315
Chiziqli boshqaruv
– ―vertikal bo‗yicha‖ boshqaruv, ya`ni, korxonaning
pastdagi bo‗g‗inlari, yuqoridagi qat`iy belgilangan bo‗g‗inlarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri
bo‗ysinadi.
Funksional boshqaruv
– alohida vazifalar bo‗yicha boshqaruv bo‗lib, qaysiki
bunda yuqori bo‗g‗in ko‗plab yoki barcha pastki vazifalarga rahbarlik qiladi.
Innovatsiya
- innovatsion faoliyat jarayonida olingan, bozorda sotish uchun
mo‗ljallangan, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, amaliy faoliyatda foydalanish
uchun mo‗ljallangan, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon
ko‗rinishidagi yakuniy natija.
Joriy ta`mir
- paydo bo‗lgan buzilish va nosozliklarni bartaraf etish hamda
avtomobil va agregatlarni mukammal ta`mirgacha resurs me`yorlarini ta`minlash.
Joriy rejalash
– faoliyat bosqichlarida rejalash bo‗yicha hisob-kitoblar
bajariladi va texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlar aniqlanadi va shu asosda kelgusi yil
uchun korxona ishlab chiqarish-xo‗jalik, ijtimoiy va moliyaviy faoliyatining rejasi
ishlab chiqiladi.
Imitatsion modellash -
real ob‘ektda fizik tajribasiz faoliyat ko‗rsatishni
ta`minlaydigan real tizim holati modelini yaratish jarayoni va bu modelda tajriba
o‗tkazish.
Ishchi
– bevosita ishlab chiqarishda band bo‗lgan, hamda shu ishlab
chiqarishga xizmat qiluvchi va material xizmatlarni ko‗rsatish bilan band bo‗lgan
insonlar.
Ishlab chiqarish jarayoni
– xom ashyo va mtaeriallarni tayyor mahsulotga
aylantirish bo‗yicha korxona xodimlarining maqsadga yo‗naltirilgan harakatlari
to‗plami.
Ishlab chiqarish
– jamiyatning mavjud bo‗lishi va rivoji uchun zarur bo‗lgan
moddiy ne`matlarni yaratish jarayoni.
Dostları ilə paylaş: