Ona tili, 5-sinf qoidalari Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa


Takror so’zlar va ularning imlosi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/21
tarix19.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#117779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Ona tili, 5 sinf qoidalari Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’za

kecha-yu kunduz, past-u baland, osh-u non. 
61.Takror so’zlar va ularning imlosi. Bir asosning ikki marta takrorlanishidan hosil bo’lgan so’zlarga takroriy 
so’zlar deyiladi: gurs-gurs, tez-tez, uzun-uzun, katta-katta. 
_______________________________________________________________________________ 
62.Tilshunoslik va uning bo’limlari. Til o’z ichki tuzilishiga ega. Tilning shu ichki tuzilishidan qaysisini 
o’rganishga ko’ra tilshunoslik fani ham bir necha bo’limlarga bo’linadi. Tilning tovush tuzilishi fonetika bo’limida, 
harflar tizimi esa grafika bo’limida o’rganiladi. So’z va uning ma’nolari leksikologiya bo’limida, so’z turkumlari 
morfologiya bo’limida, gap va gapda so’zlarning bog’lanishi sintaksis bo’limida o’rganiladi. Shunday qilib, 
tilshunoslik fonetika (grafika), leksikologiya, morfologiya va sintaksis bo’limlarining uzviy bog’liqligidan 
iboratdir. 
63.Fonetika va grafika. Og’zaki nuqtning tovush tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi fonetika, yozma 
nuqtning harflar tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi esa grafika deyiladi. Fikrimizni boshqalarga tovushlar 
vositasida so’zlash va harflar vositasida yozish orqali bayon qilamiz. So’zlash va yozish orqali ma’lum fikr bayon 
qilishimiz nutq hisoblanadi. Nutq ikki yo’l bilan amalga oshiriladi. Tovushlar zanjiri asosida bayon qilingan nutq 
og’zaki nutq, harflar ketma-ketligi asosida bayon qilingan nutq esa yozma nutq sanaladi. 
64.Nutq tovushi va harf. Og’zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo’lakka bo’linmaydigan qismi nutq tovushi 
deyiladi. Tovushning yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi. Bir tovush bir harf bilan ham, ikki harf bilan ham 
ifodalanishi mumkin: v, a, d, o harflari bir tovushni ifodalasa, sh, ch, ng singarilarda ikki harf bir tovushni 
ifodalaydi. 
65.Unli tovushlar. Tovushlar o’pkadan chiqayotgan havoning og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchrashi yoki 
uchramasligiga ko’ra ikki turli bo’ladi: unli tovushlar va undosh tovushlar. O’pkadan chiqayotgan havo og’iz 
bo’shlig’ida hech qanday to’siqqa uchramay chiqishi natijasida hosil bo’ladigan tovushlar unli tovushlar deyiladi. 
Tilimizda oltita unli tovush bor: a, o, e, o’, u, i. 
66.Undosh tovushlar. O’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ining ma’lum bir joyida yoki bo’g’zida to’siqqa 
uchrashidan hosil bo’lgan tovushlar undosh tovushlar sanaladi. Tilimizda 24 ta undosh tovush bor: b, v, g, d, z, j, 
dj, y, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g’, h, ng. 
67.Nutq a’zolari. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan inson a’zolariga nutq a’zolari deyiladi. Nutq 
a’zolariga o’pka, bo’g’iz, tovush paychalari, og’iz bo’shlig’i, til, lablar, tishlar va burun bo’shlig’i kiradi. Qaysi 
nutq a’zosi ishtirok etishiga ko’ra nutq tovushlari: lab (b, p, m, v, f), til (t, l, s, z, d, sh, j, dj, n, r), til o’rta (y), til 
orqa (g, k, ng), chuqur til orqa (q, g’, x) tovushlari va bo’g’iz (h) tovushi singari guruhlarga bo’linadi. 
68.Lab tovushlari. Talaffuzda lab ishtirok etgan tovushlar lab tovushlari deyiladi. Lab tovushlariga b, m, p, v, f 
undoshlari kiradi. Ular ikkiga bo’linadi: lab-lab undoshlari – m, b, p; lab-tish undoshlari – v, f
69.Til tovushlari. Tilning tish va tanglayga tegishidan hosil bo’lgan tovushlarga til tovushari deyiladi. Til 
tovushlariga t, d, s, z, ch, j, dj, sh, l, r, n, y, g, k, ng, q, g’, x undoshlari kiradi. Til qismlarining harakatiga ko’ra til 
tovushlari to’rtga bo’linadi. 1. Til oldi undoshlari: t, d, s, z, ch, dj, j, sh, l, r, n. 2. Til o’rta undoshi: y. 3. Til orqa 
undoshlari: g, k, ng. 4. Chuqur til orqa undoshlari: q, g’, x. 
70.Burun tovushlari. To’siqqa uchragan havoning burun orqali o’tishidan hosil bo’lgan tovushlar burun tovushlari 
deyiladi. Burun tovushlariga m, n, ng undoshlari kiradi. 


t.me/tilshunoslik/beneficialeducation 
8
71.Bo’g’iz undoshi. O’pkadan chiqayotgan havoning bo’g’izda qisilishidan hosil bo’lgan tovushga bo’g’iz tovushi 
deyiladi. Bo’g’iz tovushiga undoshi kiradi. 
72.Nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifalari. Nutq tovushlarining asosiy vazifasi so’zlarning ma’nolarini 
farqlashdir. 
73.O’zbek alifbosi. Harflarning ma’lum bir tartibda joylashuviga alifbo deyiladi. Alifbo so’zi arab yozuvidagi 
harflar tartibining birinchi va ikkinchi harflari – alif va bo (be) nomlarining qo’shiluvidan hosil bo’lgan. Hozirgi 
o’zbek alifbosi lotin yozuviga asoslangani tufayli lotin yozuvidagi yangi o’zbek alifbosi deyiladi. 
74.Yangi o’zbek alifbosi: 
_______________________________________________________________________________ 
75.Talaffuz va imlo me’yorlari. Og’zaki nutqda bir necha xil talaffuz qilinuvchi tovush, qo’shimcha va so’zlardan 
adabiy tilga qabul qilingan bittasi to’g’ri talaffuz me’yori sanaladi. Yozma nutq bir necha xil yoziluvchi tovush, 
qo’shimcha va so’zlardan adabiy tilga qabul qilingan bittasi imlo me’yori sanaladi. To’g’ri talaffuz me’yorlarini 
o’rganuvchi tilshunoslik bo’limiga orfoepiya (yun: orfo – “to’g’ri”, epos – “so’zlamoq”, “nutq”) deyiladi. To’g’ri 
yozish me’yorlarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limiga orfografiya (yun: orfo – “to’g’ri”, grafo – “chizmoq”) 
deyiladi.
76.Unlilar talaffuzi va imlosi. So’zlarning birinchi bo’g’inida r, l undoshlaridan oldin kelgan i unlisi bilinar-
bilinmas talaffuz qilinsa ham, yozuvda i harfi bilan yoziladi: biroq, sira, bilan. Ikki bo’g’inli so’zlarning birinchi 
bo’g’inida lablangan u unlisi ta’sirida ikkinchi bo’g’indagi i unlisi u holida talaffuz qilinsa ham, yozuvda i yoziladi. 
Shunday yozilishi bilan ikkinchi bo’g’inida u yoziladigan otlardan farqlanadi: urish – urush, yumush – yumish, 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin