177
ma‘lum
Noaniq
Ma‘lum
Aniqlash zarur
Ehtimolligi
noma‘lum
Aniqlik sharoitlarda "muhitning" holati ma‘lum, ya‘ni uchunchi guruh omillari
ta‘sir qilmaydi yoki doimiy deb qabul qilinishi mumkin. Bunda standart vaziyatlar
uchun maqsad funksiyasi har bir aniq holatda ko‘rilmaydi, qaror esa ishlab chiqilgan
qoidalarga mos holda quyidagicha hal qilinadi. Berilgan sharoitlarda maqsad
funksiyasining ekstremal qiymatlarini ta`minlovchi qarorlar elementlari aniqlanadi.
Aniqlik sharoitlarda maqsad funksiyasining optimal qiymatlari grafik yoki analitik
yo‘l bilan olinadi.
Qachonki uchta guruh omillari ham ta‘sir qilganda qaror qabul qilish (qarorni
tanlash) masalasi quyidagicha hal qilinadi: berilgan sharoitlarda noma‘lum
omillarning ta‘sirini hisobga olgan holda maqsad funksiyasining ekstremal qiymatini
olish imkonini beruvchi qaror elementlarini topish talab qilinadi.
Agar "muhitning" (uchinichi guruh omillarning) u yoki bu holatining yuzaga
kelishi ehtimolligi aniqlangan yoki baholangan bo‘lsa, qaror qaltis sharoitlarda qabul
qilinadi.
Agar "muhit" holatning ehtimolligi noma‘lum bo‘lsa bunda masala noaniqlik
sharoitlarda hal qilinadi.
3.
Qaror qabul qilishda qo‟llaniladigan vositalarga bog‟liq holda quyidagilar:
algoritmik yondashuv (qonunlar, qoidalar, me‘yorlar); mutaxassislar jamoasining
fikrlari (ekspertiza); analitik ifodalanadigan jarayonlar uchun hisob-analitik usullar
(funksiyani maksimum va minimumga tadqiq qilinadi, dasturlash, umumiy xizmat
nazariyasi va boshqalar); jarayonlarni modellashtirish; aslini kuzatuv yoki tajriba
o‘tkazishdan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: