5.3.
BUYURTMALARNI QABUL QILISH, AVTOSALONLARNI XIZMAT
KO‟RSATISH UCHUN TAYYORLASH
Avtoservis korxonalarining ishlab chiqarishini tashkil etish texnologiyasi
yagona o‘zaro bog‘lanish mezoni asosida avtomobilni yuvish - yig‘ishtirish - qabul
qilish uchun ko‘rib chiqish va zarur bo‘lgan hollarda avtomobilni tashxis postidan
o‘tkazib bajariladigan ishlar hajmini oldindan taxminiy aniqlash va ularni bajarish
shartlarini mijoz bilan kelishishdan boshlanadi. Shuni aytish zarurki, qaysi va qanday
ishlarni bajarishni tanlash va buyurish mijozning huquqidir. Bunda, albatta qabul
qiluvchi mutaxassis - servis xodimi unga malakali maslahatlar beradi.
Buyurtmalarni (avtomobillarni) qabul qilib olish maxsus hujjat «Avtoservis
korxonalarida avtomobillarni xizmatga qabul qilish va egasiga topshirish qoidalari»
asosida amalga oshiriladi. Shu maqsad uchun korxonada maxsus jihozlangan post
(ko‘targichli yoki estakada) ajratiladi.
Buyurtmalarni qabul qilish texnologik jarayonini quyidagi shaklda keltirish
mumkin (5.2-rasm).
Odatda, qabul qilish va texnik-nazorat, egasiga topshirish postlari birlashtirilib,
avtomobil bir joyda, yakka mutaxassis tomonidan qabul qilinadi hamda egasiga
topshiriladi.
Keltirilgan texnologik chizma umumiy bo‘lib, TXK va ta`mirlash ishlari hajmi
mijozning talabi va xohishiga qarab, o‘zgarishi, ko‘p variantli (8...10) bo‘lishi
mumkin. Masalan TXK ni to‘la hajmda bajarish va ta`mirlash, TXK ni ayrim ishlari
bilan ta`mirlash ishlarini bajarish va hakazo
Shuni ta‘kidlash kerakki, hamma hollarda avtomobilni yuvish-tozalash, qabul
qilib ko‘zdan kechirish ishlari bajariladi, xavfsizlikni ta`minlovchi mexanizmlar va
tizimlar tashxisdan o‘tkaziladi, zarurat bo‘lsa, chuqur tashxis qilib, so‘ng ishchi
postlariga yoki kutish joylariga jo‘natiladi.
227
5.2-rasm. Avtoservis korxonalarida avtoservisni tashkil qilishning texnologik
jarayoni:
Avtomobillarni xizmatga qabul qilish avtomobil, uning agregatlari, uzellari va
tizimlarining texnik holatini aniqlash, bajariladigan ishlar hajmini va muddatini
belgilash, shuningdek, zarur hujjatlarni to‘ldirish, mijozlar bilan muomala qilish kabi
ishlardan iborat.
Buyurtmachi-mijoz avtoservis korxonasi xizmatidan foydalanishi uchun
dastlab avtomobilning texnik pasporti va o‘zining shaxsiy hujjatlarini ko‘rsatishi
lozim. Agar avtomobil boshqa kishiga yoki tashkilotga qarashli bo‘lsa, ishonchnoma
qog‘ozi bo‘lishi shart. Yo‘l transport hodisasi natijasida shikastlanib qolgan
avtomobillar harakatining asosiy yo„nalishi; avtomobillar
harakatining ba‟zi hollardagi yo„nalishi; ta`mirlanadigan
agregatlar va detallar yo„nalishi.
228
avtomobilning texnik pasportida bu haqda davlat avtomobil inspeksiyasining belgisi
yoki maxsus ma‘lumotnomasi bo‘lishi talab etiladi. Davlat standartlariga zid ravishda
qayta jihozlangan, ishlab chiqarilishi to‘xtatilganiga 15 yildan oshgan avtomobillar
xizmatga qabul qilinmaydi.
Avtoservis korxonasiga texnik xizmat va ta`mirlashga muhtoj avtomobillar
kelib, uning oldidagi maydonda to‘xtaydi. Avtomobil zarur hollarda yuvish-tozalash
postiga, so‘ngra qabul qilish postiga kelib tushadi.
Avtomobil egasi - mijoz avtomobillarni qabul qiluvchi – dispetcher yoki
menedjerga uchraydi. Mijoz bilan qabul qiluvchi servis mutaxassisi barcha asosiy
masalalar: ishlar hajmi, sarf bo‘ladigan ehtiyot qismlar va materiallar miqdori, xizmat
narxining taxminiy miqdori va ko‘rsatiladigan xizmatlarning bajarish muddati
bo‘yicha kelishib, mijoz talablari asosida buyurtma – chek to‘ldirib bir nusxasini
mijozga beradi, bu hujjat avtomobilning korxonaga kirishiga ruxsatnoma sifatida
xizmat qiladi. Albatta, avtomobillarni xizmatga qabul qilish ham korxona yoki soha
rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Avtomobil egasi - mijoz bilan kelishilgan holda va uning ishtirokida avtomobilni
to‘la ko‘zdan kechirib chiqadi, uning umumiy texnik holati, ayniqsa, harakat
xavfsizligini ta`minlovchi tizimlariga katta e‘tibor bergan holda aniqlanadi.
Ko‘pchilik avtomarkazlarda va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish
korxonalarida avtomobilni xizmatga qabul qilish uni tashqi va ostki tomondan yuvish,
motor bo‘linmasini maxsus shlang yordamida yuvish, salonni tozalash va quritib
artishdan boshlanadi. Bu ishlar ko‘pchilik hollarda avtomatik rejimda ishlovchi
yuvish-quritish komplekslari yordamida bajariladi.
Avtomobillarni qabul qilish uchun ishlab chiqarish binosining kiraverishida
maxsus joy ajratiladi va jihozlanadi. Avtomobilning ostki qismlarini ko‘rib, nazorat
qilib chiqish uchun uchastkaga to‘rt tirgakli ko‘targichlar yoki estakadalar o‘rnatilga
bo‘ladi, ayrim hollarda qarov chuqurlaridan ham foydalanish mumkin. Qabul qiluvchi
mutaxassis to‘la komplekt chilangarlik asboblari va ayrim engil tashxislash
qurilmalari, masalan, gazoanalizator, lyuft o‘lchagich, akkumulyatorlar zaryadini
tekshiruvchi asbob va hakazo lar bilan ta`minlanadi.
229
Hajmi va qiymati o‘zgarmas bo‘lgan ishlar, masalan, yuvish, tozalash,
avtomatik tashxis, moy almashtirish va hakazo ishlarni bajarish uchun avtomobillarni
qabul qilish ko‘p vaqt talab etmaydi.
Avtomobil qabul qilingandan so‘ng ishchi postlariga qo‘yiladi yoki maxsus
kutish joylariga o‘tkaziladi. Qabul qilish vaqti o‘rtacha 20-30 daqiqani tashkil etadi.
Ayrim hollarda, qabul qilish postida avtomobildagi nosozliklar sababini
aniqlashning imkoni bo‘lmasa, avtomobil maxsus tashxis uchastkasiga jo‘natiladi va
maxsus priborlar, stendlar yordamida mutaxassislar tomonidan avtomobilning texnik
holatiga diagnoz qo‘yiladi. Kerakli hujjatlar to‘ldirilgandan so‘ng (texnik holat
dalolatnomasi, buyurtma-naryad) avtomobil TXK yoki ta`mirlash uchastkasiga
jo‘natiladi. TXK yoki ta`mirlash uchastkalarida avtomobilga naryadda ko‘rsatilgan
profilaktik, ta`mirlash yoki nosoz detallar va agregatlarni sozlariga almashtirish
ishlari bajariladi. Agar TXKga qo‘shib ta`mirlash ishlari bajarish talab etilsa, oldin
ta`mirlash, so‘ngra TXK ishlari bajariladi. Ishlarni bajarish jarayonida naryadda
ko‘rsatilmagan ta`mirlash ishlari chiqib qolgan hollarda, bu ishlarga mijoz bilan
kelishilgan holda qo‘shimcha naryad yoziladi.
Avtomobilni ta`mirlashda buyurtmachi mijoz tomonidan keltirilgan ehtiyot
qismlar va materiallardan, agar ular texnik shartlar talablariga mos tushsa,
foydalanishga ham ruxsat etiladi.
Avtomobilning korxonada turish vaqti bir sutkadan ortib ketishi ehtimoli
bo‘lgan hollarda uning butligi va umumiy texnik holatiga qaydnoma tuziladi.
Qaydnomada avtomobilning tashqi ko‘rinishidagi barcha kamchilik, nosozliklar,
eshik, kapot va oynalarni ochish-yopish mexanizmlarining holati, etishmagan
qismlari (zahira g‘ildirak, asboblar, fara va podfarnik, oynalar va hakazo) to‘la
ko‘rsatiladi. Qaydnomani tomonlar imzolaganlaridan so‘ng uning bir nusxasi mijozga
beriladi.
Avtoservis korxonalarida TXK va ta`mirlash ishlarini bajarish yakka usulda,
tayyor ehtiyot qismlar yoki ta`mirlangan detallardan foydalangan holda yakunlanadi,
ya‘ni har bir avtomobilda bajariladigan ish turlari va hajmi aynan shu avtomobilning
texnik
holatidan
va
mijozning
talablaridan
kelib
chiqadi.
Ta`mirlash
230
«begonalashtirilmagan» usulda olib boriladi, ya‘ni ishlash qobiliyati ta`mirlanib
tiklangan detallar, uzellar va agregatlar o‘z avtomobillaridagi o‘rinlariga qaytariladi.
Avtomobilning avtoservis korxonasida turish vaqti nafaqat qismlarga ajratish-yig‘ish,
tashxislash va sozlash ishlari vaqtidan, balki yangi ehtiyot qismlar olish yoki
detallarni ustaxonalarda tiklash vaqtlarini ham o‘z ichiga oladi.
Avtomobillarga TXK va ta`mirlash ishlari uchun haq barcha avtoservis
korxonalarida buyurtmachi tomonidan davlat moliya organlari ma‘qullagan maxsus
narxnomalar asosida to‘lanishi lozim.
TXK va ta`mirlashda foydalanilgan ehtiyot qismlar va asosiy materiallar narxi,
bu narxnomalarda ko‘rsatilmagan hollarda hisoblash erkin bozor narxlari asosida
o‘tkaziladi. Narxnomalarda ko‘rsatilmagan TXK va ta`mirlash ishlari uchun to‘lov,
mijoz bilan kelishilgan holda korxona rahbari tasdiqlagan ish vaqti me‘yori va 1
me‘yor-soatning narxi asosida hisoblanadi, bunda ishlarni bajarish sharoit toifasi ham
ko‘zda tutiladi.
Kuzovlarni ta`mirlash va bo‘yash jarayonlarida avtomobillar agregatlari,
uzellari va bo‘laklarini zaruriy hollarda chiqarib olish va o‘rnatish bo‘yash ishlari
narxiga kirmaydi va buyurtmachi tomonidan narxnomaga asosan alohida to‘lanadi.
Avtomobillarga TXK va ta`mirlash korxonalarida bajarilgan ishlar maxsus II -
bo‘g‘in yo‘llanma hujjati «Avtotexxizmat korxonalarida mijozlar buyurtmasiga ko‘ra
texnik xizmatdan o‘tgan avtomobillar elementlari texnik holatiga talablar» asosida
nazoratdan o‘tkaziladi. Mazkur hujjat ta`mirlangan detallar, uzellar, agregatlar texnik
holatini yuqorida keltirilganidek kafolatlaydi.
Barcha zarur ishlar bajarib bo‘lingandan so‘ng, avtomobil egasiga topshirish
uchun yana qabul qilingan bo‘limga keltiriladi va maxsus texnik nazoratdan
o‘tkaziladi. Buyurtmada ko‘rsatilgan barcha ishlarning bajarilganligi, ularning sifati,
avtomobilning umumiy holati va butligi yana bir karra texnik nazoratdan o‘tkazilib,
xizmatlar, sarflangan ehtiyot qismlar va materiallar uchun buyurtmachi bilan hisob-
kitob qilinib egasiga taqdim etiladi yoki tayyor avtomobillar qatoriga qo‘yiladi.
Avtomobilni qabul qilib olganlik to‘g‘risida uning egasi buyurtmaga imzo chekadi va
xizmat haqi to‘langach, avtomobilini olib ketadi. Avtomobilni topshirish vaqtida agar
231
uning egasi buyurtmadagi ishlarni bajarishdan qoniqish hosil qilmasa, uning haqli
e‘tirozlari qondiriladi. Odatda avtoservis korxonalarda qabul qilish va egasiga
topshirish postlari birlashtirilib, bir joyda tashkil etiladi va qabul qilib olgan
mutaxassis xodimning aynan o‘zi avtomobilni yana egasiga topshiradi.
Dostları ilə paylaş: |