O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   122
Usmanov darslik

 
 
 


271 
6.3.
ATK TEXNIKA XIZMATIDA QO‟LLANILADIGAN HUJJATLAR, 
ULARNING TURLARI VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
 
 
Avtomobil transporti korxonasi harakat tarkibning ish qobiliyatni saqlab turish 
tizimi ish jarayoni quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 
1. Yo‟nalishdan qaytgan harakat tarkibini qabul qilish.
 
Yo‘nalishdan qaytgan 
barcha avtomobillar navbatchi mexanik tomonidan qabul qilinadi va sxemadagi tartib 
bo‘yicha harakatlanadi. 
2. Kunlik xizmat.
Kunlik xizmat o‘z tarkibiga nazorat texnika punkti mexanigi 
va haydovchi
 
tomonidan bajariladigan nazorat tekshiruv (yo‘nalishga chiqish va 
yo‘nalishdan qaytganda) ishlari, yonilg‘i qo‘yish ishlari, yuvish tozalash ishlari, 
kunlik xizmat operatsiyalarini oladi va avtomobillarning texnik holati haqidagi 
haydovchilarning axborotlari avtomobillar ishonchliligini ta`minlashda muhim 
ahamiyatga ega. 
3. Avtomobillarni 1-TXK bilan T-1 ga qo‘yishni rejalashtirish.
 
Rejalashtirish 
ishlari axborotga ishlov berish va tahlil qilish bo‘limi tomonidan avtomobilning 
shaxsiy varaqasida (2.15-rasmga qarang) aks etgan haqiqiy bosib o‘tgan yo‘li 
bo‘yicha amalga oshiriladi (6.4-rasm). 
6.4-rasm. Avtomobil shaxsiy varaqasining namunasi. 
Garaj 
№ AVTOMOBILNING SHAXSIY VARAQASI 
Sana 
Oy



………………….. 
29 
30 31 
Yanvar 
Fevral 
………………
……………… 
Haqiqatda bosib o‘tilgan yo‘l va rejalashtirilgan hamda bajarilgan 
TXK va ta`mirlashlar haqida belgilar 
Noyabr 
Dekabr 
Agregatlarni almashtirishlar haqida belgilar 


272 
 
Avtomobillarning shaxsiy varaqalari ma‘lumotlari, 1-TXK ning to‘g‘rilangan 
me‘yoriy davriyligi va 1-TXK ning hisoblangan kunlik dasturi asosida axborotga 
ishlov berish va tahlil qilish bo‘limi tomonidan uch nusxada texnik xizmat ko‘rsatish 
reja-hisobotiga kiritiladi (6.5-rasm). 
6.5-rasm. Texnik xizmat ko‘rsatish reja-hisoboti tarkibi. 


273 
Texnik xizmat ko‘rsatish reja-hisoboti quyidagi bo‘limlarga tarqatiladi:
-
1-chi nusxa,
avtomobillarni 1-TXK bilan T-1 ga qo‘yishdan kamida bir kun 
oldin nazorat texnika punkti mexanigiga;
-
2-chi nusxa,
T-1 ning tashxislash haritalari komplekti bilan birgalikda 
smenadan oldin 1-TXK mintaqasi brigadiriga;
-
3-chi nusxa,
ishlab chiqarishni tayyorlash majmuasi transport mintaqasi 
navbatchi haydovchisiga. 
Nazorat texnika punkti mexanigi texnik xizmat ko‘rsatish reja- hisobotiga 
asosan avtomobilning haydovchisini ogohlantiradi va avtomobilning 1-TXK va T-1 
ni o‘tkazishga tayyorligini tekshiradi. 
1-TXK mintaqasida ish jarayoni boshlanishi bilan 
navbatchi haydovchi
avtomobilni ishchi postlarga etkazadi. 1-TXK va T-1 tugagandan so‘ng brigadir reja -
hisobot va tashxislash xaritasiga belgi va imzo qo‘yadi. 
Texnik nazorat bo‘limi nazoratchisi avtomobil va hujjatlarni tekshirib 
imzolaydi. Agar 1-TXK va T-1 jarayonida ta`mirlash zarurati tug‘ilsa, brigadir ta`mir 
varaqasini to‘ldirib, ishlab chiqarishni markazlashgan boshqaruvining tezkor 
boshqaruv bo‘limiga uzatadi. 
Tezkor boshqaruv bo‘limi dispetcheri kunlik tezkor rejasiga talabnoma kiritib 
ta`mirlash ishlarini tashkil qilish bo‘yicha tadbirlar belgilaydi. Ta`mirlash ishlari 
ixtisoslashgan brigada tomonidan bajarilib avtomobilni yo‘nalishga chiqishga 
tayyorlanadi. Smena oxirida 1-TXK brigadiri barcha hujjatlarni, axborotga ishlov 
berish va tahlil bo‘limiga uzatadi. 
4. Avtomobillarni 2-TXK bilan tashxisga qo‘yishni rejalashtirish. Rejalashtirish 
ishlab chiqarishni markazlashgan boshqaruvning axboroti qayta ishlash va tahlil 
bo‘limi tomonidan avtomobilning shaxsiy varaqasi asosida amalga oshiriladi. 
Tuzilgan hisobot rejasi va ta`mirlash varaqasi 2-TXK va T-2 dan uch kun oldin 
nazorat texnika punkti mexanigiga, ikkinchi nusxa 2-TXK mintaqasiga etkaziladi 
(2.16-rasmga qarang). 
Nazorat texnika punkti mexanigi haydovchi bilan birgalikda avtomobilni 
ko‘zdan kechirib tashqi nosozliklar haqida ta`mirlash varaqasini to‘ldiradi. 


274 
Ta`mirlash varaqasi haydovchining o‘zida qoladi va reja bo‘yicha smenadan keyin 2-
TXK dan ikki kun oldin avtomobilni T-2 mintaqasiga olib boradi. 
Tashxis mexanigi, bajarilgan ishlar bo‘yicha tashxislash xaritasini to‘ldiradi, 
ta`mirlash varaqasiga nosozliklar haqidagi ma‘lumotlarni yozadi, agar nosozliklarni 
tuzatish imkoniyati bo‘lsa tuzatish uchun kerakli yozuvlarni bajargandan so‘ng T-2 
xaritasi va ta`mirlash varaqasini, ishlab chiqarishni markazlashgan boshqaruvining 
tezkor boshqaruv bo‘limiga uzatadi. 
Tezkor boshqaruv bo‘limi dispetcheri hujjatlaridagi axborotga asosan ikki xil 
qarordan birini qabul qiladi: agar nosozliklar harakat xavfsizligi va yonilg‘i 
tejamkorligiga ta‘sir qilmasa avtomobilni ekspluatatsiyaga jo‘natadi va avtomobil 
ikki kundan so‘ng 2-TXK ga qo‘yiladi: aks holda avtomobil joriy ta`mirlash
mintaqasiga jo‘natiladi, so‘ngra esa belgilangan muddatlarda 2-TXK ga qo‘yiladi. JT 
mintaqasida bajarilgan barcha ishlar ta`mirlash varaqasiga qayd qilinadi. 
Grafik asosida 2-TXK mintaqasida barcha zarur ishlar bajarilgandan so‘ng, 2-
TXK mintaqasi ustasi reja-hisobotga, ta`mirlash varaqasiga, tashxis xaritasiga 
bajarilgan ishlar, sarflangan ehtiyot qismlar, materiallar, tashxislash parametrlari 
qiymati haqidagi axborotni yozadi va texnikaviy nazorat bo‘limi nazoratchisiga 
uzatadi. Nazoratchining zurur tekshirishlaridan so‘ng bu hujjatlar axborotga ishlov 
berish va tahlil qilish bo‘limiga jo‘natiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin