Ona tili, 5-sinf qoidalari Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/21
tarix19.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#117779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Ona tili, 5 sinf qoidalari Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’za

o’g’li, burni kabi yoziladi. 
40.Sifat. Qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’lib, narsa-buyumning belgisini bildirgan so’zlarga sifat deyiladi. 
Belgi deganda, rang-tus, maza-ta’m, shakl-hajm, xil-xususiyat kabilar tushuniladi. Sifat gapda aniqlovchi, hol yoki 
kesim bo’lib keladi. Sifat gapda otga bog’lansa, aniqlovchi, gapning oxirida kelsa, kesim vazifasini bajaradi. 
Masalan: Bu ko’rkam bino – kasb-hunar kolleji. Bu gullar xushbo’y. 
41.Sifat darajalari. Muayyan bir belgining ortiq-kamligi jihatidan farqlanishi sifat darajasi deyiladi. Sifatlarda 
to’rtta daraja bor: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja, ozaytirma. Narsalar orasidagi belgi o’zaro 
taqqoslanmasa oddiy daraja deyiladi. Masalan: yuksak, uzun, hushyor, kalta. Bir narsadagi belgining boshqalariga 
nisbatan ortiq yoki kamligi qiyosiy daraja deyiladi. Qiyosiy daraja oddiy darajadagi sifatga -roq qo’shimchasini 
qo’shish bilan hosil bo’ladi. Masalan: yuksakroq, uzunroq, hushyorroq, kaltaroq. Belgining bir narsadan 
boshqalariga nisbatan eng ko’p ekani orttirma daraja deyiladi. Orttirma daraja eng, juda, nihoyat kabi so’zlar bilan 
hosil bo’ladi. Masalan: eng yuksak, juda uzun. Belgining bir narsadan boshqalariga nisbatan bir qadar kam ekani 
ozaytirma daraja deyiladi. Ozaytirma daraja sal, biroz, xiyla, nim kabi so’zlar bilan hosil bo’ladi. Masalan: biroz 
yuksak, sal uzun. 
42.Son. Qancha?, necha?, nechanchi? so’roqlariga javob bo’lib, narsalarning son-sanog’ini va tartibini bildirgan 
so’zlarga son deyiladi. Sonlar ikkiga bo’linadi: 1) miqdor sonlar; 2) tartib sonlar. Qancha?, necha? so’roqlariga 
javob bo’lgan sonlar miqdor sonlar, nechanchi? so’rog’iga javob bo’lgan sonlar tartib sonlar hisoblanadi. Son 
gapda otga bog’lansa, aniqlovchi, fe’lga bog’lansa hol, gapning oxirida kelsa, kesim vazifasini bajaradi. Masalan: 
Sinfimizda yigirma besh o’quvchi bor. U olmadan beshta oldi. O’nning yarmi – besh. 
43.Sonlarning yozilishi. Ikki, olti, yetti sonlariga jamlikni bildiruvchi -ov, -ala qo’shimchalari qo’shilsa, asos 
oxiridagi i unlisi tushib qoladi: Ikkala, oltov, yettov. Tartib sonlar arab raqam bilan yozilsa, -nchi, -inchi 
qo’shimchalari o’rniga chiziqcha qo’yiladi: 2002-yil, 22-dekabr, 5-sinf, 6-qavat. Tartib sonlar rim raqamlari bilan 
yozilsa, bu qo’shimchalar o’rniga chiziqcha qo’yilmaydi: IX sinf, XXI asr. Bir so’ziga -ta qo’shimchasi qo’shilsa, 
bitta deb aytiladi va yoziladi. 
44.Olmosh. Ot, sifat, son va boshqa so’zlar o’rnida qo’llanilib, ularga ishora qiluvchi so’zlar olmosh hisoblanadi. 
Olmoshlar qaysi so’z o’rnida qo’llanilsa, o’sha so’zning so’rog’iga javob bo’ladi. Men, sen kishilik olmoshlariga 
qaratqich va tushum kelishigi qo’shimchalari hamda -niki qo’shimchasi qo’shilsa, bir n undoshi tushib qoladi: 


t.me/tilshunoslik/beneficialeducation 
6
Men+ning-mening, sen+niki-seniki. U, bu, shu, o’sha olmoshlariga jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi 
qo’shimchalari hamda -ga, -dek, -day qo’shimchalari qo’shilsa, n undoshi orttiriladi: unga, shunda, bunda, 
shunday. 
______________________________________________________________________________ 
45.Fe’l. Nima qilmoq?, nima bo’lmoq? so’roqlariga javob bo’lib, harakat-holatni bildiruvchi so’zlarga fe’l deyiladi. 
Fe’llar zamon, shaxs-son, bo’lishli-bo’lishsizlik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi qo’shimchalarga ega 
bo’ladi. Masalan: yozmadim so’zida -ma qo’shimchasi bo’lishsizlik, -di qo’shimchasi zamon, -m qo’shimchasi esa 
shaxs-son ma’nolarini bildiradi. 
46.Fe’l zamonlari. Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so’zlanib turgan paytga munosabati fe’l zamonlari, 
shunday ma’noni ifodalovchi qo’shimchalar esa zamon qo’shimchalari deyiladi. Fe’llarda uchta zamon bor: 1) 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin