Ona tili, 5-sinf qoidalari Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/21
tarix19.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#117779
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Ona tili, 5 sinf qoidalari Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’za

burush – burish
77.A va o unlilari talaffuzi va imlosi. A, a harfi savob, zamon singari so’zlarda o kabi aytilsa ham, a yoziladi. O, o 
harfi tonna, noyabr kabi so’zlarda o’ kabi aytilsa ham, o yoziladi. 
78.Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi. Adabiy talaffuz va imlo me’yoriga asosan qator unlilar oa, ao, ia, ai, 
io, aa tarzida aytiladi va shunday yoziladi. Qator kelgan unlili so’zlar boshqa tillardan kirib kelgani tufayli bunday 
so’zlardagi qator unlilarni og’zaki nutqda yo bir cho’ziq unliga aylantirish (masalan, muallimni malim) yoki qator 
kelgan unlilar o’rtasiga ayrim undoshlarni qo’shish yo’li bilan tilimizga moshlashtirishga harakat qilinadi. Masalan: 
soat so’zi Farg’onada sohat, Toshkentda sog’at tarzida talaffuz qilinadi. 
79.O’ unlisining talaffuzi va imlosi. O’ tovushi ko’l, o’s, cho’l, jo’ra, mo’tabar kabi so’zlarda torroq, bo’ri, qo’ri, 
xo’roz, ro’mol kabi so’zlarda esa kengroq eshitiladi, ammo har vaqt bir xil shaklda yoziladi. Mo’tadil, mo’jiza, 
mo’tabar kabi so’zlardagi tutuq belgisi yozuvda tushirib qoldiriladi. 
80.E unlisining talaffuzi va imlosi. E harfi kecha, ekran, ne’mat kabi so’zlarda to’liq talaffuz qilinadi. Telefon, 
teatr, okean, material kabi so’zlrda i ga monand aytiladi, lekin e yoziladi. 
81.Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosi. So’z oxirida b – p, d – t, z – s singari jarangli va jarangsiz undoshlar 
o’rtasidagi farq yo’qolib, bir xil – jarangsiz undosh tovush holida talaffuz etiladi, lekin b, d, z yoziladi. 
82.G – K, Q – G’ undoshlari talaffuzi va imlosi. So’z oxirida g va k hamda g’ va q jarangli va jarangsiz undoshlari 
o’rtasidagi farq yo’qolib, har ikki undosh bir xil k va q holida talaffuz qilinsa ham yozuvda g va k, q va g’ harflari 
orqali yoziladi. 
83.Q, G’ undoshlari bilan tugagan so’zlarga qo’shimchalarning qo’shilishi va ularning imlosi. Q undoshi bilan 
tugagan asosga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qo’shilsa, bu qo’shimcha -qa tarzida aytiladi va shunday yoziladi. 
Masalan: qaymoqqa, toshloqqa kabi. Xuddi shunday asoslarga egalik qo’shimchasi qo’shilsa, o’zak oxiridagi q 
undoshi g’ga aylanadi va shunday yoziladi. Masalan: bulog’i, qishlog’i. G’ undoshi bilan tugagan so’zlarga 
jo’nalish kelishiga qo’shimchasi qo’shilsa, asos va qo’shimcha qanday aytilishidan qat’i nazar o’zgarmaydi. 
Masalan: bug’ga, bog’ga
84.B, m undoshlaridan oldin kelgan n undoshining talaffuzi va imlosi. B, b va M, m harflaridan oldin kelgan n harfi 
m holida o’qiladi, lekin n yoziladi: manba, tanbur,  


t.me/tilshunoslik/beneficialeducation 
9
85.Ayrim harflar izohi. J, j harfi jo’ja, jajji kabi so’zlarda til oldi, portlovchi, jarangli tovushni ifodalaydi. Jurnal,
jirafa kabi so’zlarda esa til oldi, sirg’aluvchi, jarangli tovushni ifodalash uchun qo’llaniladi. 
86.X,X va H, h harflari. X, x harfi q, g’ tovushlari bilan bir xil o’rinda, tilning orqa qismida hosil bo’ladigan 
undosh tovushni ifodalaydi. H, h harfi esa bo’g’izda hosil bo’ladigan undosh tovushni ifodalaydi. 
87.F, g undoshining talaffuzi va imlosi. F undoshi fil, futbol singari so’zlarda p holida o’qilsa ham, f bilan yoziladi. 
Afzal, afg’on kabi so’zlarda f undoshi, p yoki v holida o’qilsa ham, f bilan yoziladi. 
88.Ng, ng harflar birikmasi va uning vazifalari. Ng harflar birikmasi bitta til orqa undoshini ifodalaydi. Bu harflar 
birikmasini ikkita alohida n va g undoshlarini ifodalovchi harflarning yonma-yon kelishidan farqlash lozim. Ng 
harflar birikmasi bir bo’g’in tarkibida, n va g harflari boshqa-boshqa bo’g’inlar tarkibida keladi. Solishtiring: 
shudring, ko’-ngil, si-ngil, ko’rdin-giz, men-ga, osmon-ga, kon-gress, shtan-ga
_______________________________________________________________________________ 
89.Sh, sh va Ch, ch harflar birikmalari hamda ularning vazifalari. Sh, sh harflar birikmasi bitta til oldi, sirg’aluvchi, 
jarangsiz undoshni ifodalaydi. Eslatma: S va h yonma-yon kelib, alohida tovushlarni ifodalaganda, ular orasiga 
tutuq belgisi (‘) qo’yiladi. Ch, ch harlar birikmasi bitta til oldi, portlovchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi. 
90.Qo’sh undoshlar talaffuzi va imlosi. Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so’zlar qo’sh undoshli 
so’zlardir. Ikki, chaqqon kabi so’zlarda qo’sh undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Million, 
artilleriya kabi so’zlarda kelgan qo’sh undoshlar bir undoshdek talaffuz etiladi, lekin qo’sh undosh bilan yoziladi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin