Glossariy Avtotransport vositalarining texnik ekspluatatsiyasi - ularni ekspluatatsiya
qilish jarayonida xavfsiz, ishchan va soz texnik holatini ta`minlashga qaratilgan,
texnik xizmat ko‗rsatish, ta`mirlash, saqlash va texnik holatini tekshirish bo‗yicha
ishlar va xizmatlar majmuasi.
Avtomobilga texnik xizmat ko„rsatish – yuvish-tozalash, nazorat-sozlash,
mahkamlash ishlari, joriy ta`mirlash va yonilg‗i bilan ta`minlash orqali
avtomobilning tashqi ko‗rinishi va ishlash qobiliyatini saqlab turish yoki tiklash.
Avtomobilni saqlash – uning smenalar orasidagi vaqtlarda texnik saqlanishini
va ishga tayyorligini ta`minlash.
Avtoservis korxonasi – harakat tarkibiga texnik xizmat ko‗rsatish va
ta`mirlash bo‗yicha ishlarni bajaruvchi, huquqiy va jismoniy shaxslarga tegishli
korxona.
Axborotni tahlil qilish – belgilangan parametrlarga (oldindan taxmin qilishga
oid, rejali, me`yoriy) ega haqiqiy joriy ma`lumotlarni aniqlash bilan bog‗liq bo‗lgan
har qanday harakat. Axborotni tahlil qilish, zarur boshqaruvchi ta`sirni aniqlash
maqsadida amalga oshiriladi.
Avtomobilning ishonchliligi - uning belgilangan davr (masofa) mobaynida va
ma`lum ekspluatatsiya sharoitlarida buzilmay, ishchi tavsiflarini yo‗l qo‗yilgan
chegaralarda saqlab qolgan holda o‗z vazifalarini bajarish xususiyati.
Avtomobilning resursi - uning chegaraviy texnik holatigacha yuradigan yo‗li
yoki ishlaydigan soatlari miqdori.
Avtomobil (agregat, mexanizm) ning texnik holati - uning ishlash qobiliyati
va sozligi darajasini belgilaydigan parametrlarining nominalidan og‗ishlari majmui.
Boshqaruvchi ta`sirini shakllantirish – belgilangan holatga erishish
maqsadida, boshqarilayotgan ob‘ektga ta`sirlarning muvaqqat tavsiflarini aniqlash
bilan bog‗liq bo‗lgan har qanday harakat.