298
Axborotni uzatishning standart vositalari turlari, korxonaning quvvatiga bog‘liq
holda tanlanadi.
Ishlab chiqarish nozimining korxona bo‘linmalari bilan tezkor aloqasi
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Tezkor aloqa kommutatorlari
, operatorlar va korxona rahbarining aloqasini
tashkil qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nozimlik aloqasini tashkil qilishda
foydalaniladi. Ikkita ish o‘rniga ega bo‘lib, 19 tagacha abonent aloqalarini
ta`minlashga mo‘ljallangan.
Nozimlik kommutatorlari,
ishlab chiqarish nozimining tezkor aloqasini tashkil
qilish uchun mo‘ljallangan. Ikkita ish o‘rniga ega. 40 tadan 60 tagacha abonent
aloqalarini ta`minlaydi.
Selektorli chaqiruvga ega tezkor nozimlik aloqasi qurilmasi,
nozimlik stansiyasi
va abonenlik stansiyalaridan iborat bo‘lib, ikki o‘tkazgichli aloqa bo‘yicha
bog‘lanishni ta`minlovchi, 400-3000 Gs diapazonda ishlovchi qurilmaga ega.
Abonent stansiyalari soni 30 tagacha.
Direktorlik aloqasi kommutatori,
40 tagacha abonentlarni bog‘lash va abonentli
telefon stansiyasi bilan 4 ta aloqa bog‘lanishlariga ega. Kammutatorning sxemasi
barcha abonentlar bilan muntazam ikkiyoqlama so‘zlashuvni olib borish imkonini
beradi.
Direktorlik va nozimlik kommutatorlari guruhi
abonentlar bilan telefon va
baland so‘zlashuv aloqasini ta`minlaydi, muntazam kengashlarni o‘tkazish imkonini
beradi, abonentlarni tanlab yoki umumiy ajratib, kutish rejimiga o‘tkazishni amalga
oshiradi, abonentlarning o‘zaro so‘zlashuvini nazorat qilish imkonini beradi. Bunday
kommutatorlar 18, 36, 60, 120 tagacha aloqa bog‘lanishlariga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: