O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   122
Usmanov darslik

 Ettinchi sxema.
Mahsulotning har bir tayyorlangan to‘dasidan sinovlarga tanlab 
olishga asoslangan. Tanlab olish sinovlarning natijalariga qarab to‘dani ortish uchun 
qaror qabul qilinishi aniqlanadi. Bu xildagi sertifikatlashtirish uchun tanlanmaning 
hajm aniqlanishi lozim. Bu esa tayyorlangan to‘daning katta-kichikligiga maqbul 
bo‘ladigan sifat darajasiga bog‘lik. Qabul qilingan qoidaga asosan tanlanmani 
to‘plash, vakolatlangan sinov tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu xil 
sertifikatlashtirish qo‘llanilishi statistik usulni qo‘llash bilan bog‘liqdir. 
Sakkizinchi sxema. 
Har bir tayyorlangan, ayrim buyumning standartlar talabiga 
muvofiqligi sinovlar o‘tkazib aniqlashga asoslangan. Bu sertifikatlashtirish usulida 
yuqorida sxemalarga qaraganda ta`minlovchining mas‘uliyati ancha yuqori. Tabiiyki, 
muvaffaqiyatli sinovlardan o‘tgan buyumlargina sertifikat yoki muvofiqlik belgisini 
oladi. 8-sxema mahsulotga nisbatan yuqori va kat‘iyrok talablar qo‘yilganda 
ishlatilishga asoslangan yoki mahsulotning ishlatilishi natijasida standart talablarga 
mos kelmasligi iste‘molchiga katta iqtisodiy zarar etkazganida qo‘llaniladi. Bu xil 
sertifikatlashtirish qimmatbaho metallardan va qotishmalardan tayyorlanadigan 
buyumlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bundan asosiy maqsad qimmatbaho metallarning 
belgilangan miqdorini, tarkibini va buyumning tozaligini tekshirishdir. 
Sertifikatlashtirish sxemasining ichida eng mukammal va murakkabi beshinchi 
sxemadir. Bu sxema to‘liq bo‘lganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi zamon 
xalqaro sertifikatlashtirish tizimi yaratilmokda. Sertifikatlashtirish tizimlarini 
boshkaruvchi idora muayyan turdagi mahsulot sifatining nazoratini tashkil etish, 
standartlarga rioya qilishni majburiy talab etishini, iste‘molchi va savdo talablarini 
e‘tiborga olib, mamlakatdagi amalda bo‘lgan konunlar va me‘eriy hujjatlar asosida 
o‘z ishini tashkil etadi. Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni o‘tkazish, korxonadagi 
va savdo shaxobchasidagi mahsulotning sifatini nazorat qilish hamda nazoratni 
tashkil qilish va shunga o‘xshashlarni bajarib, uchinchi tomon vazifasini bajaradi. 
Avtomobil transportida sertifikatlashtirish tizimi, bir turdagi mahsulot va 
xizmatlarni kompleks o‘zaro bog‘liqligidan iborat bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi (5.3-rasm). 


237 
5.3-rasm. Avtomobil transporti tizimini sertifikatlash sxemasi. 
1. Mexanik transport vositalari va tirkamalar; 
2. Yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlarini sertifikatlashtirish tizimi; 
3. Avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatishni sertifikatlashtirish tizimi; 
4. Ixtisoslashtirilgan va maxsus ishlarni bajarish uchun jihozlangan 
avtomobillarni sertifikatlashtirish tizimi; 
5. Foydalanishdagi mahsulotlarni sertifikatlash tizimi; 
6. Texnologik jihozlarini (oborudovanie) sertifikatlashtirish tizimi; 
7. Avtomobil yo‘llarini sertifikatlash tizimi; 
8. Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarini sertifikatlash tizimi. 
Sertifikatlash tizimining tashkiliy tuzilmasi quyidagi tizim qatnashchilaridan 
iborat; 
-O‘zbekiston respublikasi sertifikatlashtirish Milliy organi; 
- sertifikatlashtirish organi; 
- sinov laboratoriyalari; 
- sertifikatlashtirish kengashi; 
- metodik markazlar; 
- Apellyatsiya kengashi. 
Milliy sertifikatlash organi - 
―O‘davstandart‖ 
Ilmiy-metodik markaz O‘zTMTI
*
- tizimi 
(
*
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya sertifikatlash- 
tirish va mahsulot sifatini boshqaish sohasidagi tadqiqotlar 
va mutaxassislar tayyorlash instituti) 
Avtomobil 
transportida yuk
va yo‘lovchi 
tashishlar xizmatini 
sertifikatlash 
organi 
Mexanik 
transport 
vositalari va 
tirkamalarni 
sertifikatlash 
organi 
Texnik 
xizmat 
ko‘rsatish va 
ta`mirlashni
sertifikatlash 
organi 
Foydalanilgan 
mahsulotlarni 
sertifikatlash 
organi 
Avtomobil 
yo‘llarini 
sertifikatlash 
organi 
Yoqilg‘i 
quyish 
shaxobcha-
larini 
sertifikatlash 
organi 
Sinov laboratoriyalari (markazlari) 


238 
Avtomobil transportida sertifikatlash tizimi boshqaruvini «O‘zdavstandart» - 
milliy organi amalga oshiradi. 
Sertifikatlashtirish tizimining boshqarmasi bir turdagi mahsulot va xizmatlarni 
sertifikatlashni uning organi orqali amalga oshiriladiga yoki markaziy organning 
ko‘rsatmasiga asosan bajariladi. 
Sertifikatlash organi va sinov laboratoriyalari «O‘zdavstandart» tomonidan 
belgilangan tartibda akkreditlangan bo‘lishi va O‘zbekiston respublikasi Milliy 
sertifikatlash tizimining Davlat reestriga kiritilgan bo‘lishi kerak. 
Avtomobil transport sohasini sertifkatlash organi tomonidan hohishiga asosan 
«O‘zdavstandart» ning vakillari ishtirokida va uni joylardagi bo‘limlarida, Ichki 
ishlar vazirligi, «O‘zavtotrans» agentligi, tovar ishlab chiqaruvchi va istemolchilar 
mahsulotlari va mahsulot va xizmatlarini sertifikatlash xizmatlari organlari hamda 
sinov laboratoriyalari shuningdek boshqa talabgor tashkilotlar bilan birgalikda 
tashkillashtiriladi. 
Mahsulotlar va xizmatlar sifatini oshirish, ularni zamonaviy xalqaro talab va 
me‘yorlarga mosligini ta`minlash hamda mahalliy mahsulotlarning raqobatoshligini 
oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2002 yilning 3-
oktyabrida «Standartlashtirish, metrologiya va mahsulot hamda xizmatlarni 
sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 342-sonli 
qarorini qabul qildi. Bu qarorga muvofiq, O‘zbekiston davlat standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga («O‘zstandart» agentligiga) aylantirildi. 
«Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonun 4 ta bo‘lim va 12 ta moddadan iborat 
bo‘lib, 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan. 
I bo‘lim. Umumiy qoidalar. 
II bo‘lim. Standartlashtirishga oid me‘yoriy hujjatlar. 
III bo‘lim. Standartlar ustidan davlat nazorati. 
IV bo‘lim. Davlat yuli bilan standartlashtirish va ta`minoti. Standartlarni 
qo‘llashni ragbatlantirish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin