O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov


AVTOTRANSPORT VOSITALARIGA TXK VA TA`MIRLASH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   122
Usmanov darslik

6.7.
AVTOTRANSPORT VOSITALARIGA TXK VA TA`MIRLASH 
TEXNOLOGIK JARAYONINI BOSHQARISH VOSITALARI
 
 
Texnologik jihozlar avtomobil transporti harakat tarkibiga texnik xizmat 
ko‘rsatish va ta`mirlashning texnologik jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish uchun 
mo‘ljallangan va asosiy ishlab chiqarish fondlarning bir qismi hisoblanadi. 
Avtomobil transporti korxonasi va turli o‘lchamdagi birlashmalarning texnologik 
jihozlarga bo‘lgan talabi 
texnologik jihozlar va ixtisoslashgan uskunalar tabeli
bilan 
tavsiya etiladi va u uch guruhdan iborat: 
umumtexnikaviy jihozlar, garaj jihozlari, 
standarlashtirilmagan jihozlar.
 
Umumtexnik jihozlarga
metal kesuvchi va yog‘ochga ishlov beruvchi 
dastgohlar, temirchilik-bosma, kran va boshqa jihozlar. 
Garaj jihozlari vazifasi va murakkabligi bo‘yicha quyidagi asosiy ishlar uchun 
mo‘ljallangan jihozlarga bo‘linadi: yuvish va tozalash; ko‘tarish transport, moylash, 
moy, havo, ishchi suyuqliklar bilan zapravka qilish; nazorat tashxislash va rostlash; 
ajratish yig‘ish va ta`mirlash; shina montaj va shina ta`mirlash. 
Konstruksiyasi va texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta`mirlashni amalga oshirish 
bo‘yicha garaj jihozlari murakkab, sodda bo‘lishi mumkin. 
Texnologik jihozlar ham avtomobillar singari ishlash davomida eyilish, plastik 
deformatsiya, korroziya, fizik va ximiyaviy o‘zgarishlar va boshqa sabablar tufayli 
o‘zining texnikaviy holatini o‘zgartiradi va nosozliklar yuzaga keladi. 
Texnologik jihozlarning ishlash qobiliyatini ta`minlash maqsadida ularga 
texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash ishlari olib boriladi. 
Garaj jihozlari uchun uning murakkabligi va vazifasiga qarab quyidagi 
operatsiyalardan tashkil topgan texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash turlari 


294 
qo‘llaniladi: kunlik xizmat ko‘rsatish - KXK; davriy TXK; mavsumiy xizmat 
ko‘rsatish - MXK; JT; o‘rta ta`mirlash - O‘T; kapital ta`mirlash - KT. 
ATK yoki texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalaridagi jihozlar uchun texnik 
xizmat ko‘rsatish, ta`mirlash davri va hajmi harakatdagi nizom va tavsiyalar, hamda 
tayyorlovchi zavod tavsiyalari bilan belgilanadi. 
Umumiy texnik jihozlar uchun ta`mirlash siklining tarkibi reglamentlashtiriladi, 
ya‘ni jihozning ishlatilib boshlagandan boshlab bajarilgan barcha texnik xizmat 
ko‘rsatish va ta`mirlashlar ro‘yxati va ketma ketligi, kapital ta`mirlashgacha yoki 
uning orasida hamda ta`mirlash sikli, ta`mirlashlar orasidagi davr va texnik xizmat 
ko‘rsatish davriyligi belgilab qo‘yiladi (6.3-jadval va 6.4-jadval).
 
6.3-jadval 
Umumtexnikaviy jihozlarni ta`mirlash sikli tarkib va davomiyligi namunasi 
T.r 
№ 
Jihozlar 
Ishlash davomiyligi, 
soat 
Ta`mirlash sikli tarkibi 
TXK 
JT 
KT 

Metall kesish va 
boshqa dastgohlar 
1650 3300 30000 

Presslar 
750 
2300 14000 

Ko‘tarish transport 
jihozlari 
500 
2700 24000 

Ventilyatorlar 
240 
480 
4800 
 
6.4-jadval
Texnologik jihozni ta`mirlash murakkabligi birligigia to‘g‘ri keluvchi TXK va 
ta`mirlash solishtirma mehnat hajmi. 
TXK va ta`mirlash turi 
Ish hajmi, ishchi soat 
Dastgohlar 
Chilangarlik 
Boshqalar 
Mexanik jihozlar 
Texnik xizmat ko‘rsatish 
0,1 
0,75 



295 
Joriy ta`mirlash 
2,0 
4,0 
0,1 
O‘rta ta`mirlash 
7,0 
16,0 
0,5 
Kapital ta`mirlash 
10,0 
23,0 
2,0 
Elektrik jihozlar 
Texnik xizmat ko‘rsatish 


0,2 
Joriy ta`mirlash 
0,2 
1,0 

O‘rta ta`mirlash 
1,0 
5,0 
1,0 
Kapital ta`mirlash 
2,0 
11,0 
2,0 
Bu jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash mehnat hajmi 
t,
ushbu 
jihozni ta`mirlash murakkablik toifasining sonli qiymati 
NR
 
ni texnik xizmat 
ko‘rsatish va ta`mirlash mehnat hajmi birligiga ko‘paytirish bilan aniqlanadi, ya‘ni 
t
TXK, T
=NR
m
t
(TXK, T)m
+ NR
e
t
(TXK, T)e

(6.9)
bu erda 
NR
m
- mexanik va gidravlik jihozlar tizimini ta`mirlash murakkabligi birligi, 
NR
e
 
- elektrik jihozlar tizimini ta`mirlash murakkabligi birligi, 
t
(TXK, T)m
 
va t
(TXK, T)e 

mexanik, gidravlik va elektrik jihozlar tizimini ta`mirlash murakkabligining texnik 
xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash solishtirma ish hajmi (6.5-jadval).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin