O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   122
Usmanov darslik

loyiha 
konstruktorlik
: zamonaviy ATK loyihasini ishlab chiqish, mavjud ATK ishlab 
chiqarish texnika bazasini qayta qurish, texnik qayta jihozlash, nostandart texnologik 
jihozlarni loyihalash, tayyorlash. 
Tajriba-tadqiqot
: ATK ishlab chiqarish texnika 
bazasini, TXK va JT texnologik jarayonini, avtomobil transporti vositalari (ATB) 
ekspluatatsion ishonchliligini tadqiq etish. 
Ishlab chiqarishni boshqarish:
ATV 
texnik ekspluatatsiyasi, ATK va nostandart jihozlar loyihalarini ishlab chiqish, 
avtomobil transporti sohasida texnik ekspluatatsiyani boshqarish bo‘limlariga 
rahbarlik qilish. 
Ekspluatatsion-texnologik:
avtotransport korxonalari faoliyatini 
boshqarish, texnika xizmati bo‘limlariga rahbarlik qilish. 
Ilmiy-pedagogik:
oliy, o‘rta 
maxsus va professional ta‘lim bilim yurtlarida pedagogik faoliyat yuritish. 
Magistr har tomonlama kamolotga etgan, fundamental ilmiy bazaga, ilmiy 
ijodkorlik uslubiyatiga ega, zamonaviy axborot texnologiyalarini bilish, ilmiy 
axborotlarni olish usullari, ishlash va saqlashni bilishi, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-amaliy 
va ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyor bo‘lishi kerak. 
Muhandis - mutaxassis, nazariy bilimlarga, professional ko‘nikmalariga 
ishbilarmonlik sifatlariga suyangan holda, tahlil, hisob va boshqa usullar asosida 
texnik, texnologik tizimlarni belgilangan parametrlarda ishlashini ta`minlaydi. 
Muhandis faoliyatining ob‘ekti-avtomobil parki bo‘lib, faoliyatining maqsadi 
avtomobil parkini mehnat va material resurslarni optimal sarf qilgan holda ishonchli 
ishlashini ta`minlash va atrof muhitga, hodisalarga va aholiga salbiy ta‘sirni 
kamaytirishdir. 
Muhandisga quyidagi ishlab chiqarish faoliyatlari xosdir: ishlab chiqarish 
texnologik; tashkiliy-boshqaruv; loyihaviy va tadqiqot; va boshqalar. 
ATK boshqarish tizimida egallagan o‘rniga qarab mutaxassisning bajarayotgan 
vazifasi qaytadan taqsimlanadi (3.2-jadval). 


161 
3.2-jadval 
Muhandis texnika xizmati muhandisini (MTX) faoliyat sohalari 
Faoliyat sohalari 
Faoliyat sohalarining vaqt bo‘yicha taqsimlanishi 
MTX 
to‘liq 
Muhandis 
Texnika bo‘limi 
boshlig‘i 
Bosh 
muhandis 
Texnologik 
36 
80 
31 
12 
Tashkiliy-boshqaruv 
32 

33 
50 
O‘quv 
tarbiyaviy 
va 
jamoat 
17 
14 
23 
27 
Material-texnika 
ta`minoti va boshqalar 
14 

13 
11 
Xodimlarni rahbarlik lavozimiga ko‘tarish pog‘onasi asosan uch xil yo‘nalishda 
bo‘lishi mumkin: ishlab chiqarishdan; boshqarishdan; aralash (3.3-jadval). 
3.3-jadval 
Yo‘nalishi 
YUqori lavozim 
Rahbar 
Bosh muhandis 
Ishlab chiqarish 
0,21 
0,09 
Boshqarish 
0,24 
0,13 
Aralash 
0,55 
0,78 
Ishlab chiqarishdan ko‘tarilgan xodimlar ishni ustalikdan, mexaniklikdan, 
ustaxona boshlig‘idan, ishlab chiqarish boshlig‘i lavozimlaridan boshlashgan.
Boshqarishdan 
ko‘tarilgan 
xodimlar 
ishni 
muhandislikdan, 
katta 
muhandislikdan, bo‘lim boshlig‘i lavozimidan boshlaganlar. 
Aralash yo‘nalishdan ko‘tarilgan xodimlar ham ishlab chiqarishda ishlab, ham 
boshqarishda ishlab yuqori lavozimga ko‘tarilganlar. 
65 % hollarda rahbar o‘z ishini texnika xizmati bo‘limidan boshlagan; 80 % 
hollarda bo‘lajak bosh muhandis o‘z ishini ustaxonadan, mexaniklikdan boshlagan. 


162 
Texnika xizmatiga qo‘yiladigan talab ularning bajarayotgan vazifalaridan va bu 
vazifalarni boshqarish pog‘onasining bosqichlariga qarab o‘zgarishidan kelib chiqadi. 
Muhandislar lavozim pog‘onalaridan ko‘tarilgan sari bajarayotgan vazifalarining 
tarkibi ham o‘zgaradi. 
Boshqarish darajasi qancha yuqori bo‘lsa shuncha ko‘p tashkiliy-jamoatchilik 
vazifalarini bajaradi. 
Amerikalik 
mutaxassislarning 
ma‟lumotiga 
ko‟ra 
texnika 
xizmati 
mutaxassisining ish vaqti balansi quyidagicha: 
-
texnik va texnologik masalalarni echish - 30 %; 
-
ma‘muriy va tashkiliy masalalarni echish-30 %;
-
aloqalar, ichki va tashqi-20%; 
-
ishchilar bilan munosabat-20 %. 
Muhandislik xizmati rahbarining asosiy funksiyalari quyidagilarni o‟z ichiga 
oladi: 
TXK va ta`mirlashni rejalashtirish, tashkil qilish va hisoboti; xodimlar bilan 
ishlash (ularni o‘qitish, malakasini oshirish); ijtimoiy masalalar; texnika xizmati 
bo‘limlari ishini koordinatsiya qilish va tashqi aloqalar (avtomobillarni ehtiyot 
qismlarini materiallarni buyurtirish). 
Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra kelajakda avtomobil transportida ikki 
xil mutaxassislik asosiy o‘rinni egallashi bashorat qilinmoqda: haydovchidan yoki 
mexanikdan to rahbar lavozimigacha ko‘tarilgan, avtomobil tuzilishini yaxshi 
biladigan, ishlab chiqarishning nozik masalalari bo‘yicha har tomonlama tajribaga 
ega bo‘lgan – menejer; ishlab chiqarishni boshqarishning uslubi va texnikasini yaxshi 
va mukammal biladigan – menejer. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin