Ona tili, 5-sinf qoidalari Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/21
tarix19.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#117779
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Ona tili, 5 sinf qoidalari Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’za



t.me/tilshunoslik/beneficialeducation 
1
ONA TILI 
(5-sinf: qoida, test + qo’shimchalar tasnifi, allomalarni anglatuvchi tasviriy ifodalar) 
Bilimsizlik bilan ishga kirishsang, 
Foydasi bo’lmaydi qancha tirishsang. 
2019-yil


t.me/tilshunoslik/beneficialeducation 
2
Ona tili, 5-sinf qoidalari 
1.Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u 
ijtimoiy hodisa sanaladi. 
1989yilning 21 – oktabr kuni o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Shundan boshlab ta’lim-tarbiya ishlari, 
majlislar, ish qog’ozlari, asosan, o’zbek tilida yuritiladigan bo’ldi. 
Ma’lum bir fikrni ifodalash uchun so’zlarni tilimizning muayyan qoidalari asosida bir-biriga bog’lab, gap tuzamiz. 
So’zlarni bir-biriga bog’lanishi, gap va uning turlarini o’rgatadigan tilshunoslik bo’limiga sintaksis, tinish belgilari 
va ularni yozma nutqda to’g’ri qo’llash yo’l-yo’riqlarini o’rgatuvchi tilshunoslik bo’limiga esa punktuatsiya 
deyiladi. 
2.1.Baliqchi chol oltin baliq ushlab oldi. 2. Sevinibdi. Bularning har ikkisi gap, lekin birinchisi bir necha so’zdan, 
ikkinchisi esa faqat bitta so’zdan tashkil topgan. Ularning har ikkisi uchun muhim narsa kesimlarning mavjudligi
tugallangan ohang bilan aytilishi va fikr ifodalashidir. Ana shu belgisi bilan gap so’z va so’z birikmasidan farq 
qiladi. 
3.Ohang va fikr tugalligiga ega bo’lib, kesimlik shakllari orqali ifodalanuvchi so’z va so’zlar qo’shilmasiga gap 
deyiladi. Masalan: Vohid o’rnidan turdi. Yozuvda gap oxiriga nuqta, so’roq yoki undov belgilaridan biri 
qo’yiladi va har bir gap bosh harf bilan boshlanadi. 
4.Gapda so’zlarning bog’lanishi: so’zlarning bog’lanishi ikki xil bo’ladi: teng bog’lanish va tobe bog’lanish. 
Olma va o’rik shaklidagi bog’lanish teng bog’lanish, olmani yemoq shaklidagi bog’lanish esa tobe bog’lanish 
sanaladi. 
5.So’z birikmasi. Ikki so’zning biri tobe, ikkinchisi hokim tarzidagi bog’lanishi tobe bog’lanish deyiladi. Tobe 
bog’lanishda doimo ikkita qism: tobe va hokim so’z bo’ladi. Tobe so’z hokim so’zga bog’lanadi. So’roq hokim 
so’zga qarab beriladi. So’roqqa javob so’z tobe qism sanaladi. Masalan: Ozod, obod, maftunkor, beqiyos  tobe 
o’lkam  hokim. 
6.Gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra to’rt xil shakli bor: a) darak gap; 2) so’roq gap; 3) buyruq gap; 4) istak 
gap. 
7.Darak gap. Darak gapda biror voqea-hodisa haqida xabar beriladi. Shuning uchun darak gaplarning kesimi 
darak-xabar ma’nosini bildiruvchi so’zlar yordamida ifodalanadi. Masalan: Vatanimizning har bir qarich yerini 
qadrlaymiz. Darak, xabar ma’nosini bildiruvchi gaplarga darak gaplar deyiladi. Darak gaplar oxiriga yozuvda 
doimo nuqta qo’yiladi. 
8.So’roq gap. So’roq ma’nosini bildirgan gaplar so’roq gaplar hisoblanadi. So’roq gaplar so’roq olmoshlari (kim, 
nima, qancha kabi), so’roq yuklamalari ( -mi, -a (ya), -chi) yoki so’roq ohangi yordamida ifodalanadi. Masalan: 
Tunda yo’lga chiqamiz. – Tunda? Yozuvda so’roq gap oxiriga so’roq (?) belgisi qo’yiladi. 
So’roq olmoshlari yordamida ifodalangan so’roq gaplar so’roqqa javob bo’luvchi so’zni talab qiladi. Masalan:
Ko’chatlarga kim suv quydi? - Salim. 
So’roq yuklamalari yordamida ifodalangan so’roq gaplar ha yoki yo’q javoblarini talab qiladi. Yozuvda -mi 
yuklamasi qo’shib yoziladi: senmi?; -chi va -a (ya) yuklamlari esa o’zi qo’shilayotgan so’zdan chiziqcha bilan 
ajratib yoziladi: sen-chi? 
9.Buyruq gap. Buyurish, da’vat qilish ma’nolarini bildirgan gaplar buyruq gap hisoblanadi. Masalan: Chiroyli yoz. 
Buyruq gaplarning kesimi buyruq shaklidagi fe’llar orqali ifodalanadi. Buyruq gap oxiriga nuqta qo’yiladi. 
10.Istak gaplar. Kesimi -sa shaklidagi fe’llar orqali ifodalangan gaplar istak gap hisoblanadi. Masalan: Xorijiy 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin