O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov


SERVIS KORXONALARINING FARQLANISH JIHATLARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   122
Usmanov darslik

5.2.
SERVIS KORXONALARINING FARQLANISH JIHATLARI
 
Avtomobil transporti servis korxonalari, o‘lchamlari bo‘yicha kichik, o‘rta va 
yirik turlarga ajratiladi. 


224 
Servis korxonalarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining 2 may 2012 
yildagi ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari‖ haqidagi qonuni bilan tartibga 
solinadi. Korxona asosiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan ish bilan shug‘ullanishi va 
ko‘p tarmoqli bo‘lishi ham mumkin. Ishlab chiqarish faoliyatining bunday 
diversifikatsiyasi, o‘zgaruvchan bozor sharoitlarida korxonaning yashovchanligini 
ta`minlab beradi. Ammo jahon tajribasining ko‘rsatishicha, korxonaning haddan 
tashqari ko‘p tarmoqli bo‘lishi, ko‘p hollarda uning ish samaradorligi darajasi va mos 
holda raqobatbardoshliligining past bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 
Shuning uchun ham ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashni texnologik va 
tashkiliy jihatdan o‘zaro bog‘liq faoliyatlarni rivojlantirish yo‘nalishida amalga 
oshirish tavsiya qilinadi. Masalan, texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi nafaqat harakat 
tarkibiga xizmat ko‘rsatish, balki ta`mirlash, avtomobillar, ehtiyot qismlar va 
ta`mirlash materiallarini sotish faoliyati bilan ham shug‘ullanishi mumkin. 
Servis korxonalarining farqlanish jihatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish 
mumkin: 
1) resurslarning barcha turlari o‘lchamlarining kichikligi, jumladan korxonani 
qurish va faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan xususiy kapitalining ham; 
2) loyihaviy quvvatlarni yaratish va o‘zlashtirish muddatlarining tezkorligi; 
3) kapital mablag‘larning tez qoplanishi va kapital aylanmasi tezligining 
yuqoriligi; 
4) iste‘molchi (mijoz) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa va talabga nisbatan tezkor 
munosabat bildira olish qobiliyati; 
5) mahalliy resurs imkoniyatlaridan foydalanishda yuqori samaradorligi
jumladan band bo‘lmagan va eskirgan asosiy mablag‘lardan ham; 
6) xodimlar sonining nisbatan ko‘p emasligi tufayli tashkiliy tuzilmasining 
soddaligi; 
7) jamoa a‘zolarining ish sifati, xo‘jalik faoliyati natijalari va undan moddiy 
manfaatdorlikni anglab etishlari asosida yuzaga keladigan mehnatga ishtiyoqining 
kuchliligi; 


225 
8) boshqarishning soddaligi, odatda yirik xo‘jalik tizimlariga xos bo‘lgan 
qog‘ozbozlik elementlarining yo‘qligi; 
9) o‘zgaruvchan bozor sharoitlariga tez moslanuvchanlik imkoniyatlarini 
taqozo qiluvchi yuqori darajadagi epchillik va harakatchanlik; 
10) o‘zining epchilligi va harakatchanligi tufayli tavakkalchilikka bora olish 
imkoniyati. 
Ma‘lumki, servis korxonalari huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lib, amaldagi 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga ko‘ra huquqiy shaxslar mustaqil 
balans va smetaga ega bo‘lishlari zarur.
Avtoservis xizmatlari tizimida servis korxonalarini boshqa belgilari bo‘yicha 
ham kichik, o‘rta va yirik toifalarga ajratish ko‘zda tutilgan. Bu ishchi postlari soni va 
bajariladigan ishlarning turlari bo‘yicha. 
Kichik turdagi servis korxonalari sirasiga, ish postlari 10 tagacha bo‘lgan va 
quyidagi ishlarni bajaradigan korxonalar kiradi: yuvish-tozalash, tezkor-tashxislash
texnik xizmat ko‘rsatish, moylash, shinomontaj, elektro-injektor, akkumulyatorlarni 
zaryad qilish, kuzov, payvandlash, agregatlarni texnik ta`mirlash hamda ehtiyot 
qismlar, avtojihozlar va ekspluatatsiya materiallarni sotish ishlari.
Ishchi postlari soni 11 tadan 35 tagacha bo‘lgan o‘rta turdagi servis korxonalari 
ham xuddi kichik turdagi korxonalarda bajariladigan ishlarni bajaradi. 
Bundan tashqari o‘rta turdagi servis korxonalarida avtomobilning texnik 
holatini to‘liq tashxislash, qoplamachilik ishlari, agregatlarni almashtirish, 
akkumulyator batareyalarini almashtirish hamda avtomobillarni sotish ishlari amalga 
oshiriladi. 
Ishchi postlari 35 tadan ortiq bo‘lgan servis korxonalarida ham o‘rta turdagi 
korxonalardagi barcha ishlar to‘liq amalga oshiriladi. Bundan tashqari katta 
korxonalarda agregatlar va uzellarni mukammal ta`mirlash ishlarini amalga oshirish 
uchun ixtisoslashgan uchastkalar ham mavjud bo‘ladi. Odatda bunday korxonalarda 
avtomobillar bilan savdo-sotiq ishlari ham yo‘lga qo‘yiladi. 


226 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin