshqa korxonalar). Bundan qat‘iy nazar
hamma ish o‘rinlari yagona (mahalliy) tarmoq miqyosida ishlab, umumiy
ma‘lumotlar bazasidan foydalanishi kerak.
285
ATK da axborot tizimini joriy qilish ma‘lum ketma-ketlikda bajariladi. Hamma
ish o‘rinlari axborot ma‘nosida bir-birini ta`minlab turadi. Birinchi bosqichda
me‘yoriy va ma‘lumotnoma axborotlari bilan, ikkinchi bosqichda – birlamchi joriy
axborot bilan ishlovchi, uchinchi bosqichda – chiqarish hujjatlarini ta`minlovchi ish
o‘rinlari yaratiladi.
Korxonaning majmuaviy tizimini yaratishda birinchi bosqichda «Texnik
bo‘lim» va «Kadrlar bo‘limi» avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarini yaratish lozim,
chunki harakatlanuvchi tarkib va xodimlar haqida ma‘lumot bo‘lmasa, boshqa kichik
tizimlar samarali ishlay olmaydi.
Ikkinchi bosqichda dispetcher faoliyati, yo‘l hujjatlarini qayta ishlash, yonilg‘i
sarfini hisobga olish bo‘yicha kichik tizimlar yaratish kerak. Yo‘l varaqalarini qayta
ishlash natijasida yonilg‘i sarfi, haydovchilar ishi va avtomobillar bosib o‘tgan yo‘l
haqida ma‘lumotlar shakllanib bo‘ladi.
Uchinchi bosqichda, buxgalteriyaning (ish xaqlarini hisoblash) va reja
bo‘limining ish o‘rinlarini (korxona faoliyatini tahlil etish bo‘yicha hujjatlar) yaratish
mumkin.
To‘rtinchi bosqichda, bosib o‘tilgan yo‘llarini hisobga olish yo‘lga qo‘yilgach,
shinalarning ishini hisobga oluvchi texnik, ta`mirlash mintaqasi (1-TXK, 2-TXK ni
rejalashtiruvchi, TXK ga va JT ga qo‘yuvchi dispetcher, TXK va JT ishlarini hisobga
oluvchilar), ombor bo‘yicha avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarini yaratish mumkin.
ATK xodimlari hal qiladigan masalalarni ikki guruhga ajratish mumkin:
hisobga olish-statistik va boshqaruvga oid. Axborot tizimlarini ATKga joriy qilishni
birinchi guruh masalalardan boshlash kerak (xodimlar ishini, yonilg‘i va ehtiyot
qismlar sarfini, ta`mirlashlar va boshqalarni hisobga olish). Axborotlarni yig‘ish,
saqlash jarayonlari va hisobot kog‘ozlarini shakllantirish yo‘lga qo‘yilgach, ikkinchi
guruh masalalariga – parkning ishlash qobiliyatini, yonilg‘i, shina va ehtiyot qismlar
sarfini boshqarishga o‘tish mumkin.
Texnik vositalarni ATK da qo‘llash tahlil qilinganda ma‘lum bo‘ldiki,
hujjatlarni mashina yordamida qayta ishlashga o‘tilganda axborotlar hajmi birlamchi
hujjatlar bo‘yicha 2 marta, ikkilamchi hujjatlar bo‘yicha 10-15 marta kamayar ekan.
286
Umuman, kompyuterlardan foydalanilganda axborotlarni qayta ishlash xarajatlari
60% qisqarishi mumkin. Bunda, ishlarning qiyinligi qo‘yidagicha taqsimlanadi.
Kompyuterlarga ma‘lumotlarni kiritish – 95-96%, axborotga ishlov berish va chiqish
hujjatlarini olish – 4-5%.
Kompyuterlarni joriy qilishda texnologik zanjirning eng nozik joyi axborotlarni
bazaga qo‘l kuchi bilan kiritish bo‘lib qoladi. Bu ishlarni ob‘ektlarni avtomatik
identifikatsiyalash vositalari yordamida avtomatlashtirish mumkin.
Shunday qilib, xodimlarning 95..96% vaqti birlamchi axborotni kompyuterga
kiritish uchun sarflanar ekan. Bundan tashqari, ma‘lumotlarni ataylab buzish
hodisalari bo‘lishi mumkin, ayniqsa, yo‘lovchi tashuvchi transportda (bajarilmagan
reyslarni qo‘shib yozish, harakatning muntazamlilik ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish,
rejadagi yo‘l tushumini kamaytirish va hakazo). Bunday kamchiliklarni bartaraf etish
uchun ob‘ektlarni identifikatsiyalash vositalari (magnitli, shtrixli, radiochastotali) dan
va nazorat tizimidan foydalaniladi.
Identifikatsiyaning mohiyati shundaki, ob‘ektlarga (avtomobillar, xodimlar, ish
turlari, ehtiyot qismlar va hakazo) kodlar beriladi. Kodlar bevosita ob‘ektlarning
o‘ziga tushiriladi, masalan, shtrix yorliqlari (yozuvlari), radiochastotali belgilar
ko‘rinishida, kompyuter tizimidagi ma‘lumotlar bazasida esa bu kodlarga muayyan
axborot tayinlanadi. Bu axborot ob‘ektning o‘zini tavsiflaydi (masalan, ehtiyot
qismning nomi, narxi va ombordagi miqdori). Skaner (kodlarni o‘qiydigan qurilma)
lar yordamida ob‘ektlar to‘g‘risida bajarilayotgan harakatlar (kirim, chiqim) yoki ular
holatidagi o‘zgarishlar (ta`mirga, TXK ga yuborish), bu harakatlar sodir etilgan sana
va vaqti qayd etiladi, bu axborotlar avtonom to‘plagichlarda saqlanadi va avtomatik
rejimda kompyuter tizimiga uzatiladi. Avtomatik identifikatsiya vositalarining
samaradorligi – axborotlarni kompyuterga bir onda kiritish imkoniyatida bo‘lib,
bunda ma‘lumotlarni tasodifan ham, ataylab ham buzish mumkin emas.
Magnitli va shtrixli kodlarni qo‘llash texnologiyasi bir-biriga o‘xshash. Ikkala
holatda kodlangan axborot tushirilgan kartochkalardan foydalaniladi. Bu axborotni
maxsus qurilmalar avtomatik tarzda o‘qiydi. Shtrixli kod o‘ziga xos alfavit shaklida
tuziladi, ularning yordamida axborotni avtomatik tarzda kodlashtirish va keyin,
287
o‘qish mumkin. Shtrixli kodlarning yo‘l-yo‘l chiziqlari ikkita raqamni bildiradi: enli
chiziq «1» ni, ensizi – «0» ni. Har bir kodning uchta elementi bor: boshlang‘ich
chiziqlar to‘plami (kodning boshlanishi), kodlangan ma‘lumotlar, kod oxirining
chiziqlar to‘plami. Shtrixli kodlarning taxminan 20 xili bor. Eng oddiysi «5 dan 2»
deb ataladi (6.2-jadval).
6.2-jadval
«5 dan 2» turdagi shtrixli kod alfaviti
Kodlanadigan axborot
Kodning timsoli
1
2
3
4
5
1
1
0
0
0
1
2
0
1
0
0
1
3
1
1
0
0
1
4
0
0
1
0
0
5
1
0
1
0
0
6
0
1
1
0
0
7
0
0
0
1
1
8
1
0
0
1
0
9
0
1
0
1
0
0
0
0
1
1
0
Kodning boshlanishi
1
1
0
Kodning oxiri
1
0
1
Bunday kod yordamida faqat raqamlarni (0 dan 9 gacha) kodlash mumkin; har
bir raqam uchun 5 ta chiziq beriladi, bulardan 2 tasi enlik, 3 tasi – ensiz. Bu koddagi
chiziqlar orasi hech nimani bildirmaydi va oraliq ensiz chiziqchalik keladi.
Masalan, «125» raqamli ta`mirlash varaqasi, shu kod yordamida kodlangan,
uning raqamlar qatori – 110100010100110100101 (6.8-rasm).
Ba‘zi kodlar murakkab tuziladi. Masalan «39» deb atalgan kodda chiziqlar
ham, ularning oralig‘i ham ma‘lum ma‘noga ega; bu usul bilan raqamli va timsoliy
axborotlarni kodlash mumkin.
288
6.8-rasm. «125» raqamli ta`mirlash varaqasining nomeri («5 dan 2» kodi bilan
shtrixlangan).
Shtrixli identifikatsiya usullari turli ob‘ektlar (tovarlar, xizmatlar, moddiy
buyumlar) ning harakatini (kirim, chiqim) hisobga olish masalalari uchun qo‘llanadi.
Bunda ob‘ektlarning o‘zidan tashqari ularni qabul qiluvchilar yoki beruvchilar ham
kodlanadi (avtomobillar, ehtiyot qismlar, agregatlar, detallar, moylash materiallari,
ish turlari va hakazo). Beruvchilar va oluvchilar, xodimlar (omborchilar,
haydovchilar, ta`mir ishchilari) ham, bo‘limlar (omborlar, ishlab chiqarish zonalari,
mintaqalari) ham bo‘lishi mumkin. Shtrixli kodlarni ATKning qo‘yidagi hisobga
olish masalalarida qo‘llash mumkin:
- omborlarda ehtiyot qismlar va materiallarning harakati;
- harakatlanuvchi tarkibning yo‘ldagi ishi;
- avtomobillarning garaj ichidagi harakati;
- yonilg‘i sarfi;
- ta`mirlash zonasi ishchilarining ishi.
Ob‘ektlarni shtrixli identifikatsiyalash yordamida kompyuter 88 ...90% gacha
birlamchi ma‘lumotlarni kiritib, qoloq ish uslublarini ancha kamaytirish mumkin.
Umuman, korxona miqyosida, ma‘lumotlarni kompyuterlarga kiritish bo‘yicha
mehnat sarfi 78 ...80% ga kamayishi mumkin.
Shtrixli identifikatsiya qo‘llanadigan, keng tarqalgan masalalardan biri – moddiy
boyliklarning harakatini hisobga olish (6.9-rasm).
Dostları ilə paylaş: |